Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


Download 0.96 Mb.
bet1/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI AKADEMIYASI


Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN
MA’RUZALAR KURSI

Toshkent-2023

KIRISH
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining boshlanishi, xususiy mulkchilikning tiklanishi, butunlay yangi ijtimoiy qatlam-o‘rta sinfning shakllanishi kabi o‘zgarishlar demokratik qadriyatlarni o‘sishiga zamin yaratdi.
Fuqarolarning dunyo qarashida tub o‘zgarishlar ro‘y berdi. Totalitar mafkuradan butunlay holi bo‘lgan yangi avlod shakllandi. Ular hayotida o‘z atrofidagi voqeliklarga o‘z mustaqil nuqtai nazaridan qarash, o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘liq holda his etish kabi qadriyatlar shakllandi.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqaqilligini qo‘lga kiritgach davlat tomonidan mamlakatda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik pirovard maqsad, deb e’lon qildi.
Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyili bu sohada olib boriladigan islohotlarning asosiy g‘oyasi sifatida qabul qilindi. Natijada mustaqillik davrida mamlakatda fuqarolik jamiyatining iqtisodiy, huquqiy va siyosiy asoslari shakllandi, uning institutlari jadallik bilan rivojlana boshladi.
O‘zbekiston barcha sohalarda rivojlangan mamlakatlarga xos bo‘lgan taraqqiyot bosqichiga kirdi.
2016-yilning so‘nggi choragida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev davlat rahbari sifatidagi faoliyatini boshlanganidan keyin O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida tub burilish davri boshlandi.
O‘z faoliyatining dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev fuqarolik jamiyatining rivojlantirishga kuch bag‘ishlaydigan, uning rivojlanishiga keng shart-sharoitlar yaratadish demokratik prinsip-“Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak degan goyani e’lon qildi. Bu g‘oya fuqarolik jamiyatini qurishning asosiy kuch-quvvati manbai sifatida namoyon bo‘la boshladi.
Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”1da fuqarolik jamiyati qurish sohasidagi strategik vazifalarni ilgari surdi.
Darhaqiqat demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda parlamentning hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tadbiq etish, fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish, ta’lim muassasalarida huquq- buzarliklar va korrupsiyaga qarshi kurash chora tadbirlari yuzasidan bir qator Prezident farmonlari, Hukumat qarorlari e’lon qilindi va uning ijrosi nazoratga olindi.
Ko‘rinib turibdiki, mamlakatda fuqarolik jamiyati strategik maqsad sifatida e’lon qilinishi natijasida yangi dolzarb vazifalar paydo bo‘ldi. Ma’lumki, bu kabi jamiyatlar rivojlangan mamlakatlarda bir necha yuz yilliklar ichida nazariya sifatida shakllanib, XX-asrning o‘rtalaridan boshlab amaliyotda namoyon bo‘lgan. Bu mamlakatlar tajribasini o‘rganish, mamlakatimiz tarixida shakllangan fuqarolik jamiyatining milliy unsurlarini demokratlashtirish va ularni xorijiy tajriba bilan uyg‘unlashtirish davr talabi sifatida o‘zligini namoyon qila boshladi.
XXI-asr O‘zbekistonda madaniyat, iqtisodiyot, fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy innovatsiyalar asri sifatida boshlandi va ana shunday sharoitda barkamol shaxs, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash nafaqat pedagogik, balki ijtimoiy zaruriyatga aylandi.
Ta’lim sohasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Respublikamizda uzliksiz ta’lim tizimi joriy etildi, o‘nlab yangi oliy ta’lim muassasalari ochildi, intellektual salohiyatga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlashga e’tibor kuchaytirildi. Ilg‘or xorijiy tajribalar ta’lim jarayoniga tadbiq etildi.
Mustaqil taraqqiyot yo‘li davomida mamlakatimizda yangi fanlar shakllanishi va rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
2016-yildan boshlab “Fuqarolik jamiyati” fanini barcha oliy ta’lim muassasalarida oqitish amaliyotga tadbiq etildi.
Shuni alohida takidlashimiz joizki, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifatini yaxshilash, oquv-uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar yaratish va ularni moliyalashtirish, zamonaviy o‘quv reja va uslublarni joriy etish hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2017-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Kitob chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish, maxsus va badiiy adabiyotga bo‘lgan ehtiyojni, ularni boshqa tillarga tarjima qilish, ular bilan o‘quv yurtlari, kutubxona va axborot-resurs markazlarini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini taqdim etish.
Bunda yoshlar va aholining keng qatlamlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish masalalariga ham alohida e’tibor berish lozim bo‘ladi. Kitoblarning haqiqiy narxi shakllanishini juda ham puxta o‘rganish zarur.
Hozirgi paytda hammamizning oldimizda juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga bo‘lgan muhabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqishi vazifasi turibdi”.2
Shuning uchun ham “Fuqarolik jamiyati” faniga doir darslik va boshqa o‘quv qo‘llanmalarini yaratish eng dolzarb vazifalar sirasiga ko‘tarildi.
Mazkur fanni o‘qitishda asosiy e’tibor yosharning erkin fikrlashi, ularning jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga nisbatan mustaqil o‘z munosabatlarini shakllantirishga qaratildi.
Fanning yana bir asosiy maqsadlaridan biri-bu yoshlarda vatanparvarlik his-tuyg‘ularini yuksaltirish, ularning mamlakatga sadoqatini oshirish, yangi jamiyat qurishga befarq bo‘lmaydigan inson sifatida tarbiyalash vazifalarni amalga oshirishdir.
Ushbu ma’ruzalar kursida hozirgi bosqichda mamlakatimizda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarining mazmun mohiyati bu jarayonning barcha yo‘nalishlari, jamiyatda inson huquqlarini ta’minlash, fuqarolarning farovon turmush tarzini oshirish, davlat hokimiyati organlari boshqaruviga doir vakolatlarni nomarkazlashtirish, nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining fuqarolar manfaatlarini ifodalash va amalga oshirish vositasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish masalalari tahlil qilingan.


Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling