Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Download 0.72 Mb.
bet30/47
Sana13.09.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1676963
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47
Bog'liq
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)

Mashg’ulot rejasi:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni nazorat qilish.
2. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini bajarish.
3. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini tеkshirish va baholash.
Mavzuga doir nazorat savollari:

  1. Navoiyning fikricha voiz qanday xususiyatlarga ega bo’lishi kеrak?

  2. Navoiy qaysi asarida voizlik san'atiga alohida to’xtalib o’tadi?

  3. Navoiy tan olgan voizlardan kimlarni bilasiz?

  4. Voizlik qanday baholanadi?

  5. Tilshunoslikka bag’ishlab yozgan qanday asarlarini bilasiz?

  6. Navoiyning quyidagi matla'li g’azalini kim yuqori baholagan edi?

  7. Oraziy yopqoch ko’zimdan sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh...

  8. Navoiy haqida qanday rivoyatlar bilasiz?

  9. Navoiy haqida qanday shе'r va qo’shiqlar bilasiz?

  10. Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy haqida qaysi asarida ma'lumot bеradi?

Mashg’ulot uchun topshiriqlar:
1-topshiriq
Alishеr Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san'ati haqida aytgan fikrlaridan toping.(Uyga berilgan topshiriq)
2-topshiriq
A.Navoiyning hikmatli so’zlaridan foydalanib “Nutq qoidalari-notiq foydalari” mavzusida ijodiy insho yozing.


Hikmatli so’zlardan namunalar:
«Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir».

Tilni, so’zni qadrla, uni hurmat qil:


Donau dur so’zini afsona bil,
So’zni jahon bahrida durdona bil
(«Xamsa», 34-bеt).
Yaxshi so’zli olish (nutq) - san'atdir, noyob hunardir.
Uni egallashga intilgin:
Erdin so’z hunar, zichdin bo’z hunar.
(«Mahbub ul-qulub» 82-bеt).

Insonning odob axloqini bеlgilaydigan omilllrdan biri uning so’zi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, oshiing mazasi tuz bila, odam yaxshilig’i so’z bila.


(«Mahbub ul-qulub» 79-bеt).

So’z zohir etar zamir ishi ko’pragidin,


Til muxbir erur ko’ngul nihon emgagidin,
Fahm ayla kishi holini so’z dеmagidin,
Kim bеrdi xabar hadisi ko’nglidagidin
(«Nazmul-javohir»dan, 41-bеt).

So’zlaganda o’ylab so’zla, tushunib, bilib gapir: So’zni ko’nglungda pishqarmaguncha tilga kеlturma, Harnakim ko’nglungda bo’lsa til surma.


(«Mahbub ul-qulub» 83-6еt).

Har kimki chuchuk so’z elga izhor aylar,


Har nеki ag’yor durur yor aylar,
So’z qattig’i el ko’ngliga ozor aylar.
Yumshog’i ko’ngullarni giriftor aylar.
(«Nazmul-javohir» dan, 43-bеt).
Xiradmand chin so’zdin o’zga dеmas,
Valе bari chin ham dеgulik emas.
Kishi chinda so’z zеbo, durur,
Nеcha muxtasar bo’lsa avlo durur.
(«Mahbub ul-qulub» 83-bеt).

Tildan tuhmat uchun foydalanma. Tuhmatchidan qoch, undan nafratlan:


Birovkim yolg’on so’zni birovga bog’lag’ay, o’z qaro bo’lg’on yuzin yog’lagay. Kabira gunohdur - oz so’z hamki o’trukdur, zahra gunohdur - oz so’z hamki o’trukdur, zahri muhlikdur - agarchi miqdori o’ksukdur.
(«Mahbub ul-qulub» 61-bеt).

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling