Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Fuqarolik jamiyati fanining qonuniyatlari, tushunchalari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning asosiy tushunchalari
- Ilmiylik
- Mantiqiylik
2. Fuqarolik jamiyati fanining qonuniyatlari, tushunchalari va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
Barcha fanlar qatori Fuqarolik jamiyati fanining ham o‘ziga hos qonuniyatlari, tushunchalari mavjud. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan qonuniyatlarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruh. Fuqarolik jamiyatining shakllanishi va rivojlanishiga doir umume’tirof etilgan qonuniyatlar. - mulkiy munosabatlarning qaror topishi va rivojlanishi; - inson haq-huquqlari va erkinliklarining real va amalda ta’minlanishi; - davlat hokimiyati boshqaruv organlarining nomarkazlashuvi; - jamiyatning plyuralistik (turli xil) g‘oyalar asosida rivojlanishining ustuvorligi; - fuqarolarning davlat boshqaruviga oid qarorlarni qabul qilishda ta’siri va mavqeining oshib borishi; - fuqarolik jamiyati intitutlarining ijtimoiy hayotidagi mavqeining oshib borishi; - fuqaroviylik va fuqaro faolligining jamiyat hayotiga ta’sirini kuchayib borishi va boshqalar. 2-guruh. Har bir mamlakatlarning milliy va tarixiy rivojlanishidagi o‘ziga xos jihatlarini hisobga oladigan qonuniyatlar. - o‘rta mulkdorlar qatlamining shakllanishi; - o‘z-o‘zini boshqarish institutlarining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolining oshib borishi; - ijtimoiy himoyaning manzilli tashkil etilishi va amalga oshirilishi; - ma’naviy yetuklikka erishish imkoniyatlarinning oshirib borishi va yoshlarning bunyodkor kuchga aylanishi va boshqalar. Fanning asosiy tushunchalari: fuqaro, fuqarolik jamiyati, davlat, huquqiy davlat, siyosiy institutlar, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning huquq va erkinligi, inson huquqlari, jamiyatining ijtimoiy tuzilmasi, jamiyatining iqtisodiy asoslari, demokratik institutlar, qonun ustuvorligi, saylov, saylov huquqi, fuqaroviylik, fuqaroviy faollik, yurt tinchligi, vatan ravnaqi, daxldorlik hissi, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirish, o‘zini-o‘zi boshqarish, millatlar va konfessiyalararo totuvlik, bag‘rikenglik, jamoatchilik nazorati, davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ijtimoiy sheriklik kabilardir. Fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi. Ilmiylik-fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish. Tarixiylik-fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish. Mantiqiylik-fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiya(vazifa)lari) uzviylik asosida tahlil qilish. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling