Zbekiston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi


-Mavzu. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti


Download 0.96 Mb.
bet2/52
Sana08.05.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1441404
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
фуқаролик жамияти . doc

1-Mavzu. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti, obyekti,
maqsad va vazifalari.


Reja
1. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti.
2. Fuqarolik jamiyati fanining tushunchalari, qonuniyatlari va boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi.
3. Fuqarolik jamiyati-taraqqiyotning yuqori bosqichi.


1.Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va obyekti.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish islohotlari jarayonida jahondagi turli mamlakatlarda shu kabi jamiyat asoslarining yaratilish tajribasi, bu sohadagi islohotlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy asoslarining shakllantirilishi, ularga doir nazariy ishlanmalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Chunki, fuqarolik jamiyatining bu insoniyat uchun muhim bo‘lgan ijobiy jihatlari o‘tish davrini o‘z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va huquqiy davlat sari rivojlanish sari intilishiga doir islohotlarida muhim tajriba sifatida namoyon bo‘ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, fuqarolik jamiyatiga doir fanni oliy ta’lim tizimida o‘qitish muhim dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Shuning uchun ham “Fuqarolik jamiyati” fani jahonda bir necha minglab yillar davomida yig‘ilgan umuminsoniy qadriyatlarni hozirgi umuminsoniy va demokratik qadriyatlar bilan uyg‘un holda o‘rganishi va ulardan xulosalar chiqarishi tufayli yosh avlodni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bu fan insoniyatning eng so‘ngi taraqqiyot bosqichi va insoniy birligi to‘g‘risidagi ta’limotlarni hozirgi davr bilan mustahkam bog‘liq holda o‘rganadi, insonni jamiyat qonuniyatlari va qadriyatlari asosida yashashga undaydi, bu yo‘ldan inson manfaatdorligini asoslaydi.
Bu jarayonda “Fuqarolik jamiyati” fani boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan hamkorlik qiladi.
Fuqarolik jamiyati fanining -insonni hozirgi davrning so‘nggi sivilizatsiyasi -fuqarolik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va uning shaxsni kamolga yetkazishdagi o‘rniga doir bilimlar bilan qurollantiradi.
Hozirgi davrga kelib dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyatining qurilganligi, mazkur jamiyat siyosiy instituti sifatida huquqiy davlat bunyod etilganligi, bu kabi jamiyat va davlatlar muhitida inson va uning faoliyati uchun erkinlik yaratilishi, inson huquqlarini himoyalashning miqyosi nihoyatda keng ekanligi kabi omillar demokratiya qurish yo‘lidan ketayotgan davlatlarni qiziqtirmoqda.
Shuning uchun ham o‘tish davrida yashayotgan mamlakatlar siyosiy elitasi fuqarolik jamiyatini nafaqat ijtimoiy model sifatida, balki uni ta’lim tizimiga joriy etish asnosida yosh avlodni shakllantirish omili sifatida ham e’tirof etmoqda.
O‘zbekiston davlati mustaqillikka erishganidan keyin bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mustaqil fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish, inson manfaatlarini qondirish, ular huquq va erkinliklarini ta’minlash, jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish asnosida barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga va adolat prinslarini amal qilishiga erishish kabi ezguliklarga asoslanadigan muhitni yaratish uchun fuqarolik jamiyati qurishni asosiy strategik maqsad sifatida e’lon qildi.
2016-yilning so‘nggi choragidan boshlab mamlakatimizga davlat rahbari sifatida o‘z faoliyatini boshlagan Sh.M.Mirziyoyev mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlanishi uchun muhim kuch-qudrat manbai - “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‘oyani ilgari surishi, unga monand bo‘lgan huquqiy asoslar va jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirishi natijasida O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlari avj oldi, unga nisbatan xalqimizning ishonchi yuksala boshladi. U Prezidentlikni bajarish uchun kirishgan dastlabki kunlardayoq quyidagi konseptual g‘oyani ilgari surdi:
“Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”3 ta’kidlab o‘tdi.
“Fuqarolik jamiyati” tushunchasi-insoniyatning bir necha asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib, u inson huquqlari va erkinliklarining ta’minlash darajasining naqadar yuksalganligi darajasi mezoni sifatida namoyon bo‘ldi.
Fuqarolik jamiyatining poydevori va asoslarini yaratish uchun avvalombor u haqdagi g‘oyalarning genezisini va rivojlanishini bilishga zarurat tug‘iladi. Fuqarolik jamiyatini shakllanishi uchun uning asoslari (iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’naviy) yaratilishi lozim.
Fuqarolik jamiyatining asoslari quyidagilardan iborat:

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling