Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги
Mustaqil ta'lim mavzusi va mazmuni
Download 0.72 Mb.
|
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- REFERAT YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR
Mustaqil ta'lim mavzusi va mazmuni
Quyida ayrim mavzular bo’yicha uslubiy tavsiyalar ilova qilinadi. REFERAT YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR Mavzuga oid ilmiy-metodik va amaliy materiallarni chuqur o'rganish mustaqil ishda yoritiladigan asosiy masalalar doirasini belgilab olish imkonini beradi Jumladan, mavzu yuzasidan referat yozish talabani izlanishga, ilmiy xulosalar chiqarishga, darslik va qo'llanmalar bilan ishlashga o'rgatadi. Quyida referat yozish bo'yicha ayrim yo'l-yo'riqlarni ko'rsatamiz. Referat quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topadi: - Referatning titul varag'i; - reja; - asosiy qism; - umumiy xulosalar; - foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati. Referatning titul varag'i ishning qayerda, qachon va kim tomonidan bajarilganligi, mavzusi, rahbari haqida ma'lumot beradi va institut tomonidan tasdiqlangan namuna asosida (1-ilova) rasmiylashtiriladi. Rejada ishning umumiy tavsifi, bandlari, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati, ilovalar hamda sahifa qayd etiladi. Asosiy qism bandlardan iborat bo'lib, unda mavzu haqida umumiy ma'lumot, tilshunos olimlarning mavzuga oid qarashlari reja asosida yoritib boriladi. Referatning umumiy xulosalar qismida talabaning mavzuga oid tahliliy materiallar asosida chiqargan nazariy xulosalari umumlashtiriladi hamda uning nazariy qarashlarga qisqa munosabati, mavzuni o'rganish yuzasidan tavsiyalari beriladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati qismida referat yozish jarayonida foydalanilgan barcha ilmiy manbalar havola etiladi. Referat hajmi, odatda, qo'lyozmada 20-25 betdan, komp'yuterda 15 betdan iborat bo'ladi. Referatni rasmiylashtirish jarayonida ma'lum tartib-qoidaga amal qilinadi. Referat qo'lda yoki komp'yuterda, standart oq qog'ozga yoziladi. Yozib tugatilgach, varaqlar muqovalanadi va tikiladi. Varaqlarning hammasi hoshiyaga ega bo'lishi lozim. Har bir varaqning chap tomonidan 3 sm., o'ng tomonidan 1,5 sm., yuqori qismidan 2,5 sm., quyi tomonidan 2,5 sm. bo'sh bo'lishi tavsiya qilinadi. Satrlar oralig'i 1,5 interval. Varaqlarning betlari nomerlab chiqiladi. Referat matni varaqlarning faqat bir betiga yoziladi. So'zlarni qisqartirmay, to'g'ri, aniq, chiroyli, bexato, ozoda yozish talab etiladi. Ishning ikkinchi - titul varag'idan keyingi betida referat rejasi yoziladi. Bunda ishning umumiy mazmuni rejalashtirilgan holda beriladi. Har bir reja uni ochib beruvchi bo'lim bayonidan oldin sarlavha tarzida yozilishi kerak. Bandlarning nomlanishi bosh harflar bilan, uning ichidagi nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Sarlavhalarni yozishda bo'g'in ko'chirishga ruxsat berilmaydi, shunga ko'ra ular qisqa va aniq bo'lishi maqsadga muvofiq. Sarlavhalar oxirida nuqta qo'yilmaydi. Ishning har bir bandi yangi sahifadan boshlanadi. Shuningdek, tadqiqot matnidagi tsitatalar boshqa gaplardan qo'shtirnoq bilan ajratilib, ko'chirma gaplarni yozish qoidalariga amal qilingan holda keltiriladi. Har bir tsitata kimdan, qaysi kitobdan, qaysi betdan olinganligini havola tarzida satr osti eslatmalarida keltirish yoki manbaning "Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati" bo'yicha tartib raqamini qavslarda ko'rsatish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati ishning oxirida beriladi. Ro'yxatda: −kitob yoki maqola muallifining familiyasi, ismi, sharifi; muallifning familiyasi to'liq, ismi-sharifining faqat bosh harflari; −kitob yoki maqola nomi; − nashr etilgan shahar, nashriyot nomi yoki vaqtli matbuot nomi va nomeri; −nashr etilgan yili; −kitob yoki maqolaning umumiy beti aniq ko'rsatiladi. Masalan: Nurmonov A., Mahmudov N. va bosh. O'zbek tilining mazmuniy sintaksisi. Toshkent.:Fan.,1992. -B.294. Referat adabiy tilda yozilishi shart. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling