Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti
Download 0.96 Mb.
|
фуқаролик жамияти . doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqarolik jamiyati faninini o‘qitishdan maqsad
Fuqarolik jamiyati fanining predmeti-sifatida fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillari o‘rganiladi. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti-kishilik tarixida insonlarning o‘zaro munosabatlari natijasida yuksak jamiyatga doir qadriyatlar va tuzilmaviy unsurlarning shakllanishi, ularning rivojlanib borishi natijasida ideal jamiyatda insonlar o‘zaro aloqalarining qonuniyatlarini shakllanishi, rivojlangan mamlakatlarda uzoq tarixiy rivojlanish natijasi o‘laroq shakllangan yuksak insoniy birlik-fuqarolik jamiyatining institutlari hisoblanadi.
Fuqarolik jamiyati fanining obyekti-bu insoniy jamiyatning oddiydan murakkabga, o‘zini-o‘zi takroran yaratib turadigan insoniy birlikka o‘sib o‘tishi, va nihoyat, rivojlangan mamlakatlarda shakllangan fuqarolik jamiyati va uning institutlari hisoblanadi. Xususan, mazkur Fuqarolik jamiyati ma’ruzalar kursining obekti-ana shu tarixiy voqeliklarga uyg‘un tarzda O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati unsurlariga doir g‘oyalarning rivojlanishi, mustaqillik davriga kelib fuqarolik jamiyati institutlarining rivojlanishi, undagi tamoyillarning rivojlangan davlatlar bilan qiyosiy tahlillari hisoblanadi. Fuqarolik jamiyati faninini o‘qitishdan maqsad-yoshlar ongiga fuqarolik jamiyatiga doir tasavvurlarni singdirish, ularda jamiyatni rivojlantirishga oid mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, Vatanga sadoqat his-tuyg‘ularini yuksaltirish kabilardan iboratdir. Fanning vazifalari quyidagilardan iborat: - jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir klassik va zamonaviy konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; - yoshlarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; - fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida yoshlarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; - yoshlar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning yechimlariga doir bilimlarni singdirish; - yoshlarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish; - taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish; - talabalarga huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doir tushunchalar, bilimlarni shakllantirish; - fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish; - fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi-davlat va xususiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir ko‘nikmalarni shakllantirish; - talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi-milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish; -“Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish; - “Adolat-qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish; - Inson manfaatlarining hamma narsadan ustunligi to‘g‘risida tushunchalar berish ; - Harakatlar strategiyasida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir konseptual maqsadlarning mazmun-mohiyati; - Prezidentning “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladi” degan g‘oyasini ahamiyatini ochib berish; - saylov huquqi erkinligi-fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash; - fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish; - ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish; - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish; - jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish; - fuqarolarning moddiy farovonligini oshirish bo‘yicha “xalq boy bo‘lsa, davlat boy bo‘ladi” tamoyilining mohiyatini tushuntirish; - fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish; - nodavlat-notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish; - ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish; - fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish; - ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida; - jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish; - yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling