Ўзбекистон республикаси халқ таълим вазирлиги
Download 0.72 Mb. Pdf ko'rish
|
Axmedshina F Akchayev F Тарих фанини ўқитишда ўйинли тех
6. Dramatik o‘yinlar (psixologik va ijtimoiy dramalar) -
psixologik hamda ijtimoiy masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan o‘yinlar bo‘lib, ular tashkil etilishi, metodik xususiyatlariga ko‘ra rolli va ishbilarmonlik o‘yinlariga yaqin. Odatda psixologik va ijtimoiy xarakterdagi dramatik o‘yinlar jamoadagi muhitni yaxshilash, shaxslararo munosabatlarning ijobiy bo‘lishiga erishish, muloqotga kirisha olish, jamoada yagona birlikni qaror toptirish, o‘zgalarning ruhiy holatini to‘g‘ri baholash, og‘ir vaziyatlarga duch kelgan subyektlarga yordam ko‘rsatish hamda samarali, unumli faoliyat ko‘rsatish uchun zarur sharoitni yaratishga xizmat qiladi. Barcha o‘yinlarda bo‘lgani kabi pedagogik o‘yinlar jarayonida ham ishtirokchilar faol holatda bo‘ladi, sheriklari bilan o‘zaro munosabatga kirishadi, Shuningdek, o‘z qarashlarini sheriklariniki bilan taqqoslash, jamoa bilan zarur munosabatni o‘rnatish orqali o‘zini o‘zi o‘rganadi. Pedagogik jarayonda o‘yinlardan foydalanishda ayrim jihatlarga e’tibor qaratish lozim. Jumladan: - o‘yin ssenariysini tayyorlash; - yuriqnomalar tuzish; 17
- auditoriyani o‘yin mohiyatiga muvofiq jihozlash Ssenariy va uning mohiyati muhim ahamiyatga ega. Zero, aynan ssenariygina tegishli ta’lim, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarga erishish imkoniyatini ta’minlaydi. O‘qituvchilar o‘yin ssenariylarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratishlari, ssenariyni tayyorlash malakasiga ega bo‘lishlari zarur. Pedagogik xarakterdagi o‘yinlarning tarkibiy tuzilmasi quyidagilardan iborat: - o‘quv maqsadi; - o‘yinning vazifasi; - o‘rganiladigan muammo tafsiloti; - o‘yin vaziyatining tafsiloti; - ishtirokchilarning tasnifi Ta’lim jarayonida o‘yin texnologiyalari qo‘llash quyidagilarga asoslanadi: - guruhni shakllantirish; - mashg‘ulotlarning bosh maqsadini ifodalash; - muammoli vaziyatni vujudga keltirish; - rollarni taqsimlash, - o‘yin reglamentini o‘rnatish; - materiallar, yuriqnomalar, qoidalar va ko‘rsatmalar tuplamini tarqatish; - maslahat berish. O‘yin texnologiyalarini qo‘llashda rollar qur’a tashlash yo‘li bilan taqsimlanadi. Bunda rollar nomi yozilgan kichik qog‘ozchalardan foydalanish mumkin. Rollarning ishtirokchilar o‘rtasida qur’a asosida taqsimlanishi kelib chiqish ehtimoli bo‘lgan noroziliklarning oldini oladi. O‘yin jarayonida belgilangan vaqt (reglament)ga, muloqot odobiga rioya etish, faollik ko‘rsatish hamda o‘yinni oxirigacha davom ettirish kutilgan natijani kafolatlaydi. Shuningdek, quyidagi omillar pedagogik maqsadlarda o‘yin texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatini ta’minlaydi: - o‘yin ssenariysining puxta tayyorlanganligi; 18
- o‘yin maqsadi va vazifalarining to‘g‘ri, aniq belgilanishi; - o‘yin qoidalarining aniq, lo‘nda (8-10 tagacha) ifodalanishi; - o‘yin yo‘riqnomasining mavjudligi; - ishtirokchilarning o‘yin jarayoniga qiziqishlari; - rollarning samarali, to‘g‘ri taqsimlanishi; - jamoada ko‘tarinki kayfiyatning yuzaga kelishi; - ishtirokchilarning bir-birlarini tushuna olishlari va qo‘llab- quvvatlashlari; - har ishtirokchining o‘yin natijasi uchun mas’uliyatni his etishi; - barcha ishtirokchilar imkoniyatlarining yagona maqsadga yo‘naltirilishi O‘yin jarayonida hech kim xalaqit qilmasligi kerak. Bordi- yu, zaruriyat bo‘lsagina faqat boshlovchi ishtirokchilarning harakatlarini tuzatishi, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishi mumkin. Har qanday jarayon singari o‘yin yakunida uning tashkil etilishi, o‘tkazilishi yuzasidan muhokama o‘tkazilishi zarur. Muhokama chog‘ida o‘yin ishtirokchilari, tomoshabin (jamoaning o‘yinda ishtirok etmagan a’zolari), ekspertlar o‘yinning tashkil etilishi va o‘tkazilishi yuzasidan o‘z fikr- mulohazalari, takliflarini bildiradi. Muhokama jarayoni quyidagi tartibda tashkil etiladi: - taqrizchilarni chiqishlari; - fikrlar almashinuvi; - ishtirokchilarning o‘z qarorlari va xulosalarini himoya qilishlari; - o‘yinga yakun yasash Tadbirkorlik o‘yinlari nazariyasi umuman boshqa o‘yin faoliyati nazariyasi bilan bevosita bog‘langan. Tadbirkorlik o‘yinlarini mashxur psixologlar L.S.Vigodskiy, A.N.Leontev, P.Ya.Galperin va boshqalarning ishlarida nazariy asoslangan. Tadbirkorlik o‘yinlari o‘z xarakteriga ko‘ra insonning 19
shaxsiy xislatlarini shakllantirishning amaldagi vositasi hisoblanadi. Tadbirkorlik o‘yinlari bilish va o‘qitishning vositasi sifatida XX asrning 20- yillarida rivojlandi. Tadbirkorlik o‘yinlariga taqlidiy (imitatsion) o‘yinlar bilishning vositasi sifatida asos bo‘ldi. Taqlidiy o‘yinlarga o‘z navbatida harbiy va harbiy-siyosiy o‘yinlar asos bo‘lgan. A.A.Verbitskiy tadbirkorlik o‘yinlariga o‘qitishning ishoraviy-kontekst shakllari sifatida qaraydi. Uning fikricha, tadbirkorlik o‘yinlarida mashq qilish faoliyati va bo‘lajak kasbiy faoliyat model yoki uning prototipi, qaysidir sun’iy va tabiiy tizim sifatida o‘zaro nisbatlanadi. Shu tufayli tadbirkorlik o‘yinlari kasbiy faoliyatning ishoraviy modellari sifatida belgilanadi, uning konteksti (mazmuni) ishora vositalari, ya’ni tabiiy tilni ham hisobga olgan modellashtirish, taqlid (imitatsiya) va aloqa yordamida beriladi. A.A.Verbitskiy oliy o‘quv yurtining vazifasini bunday o‘qitishda, ya’ni talabani bir yetakchi faoliyat tipi (o‘quv)dan boshqa (kasbiy) tipga faoliyatning predmeti, motivi, maqsadi, vositasi, usul va natijalarini maqsadga muvofiq yo‘naltirilgan (o‘zlashtirilgan) holda o‘tkazishni ta’minlash deb biladi. Tadbirkorlik o‘yini yangi texnologiya sifatida mohiyatan quyidagilarni bildiradi: • ishlab chiqarish imitatsion modeli sifatida taqdim etilgan o‘quv materiali mazmunining izchilligi; • o‘yinli o‘quv modelida kelgusidagi kasbiy faoliyati tarkibiy qismlarini yaratish; • o‘quv jarayoni tarzini bilimlarga ehtiyojlarni tug‘dirish va ularni amalda qo‘llashning real sharoitlariga yaqinlashtirish; • o‘yinning ta’limiy va tarbiyaviy samaradorligi yig‘indisi; • o‘yinni olib boruvchi o‘qituvchining talabalar faoliyatini tashkil etish va boshqarishidan talabalarning o‘z xatti- harakatlarini tashkil etish va boshqarishga o‘tishini ta’minlashi. G.F.Arbenev va boshqalarning tadqiqotlarida tadbirkorlik o‘yini mutaxassisning yevristik tafakkurini rivojlantirishning 20
samarali metodlaridan biri sifatida baholanadi. A.Tyukov fikricha, har qanday o‘yin qay tarzda loyihalashtirilishidan qat’iy nazar ularning har biri quyidagi talablarni bajarishi lozim: • kasbiy doira imitatsiyasi yaxlitligi. O‘yin imitatsiyasiga taalluqli bo‘lgan tuzilma va jarayonlar asosiy voqelikni aks ettiruvchi umumiy syujet yoki asosiy mavzuga ega bo‘lishi lozim; • mustaqil tashkil etishga yo‘nalganligi; • o‘qitishning muammoliligi; • metodologik, psixologik va texnik jihatdan ta’minlanganligi. Tashkiliy o‘yin aslida tobora takomillashib boruvchi o‘qitishni ta’minlashi kerak. Shu maqsadda unda faoliyat rivojlanishining to‘liq davriyligi imitatsiyasi amalga oshiriladi, ya’ni qandaydir vaziyat yechimiga bo‘lgan yondashuvdan topilgan yechimning umumlashtirilgan bahosi o‘tiladi. A.A.Tyukov o‘yin davriyligining quyidagi bosqichlarni qayd qiladi:
• vaziyatni va muammolashtirishni tahlil qilish asnosida o‘yinning asosiy syujet mavzusi bo‘yicha o‘yin ishtirokchisining sermahsul mustaqil ijodiy ishi. • amaliy guruhlarning ish natijalarini umumiy tanqidiy muhokama qilish; • o‘yin jarayoni va ishtirokchilar xatti-harakatlarini reflektiv tahlil qilish; • yechimni tashkil etish bosqichi. Ya.S.Ginzburg va N.M.Koryak o‘yinning quyidagi sotsial- psixologik xususiyatlarini farqlaydi: • guruh xarakteri; • yaratuvchilik, shartlilik; • ramziylik, utilitar bo‘lmaslik xarakteri; • belgisizlik (mavhumlik), tarqaluvchanlik xususiyati Tadbirkorlik o‘yinini tayyorlashning sotsial-psixologik muammolariga quyidagilar kiradi: • ishtirokchilarni tanlash; • rollarni taqsimlash; 21
• o‘yin rahbarini ijtimoiy-psixologik jihatdan tayyorlash; • ijtimoiy psixologiya bo‘yicha umumnazariy bilimlarni egallash; • nazariy bilimlarini amalda qo‘llay olish; • shaxsiy tayyorgarlik. I.Olloyorov tadbirkorlik o‘yinlariga o‘quv ishlarini tashkil etishning bir shakli sifatida qaraydi. U o‘yinlar o‘quv jarayonida o‘z o‘rniga ega va o‘quv jarayonining asosiy vazifalari, mohiyati va tuzilmasi hamda o‘rganilayotgan fanning didaktik tabiatiga bog‘liq bo‘lgan, aniq belgilangan didaktik funksiyalarni bajarishini ta’kidlaydi. Tadbirkorlik o‘yinlarining didaktik funksiyalariga quyidagilar kiradi: • talabalarda aqliy faoliyat usullarining shakllanishi; • bilimlarni mustahkamlash va qo‘llash; • o‘quv jarayonida bulg‘usi mutaxassisning faoliyati faqat o‘rganish emas, balki uni bajarishga qaratilgan didaktik qoidalar ishlab chiqishdan iborat bo‘lishi; • talabalar o‘quv-bilish faoliyatining bo‘lg‘usi kasbiy faoliyati, xarakteri va tuzilmasiga maksimal darajada yaqinlashib borishi. Tadbirkorlik o‘yini ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida quyidagi tayyorgarlik bosqichlariga ega: 1. O‘quv-bilish vazifalarini muammoli vaziyat topshirig‘i shaklida qo‘yish: • bo‘lg‘usi tadbirkorlik o‘yinining maqsadini aniqlab olish; • muammoli vaziyatni anglab yetish; • talabalarga navbatdagi tadbirkorlik o‘yini haqida dastlabki ma’lumotlar berish; 2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan avval egallangan bilimlardan foydalanish: • talabalarning o‘qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi; • bajarilishi lozim bo‘lgan ish to‘g‘risida talabalarga yo‘l- yo‘riqlarni ko‘rsatish; • olingan bilim, o‘zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va 22
ishlash metodlarini umumlashtirish; • o‘z-o‘zini nazorat qilish; • Tadbirkorlik o‘yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish. 3. Navbatdagi ishni rejalashtirish: • ularga avval ma’lum bo‘lganlar asosida uning ayrim bosqichlarini bajarish usullarini tanlash; • avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o‘z ijodi uchun zarur bo‘lgan yangi metodlarni qidirish; • rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish. 4. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvchi qoidalar (materiallar)ni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o‘yinlaridagi o‘z mavqeini aniqlash. 5. O‘zlaridagi bor bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida reja bo‘yicha ishlarni bajarish: • yangi bilim va malakalarni hosil qilish; • o‘z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish. • qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish; • belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish; • yakuniy natijalarni tekshirib ko‘rish va taxlil qilish. 6. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko‘nikmalarini nazorat qilish va joriy yo‘l-yo‘riqlar berish. 7. Talabalarning tadbirkorlik o‘yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko‘rish. 8. Talabalarga tadbirkorlik o‘yinlarini o‘tkazish va unda qatnashish bo‘yicha yo‘l – yo‘riqlar berish, ularni rol o‘ynash bo‘yicha taqsim qilish, zarurat tug‘ilganda har biriga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar berish. 9. Oldindan ishlab chiqilgan ssenariy bo‘yicha talabalarning tadbirkorlik o‘yinlari. 10. O‘yin ishtirokchilariga joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
23
11. O‘yin ishtirokchilarining o‘yin davomida o‘zi o‘ynagan rollariga baho berishi, o‘z-o‘zini nazorat qilishi. 12. Tadbirkorlik o‘yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o‘quv -o‘yin faoliyatiga baho berish. Shunday qilib, tadbirkorlik o‘yinlari materiallarni yangi bilimlarni egallash, o‘tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni yechishda foydalaniladi.
Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling