O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
Boshlang’ich ta’limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o’qitish mеtodikasi kafеdrasi
O‘QITUVCHI NUTQ MADANIYATI
fanidan
O’QUV - USLUBIY MAJMUA
-
Bilim sohasi:
|
100000 – Gumanitar soha
|
Ta’lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5111700– Boshlang‘ich ta’lim
|
NAMANGAN- 2022
So`z boshi
1.1 «O`qituvchi nutq madaniyati» kursining maqsad va vazifalari. Nutq madaniyati asoslari fani o`zbek tilshunosligining o`ziga xos amaliy sohasidir. U tilshunoslikning nazariy kurslaridan olingan bilimlarga suyangan holda to`g`ri va chiroyli nutq tuzish yo`llarini o`rgatadi.
Nutq madaniyati - amaliy jihatdan nutqning xilma-xil muammolarini tadqiq qiluvchi fan. Pedagogika institutlarida tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida chiroyli nutq tizimining qonuniyatlari, sirlari, til, til normalari, nutq, nutqning sifatlari nutqiy uslublar, nutqda uchrasi mumkin bo`lgan kamchilik va xatolar, nutqiy asarlarning ko`rinishlari, nutqning talaffuziga doir muammolar yuzasidan bahs yuritiladi.
O`qituvchi nutqi madaniyati ham fan sifatida o`z tekshirish obyekti va vazifalariga ega. Uning tekshirish predmeti nutqning til qurilishi, adabiy til normalari va nutqning kommunikativ fazilatlaridir.
Kishilarda madaniy nutq malakasini shakllantirish, ya`ni adabiy til, umumtil mezonlariga, mavjud qoidalariga to`la amal qilgan holda nutq tuzish malakasini shakllantirish nutq madaniyati asoslari kursining asossiy vazifasidir. Shu bilan birga, yaxshi nutqni baholash va targ`ib qilish ham uning vazifasi doirasiga kiradi.
Nihoyat, «O`qituvchi nutqi madaniyati» fanini o`qitish orqali talabalarda ona vatanga, ona tilimizga muhabbat tuyg`usi uyg`otiladi, natijada milliy g`ururlanish g`oyalari shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |