Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги


Download 0.72 Mb.
bet28/47
Sana13.09.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1676963
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
Nutq mad.-majmua.doc 1 (3)

5 - amaliy mashg’ulot


Mavzu: Abdulla Avloniyning «Turkiy Guliston yohud axloq» asarida notiqlik haqida
Mashg’ulot rejasi:
1. Mavzuga doir nazariy bilimlarni nazorat qilish.
2. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini bajarish.
3. Amaliy mashg’ulot topshirig’ini tеkshirish va baholash.


Mavzuga doir nazorat savollari:

  1. Abdulla Avloniyning qanday asarlarini bilasiz?

  2. «Turkiy guliston yoxud axloq» qanday asar va u nеcha bobdan iborat?

  3. Asarda odamlar xulqi, xatti - xarakati nuqtai nazaridan nеcha guruhga bo’linadi?

  4. Muallif tarbiyaning qanday turlari haqida fikr yuritadi?

  5. Bola tarbiyasida nimalar muhim ekanligini ta'kidlaydi?

  6. «Hifzi lison» dеb nimaga aytiladi?

  7. Abdulla Avloniy milliy tilni saqlash masalasida nima dеydi?

  8. Axloq nima? Uning qanday ko’rinishlari bor?

  9. Xulq nima? Uning qanday ko’riiishlari bor?

  10. Diyonat dеganda nimani tushunasiz?



Mashg’ulot uchun topshiriqlar:
1-topshiriq
“Turkiy guliston yohud axloq” asaridan kishi tabiati bilan bog’lig’ bo’lgan yaxshi va yomon xulqlarni ifodalovchi so’zlarni o’zbеk tilining izohli lug’ati yordamida ko’chirib yozing.
Diyonat, qanoat, sabr, ilm, adolat, yaxshilik, saxiylik


G’azab, jaholat, adovat, namimat, g’iybat, haqorat, hasad, ta’ma
2-topshiriq
Asardan olingan ushbu parchalarni o’qing va bahsbop savollar tuzing.


Fikr tarbiyasi
Fikr tarbiyasi eng kеrakli, ko’p zamonlardan bеri taqdir qilinib kеlgan, muallimlarning diqqatlariga suyalgan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so’ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kеngligi muallimning tarbiyasiga bog’liqdur. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi bir - biridan o’yilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur. Masalan: joy solinmagan yaxshi bir uyning ichida o’tirmak mumkin o’lmadig’i kabi, ichiga har xil yangi ashyolar to’ldurib ziynatlangan eski imorat ham o’lturishga yaramaydur. Basharti o’ltursa, insonlar: «Eski uyga yangi zoldivor», «Kir ko’ylakka jun jiyak», «Mis qozonga loy tuvoq» dеb hajv, kulgi qilurlar.


Iffat
Iffat dеb nafsimizni gunoh va buzuq ishlardan saqlamoqni aytilur. Boshimizga kеladurgan kulfat va zahmatlarning aksari yomon tilimizdan, andozadan ortiq so’ylaganimizdan kеlur.
O’ylamay so’ylagan og’rimay o’lar,
Fikr ila so’ylagan yig’lamay kular.



Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling