Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги а.ҚОдирий номидаги жиззах давлат
II-Bob:Arab-musulmon madaniyatining jahon tarixida tutgan o’rni
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
arab musulmon madaniyatining zhahon tarixida tutgan orni 2
30
II-Bob:Arab-musulmon madaniyatining jahon tarixida tutgan o’rni 2.1.Arab-musulmon madaniyatining vujudga kelishi, madaniyatning ijtimoiy-siyosiy hayotda tutgan o’rni XII-XIII asrlarda Movarounnahr, Xuroson va Eronga olamshumul va keng qamrovli madaniyat, ilm-fan, ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, badiiy fikrning rivojlanishi, yuksak darajada ko‘tarilishi uchun bir qancha kulay tarixiy va ijtimoiy-siyosiy shart-sharoitlar mavjud edi. Bir tomondan, ma‘lumki xalifa davrida markazda aql va idrok tarafdorlari, kadariylar, mutaziliylar, tabiatshunoslar, erkin fikrlovchi olimlar, faylasuflar, bidьatchi mazxablar tarafdorlari rasmiy diniy mafkuraning ta‘qibiga uchragan edilar. Mutavakkilning maxsus buyrug‘i bilan avval Qur‘on nurrisidagi har qanday bahslarga chek qo‘yilgan bo‘lsa, keyinchalik Qur‘onni yaratilgan deyishga jur‘at etadigan har qanday kishi kofir va o‘limga mahkum deb e‘lon qilingan edi. Arastu falsafasiga tabiatshunoslik fanlari va mantiqni o‘rganishga qarshi qaratilgan edi. Bu fanlar ilohiyotchilar fikricha mutaziliylar, tabiatshunos olimlar va faylasuflarning diniy mavqeyidan turib talqin qilishlarining va erkin fikrlilikning kuchayishining bosh sababchilari edi. Shuning uchun ham ular Arastu va uning musulmon izdoshlarining falsafa, mantiqqa doir asarlarini, sharh va tadqiqotlarini yig‘ishtirib oldilar, omma oldida namoyishkorona yengdirdilar, ularning o‘zlarini ta‘qib va quvg‘in qildilar, zindonlarga tashladilar. Diniy mazhablar, falsafiy ta‘limotlar bilimdoni Shaxrizuriy bunday deb yozadi: "Falsafa - bu buzilish va aqlsizlik manbaidir, oqyalik va adashishiiing asosidir, dindan chiqaradigan va bid‘atga yuz to‘tiladigan joydir. Mantiq esa falsafa ostonasidir, yomonlik ostonasi yomonlikdir 14 . Shuning uchun ham uni o‘rganish va undan ta‘lim berishga qozikalom tomonidan ruxsat yo‘q. Mantiq so‘zlaridan shariat asoslarini o‘rganishda foydalanish esa kechirib bo‘lmaydigan qabihlikdir... Sulton musulmonlarni bu shaytonlarning yomonligidan himoya qilishi, ularni
14 Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 13-bet. 31
maktablardan chetlashtirishi, surgun qilishi, ularning hunari bilan kimki shug‘ullansa, ja‘zolanishi kerak, agarda kimda-kim faylasuflar aqidalariga ochiqdan-ochiq e‘tiqod qilsa, ularni o‘ldirish yoki bo‘ysinishga majbur qilish kerak, toki ularning fanlaridan asar qolmasin". Shu davrlardan boshlab, xalifalik markaziy nohiyalaridagi madaniyat, ilm-fan, falsafa, dunyoviy adabiyot va san‘at ahli, me‘morlar, muhandislar, hattotlar, hunarmandlar tohiriylar, safforiylar, somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr, Xuroson va Eronga ko‘cha boshladilar. Boshqa tomondan esa, nisbatan mustaqil siyosat yurgazayotgan tohiriylar, saffariylar va somoniylar ba‘zi tushunarli siyosiy va mafkuraviy mulohazalar bilan madaniyat, ilm-fan, falsafani rivojlantirish, hind, Yunon fani, falsafasidan tarjimalar qilish, qo‘lyozmalar ko‘chirtirish, ularga oid tadqiqotlar yozish, rasadxona va xastaxonalarda, kimyogarlarning tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazishlari uchun har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berish, bu ishlar bilan shug‘ullanadigan kishilarni har tomonlama pag‘batlantirishga imkon berdilar. Ular diniy-falsafiy, bidьatcha maslahatlar, mazhablar va oqimlarga nisbatan sabr- toqatlilik, betaraflik, keng fikrlilik, kelishuvchilik va hatto xayroxohlikdan iborat "ma‘rifatparvar hokimi mutlaq" siyosatini yurgizar edilar. Tohiriylar sulolasining asoschisi Xalifalik markaziy armiyasining Bosh qo‘mondoni Amir Tohir ibn al-Husayn o‘z o‘g‘li mamlakati, davlati va xalqi farovonligi, madaniyati, ma‘rifati, ravnaqi yo‘lida ilm-fan, falsafa bilan shug‘ullanish ma‘lumot olishning barcha eshiklarini barchaga barobar qilib ochib qo‘yishni maslahat beradi. "Olimlar bilan ko‘prok birga bo‘l, ular bilan maslahatlashib tur va doimiy muloqotda bo‘l- deb yozadi Tohir o‘z o‘g‘liga. Umuman mazkur vasiyatnoma arab-musulmon madaniyatining o‘ziga xosligini, bu madaniyatning ijtimoiy zaminlari aholining juda keng qatlamlari, tabaqalari hayoti, turmush tarzi va ruxiy olamini qamrab olganligini, uni aks ettirishi, undan kelib chiqishi, unga bog‘liqligi, ratsionalizm va insonparvarlikning eng oliyjanob ezgu, ma‘naviy qadriyatlar sifatida yuksak nufuzga ega ekanligini, ilm-fan va
32
insonning erkin irodasi va aqliga sig‘inish bilan, maktab, madrasa tahsilining nihoyatda dunyoviy va demokratiik ma‘rifatparvarlik, insonparvarlik yo‘nalishiga ega ekanligi, yuksak nazariy va metodik darajada tashkil etilganligini yaqqrl ko‘rsatadigan daqiq bir tarixiy hujjatdir. Amir Tohir o‘z o‘g‘li Abdullohga samimiy bir mo‘min musulmon bo‘lishini, Olloh ta‘lo Qur‘onda va Rasul akram Muhammad s. a. v. ning Hadislardagi ko‘rsatmalariga sidqidillik bilan ri‘oyat qilishni uqdiradi. Va ayni paytda podshoman deb kekkayish", - "menga hokimi mutlaqlik ato qilingan, mening amrim vojib, xohlaganimni qilaman" - deb o‘zingdan ketishdan o‘zingni saqla degan o‘gitni beradi. "Ayniqsa beva-bechoralar, haksiz soliqlar borasida o‘z arz-dodini senga yetkazsh yo‘lini topa olmaydiganlar, ojizu-notavon, zabunlar, o‘z haqin qanday ajratib olishni bilmay yurganlar xolidan xabardor bo‘l... Baxtsizlikka duchor bo‘lgan yetim-yesir, bevalar haqida g‘amxo‘rlik qil, ularga davlat xazinasidan maosh tayin qil. Kasallarga ular orasida Qur‘onni yaxshi biladigan, uning ko‘p poralarini yod olganlarga davlat xazinasidan nafaqa puli ber. Og‘ir xastalikka duchor bo‘lgan musulmonlarga alohida boshpana uylar bergin. Ularga qarab turadigan kishilarni va ularning kasallarini davolaydigan ularning barcha injiqliklarini ko‘taradigan va ado qila oladigan tabiblarni tayinla, zero bu ishlar davlat xazinasini sovurish va isrof bo‘lishiga ol yezovtaliklar keltiradi, uning tinchligi, oromi va osoyishtaligining buzilishiga olib keladi. Biroq bu dunyoda xayrli ish qilish burchini unutmagan, va buning uchun u dunyoda qanday-savob kuta olishni yaxshi bilganligi tufayli adolatni amalda ro‘yobga chiqaruvchi bilan faqat taqvodorlik qilayotgan va shu bilan Olloh ta‘olo ib kelmaydi
15 . Demak, Amir Tohir, eng xudojuy ish taqvodorlik, uzlatga ketish zmas, balki jamiyatda adolat o‘rnatish, xalqqa g‘amxo‘rlik qilish, yer yuzidagi hayotning mohiyatini insonparvarlik nuqtai-nazaridan tushunishni hamma narsadan yuqori qo‘yadi. Shunisi xayratli va ibratomuzki, Amir Tohir o‘zining arab
15 Qarang: O‘rta asr arab-musulmon madaniyati. 15-bet. 33
xalifaligining markaziy hokimiyatga qarshi zimdan olib borgach qarshi siyosatini yurgizishda o‘z xalqi unga qanday madad berganligini doimo yodda chiqarmagan. Shuning uchun ham u xalqning ahvolini qisman yengillatish bilan cheklanmasdan jamiyat, davlatning ravnaqi xalqning naqadar emin-erkin yashashida boyib-kuchayib, gullab-yashashi uchun sharoit yaratib berishida, uning malumot darajasini ko‘tarishida, maktab, madrasa, ilm-fan, ma‘rifat eshiklarini aholining barcha tabaqa, qatlamlari uchun lang ochib qo‘yishidadir, degan uzoqni ko‘zlagan xulosaga keladi.,, Ilm-fan eshiklarini xoslarga ham, omilarga ham birdek ochib qo‘yish lozim, ilm fanning o‘zi johillar qo‘lida qolmagay - degan edi ma‘rifatparvar amir. Amir Tohir vasiyatnomasi podshozodalar uchun istisno xolni ifodalamay, o‘sha davr jamiyatida ma‘rifat, bilim olish ilm-fan bilan shug‘ullanishga intilish jamiyatning ancha-muncha keng qatlamlari uchun hayotiy zaruriyatga aylanganligini,hatto aholining anchayin nochor, masalan beva-bechoralar ham ilm olishga intilganliklari va eng muhimi o‘sha davr jamiyati sharoitlarida bunga moddiy va boshqa imkoniyatlar topa olganligini ham ifodalaydi. Akademik V. V. Bartolьd o‘zining "Mo‘g‘illar bosqini davridagi Turkiston" nomli mashhur asarida yuqoridagi masalaga o‘rta asr manbalari asosida batafsil to‘xtalib, qishloqda yashovchi bir bevaning ikki o‘g‘lini Samarkand madrasalariga o‘qishga yuborib, ularning butun Madrasa tahsili davomida o‘qishini o‘zining tikuvchilk kasbidan tushgan daromadi bilan ta‘minlab tura olganligi to‘g‘risida xabar beradi. O‘rta asr mualliflari qoldirgan ko‘pgina manba‘larda xalifalik markaziga ketib qolgan ko‘pgina Movarounnahr va Xurosonlik olim, faylasuflarning tohiriylar, somoniylar va keyinroq xorazmshohlar tomonidan maxsus chaqirib olib kelinganliklari va ularning o‘z vatanlaridagi islomdan oldingi madaniyat, ilm- fan va falsafa ravnaqini va mahaliy ilmiy-falsafiy an‘analar, maktablarni qaytadan tiklashda qatnashganliklari, jonbozlik ko‘rsatganliklari to‘g‘risida xabarlar beriladi. Xususan Nizomiy Aruziy Samarqandiy(XP) ,Roziy va Forobiy tohiriylar va somoniylar tomonidan chaqirib olib kelinganliklari, o‘z yurtlarida ilm-
34
fanni, falsafani o‘rganishni kuchaytirishda, islomdan oldingi mahaliy ilmiy- falsafiy va madaniy an‘analar, maktablarni qaytadan tiklash va ravnaf toptirishida favqulodda rolь o‘ynaganliklari haqida xabar beradi . Beruniy va Ibn Sino kabi mutafakkirlar butun hayotlari davomida Movarounnahr, Xuroson va Eron xududida yashab, o‘z ilmiy va falsafiy maktablarini yaratdilar 16 . Somoniylar "Sharq Arastusi" - O‘rta va Yaqin Sharq xalqlarining arab- musulmon madaniyati, fani va falsafasiing asoschilaridan biri Turkistonlik buyuk faylasuf Abu Nasr Muhammad Ibn Muhammad Ibn Tarxon Ibn O‘zlag al- Forobiy at-Turkiy(873-950yy. )ni ham Damashqlikdalik paytida chaqirtirib olib kelganliklari to‘g‘risida ba‘zi ma‘lumotlar saqlanib qolgan. Mazkur ma‘lumotlarga ko‘ra qadim inson falsafasidan qilingan ko‘pgina tarjimalar, ularga yozilgan sharhlar nihoyatda qiyin tushuniladigan va o‘zaro ziddiyatliklari tufayli, ularni maxsus tahrir kilib, muayyan nuqtai-nazardan talqin qilib berish uchun somoniy amirlardan biri Forobiyni Buxoroga taklif etgan. Forobiy ana shu tahrir jarayonida dunyoga mashhur " Ikkinchi ustod"(al-muallim-us-sani-ya‘ni Arastudan so‘ng insoniyatning ikkinchi ustozi) ta‘limi "at-Ta‘lim -us-sani" ("Ikkinchi ustod ta‘lim")ni qadimgi Yunon, Arastu falsafasining eng to‘g‘ri, muxtasar bayonini yozgan 17 . Agarda biz, mazkur voqe‘adan qariyib 70-80 yillar o‘tgach, ash-Shayx-ur- Rais Ibn Sinoning Arastuning eng Fundamental shoh asari "Mo ba‘ad at- tabiyya"(ya‘ni "Tabiatdan so‘ng keladigan narsa haqida" - "Meta-fizika)ni Forobiyning "At-Ta‘lim-us-sani" asari yordamidagina tushuna olganligi to‘g‘risidagi o‘z tarjimai-holidagi ochiq e‘tirofiga diqqat qilsak, Forobiyning ilmiy, madaniy, falsafiy qarashlari ayniqsa uning Fozil shahar (al-Madinat-ul- Fozila), Komil inson (al insani Kamil)to‘g‘risidagi siyosat madaniyatiga oid ta‘limotlarining butun o‘rta asr Turkiston jahon fani falsafasi, madaniyati va
16 Qarang: O‘rta asr arab-musulmon madaniyati. 17-bet. 17 O‘sha joyda. 35
san‘ati taraqqiyotiga qanchalik kuchli, sezilarli ta‘sir ko‘rsatganligini tasavvur qila olamiz.
Albatta tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar-xorazmshohlar va bosh hukmdorlar o‘zlarining "marifatparvar hokimi mutlaq" siyosatlarini yurgizishda eng avvalo o‘zlarining sinfiy-tabaqaviy manfaatlarini o‘z hukmronliklarini har tomonlama mustahkamlash, ko‘klarga ko‘tarib maqtash, o‘z kudratlarini boshqalarga namoyon qilish, keng xalq ommasini bu qudratdan qo‘rqish hayiqib turishiga o‘rgatishni ko‘zlaganlar. VSh-XIII asrlarda, yuqorida ta‘kidlab o‘tilgandek, rivojlangan feodal jamiyat, yirik shaharlar, savdo markazlari vujudga kelib, ular dunyoviy madaniyat, ilm-fan falsafiy fikr san‘atu-xalq hunarmandchiligi va amaliy san‘ati keng ko‘lamda rivojlanishi uchun imkoniyat beradigan ijtimoiy va ma‘naviy taraqqiyot o‘choqlariga aylangan edilar. Ana shunday o‘ziga xos markazlar Xalab, Harron, Kufa, Basra, Damashq va Bag‘dodda ham Buvayxiy va Kakvayxiylada xukum surgan Balx, Hamadon, Seiston, Mozandaronda ham , Jurjon, Ray, Nishopur, Tus, Marv, Omulda ham, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz, Shosh, O‘tror, Farob, Axsikat, O‘zgan, Taroz, Bolosog‘un, Korashahar, Qopaqurum va umuman Qoshg‘arning eng uzoq va chekka joylarida ham paydo bo‘lgan edi . Yagona din, til, madaniyat, turmush tarzi, tafakkur usuli, umuminsoniy, axloqiy qadriyatlar juda keng dunyoqarashga ega bo‘lgan, jonli va harakatchan arab-musulmon jamiyati asosan mana shu biz qarab chiqayotgan YIII-XIII asrlar oralig‘ida vujudga kelgan edi. Bularga Xitoy, Hindistonning ichkarisiga va dengiz sohillaridagi port shaharlarida vujudga kela boshlagan musulmon savdo va ma‘rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi koloniyalarni, janubiy Afriqo bo‘ylarida Yashil Burun, Tajan qabilalarni, Kordova, Sevilьya, g‘arbiy Fransiya, Portugaliya, Sitsiliya, Kipr, Bolqon va Qrimdagi, Qipchoq dashtlari, Kavkaz, Oltin O‘rdadagi Saroy va boshqa Sibirь savdo sotiq markazlarini, nihoyatda avj olib ketgan dengiz sayohatchiligi, umuman dengizchilik ishlari, kemalar qurish san‘ati, texnikasini qo‘shadigan bo‘lsak YIII-XIII asrlardagi arab-
36
musulmon madaniyati va sivilizatsiyasini yuzaki bo‘lsada tasavvur qilish imkoniyatiga zga bo‘lamiz. Bunday keng ko‘lamli ijtimoiy va madaniy taraqqiyot, madaniyat, sivilizatsiya taraqqiyotining jug‘rofiy etnik yoki ijtimoiy asoslarini kengaytirib qolmay, bu madaniyatni g‘oyaviy-nazariy jihatdan yangicha bosqichga ko‘tarilishiga, tamomila yangicha sof ilmiy-texnik maqsad va qiziishlarga sig‘inadigan, bunday qadriyatlarni tushunadigan va ulardan bahra oladigan ancha-muncha ozod, erkin va keng fikrlaydigan, fan, falsafa, badiiyat va madaniyat- san‘at qudrati, kuchini soxta qadriyatlar uchun emas, balki Inson manfaatlari va maqsadlari yulida, uning sha‘ni va aqlu-zakovotiga to‘g‘ri keladigan qilib foydalana oladigan kishilarni tarbiyalash zaruratiga olib keldi 18
IX asr oxirlarida Nishopur, Marv, Rayda, X asr boshlarida Buxoro va Samarqand kabi shaharlarda o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib o‘rta-maxsus va Oliy ta‘limniig eng dastlabki shakli, K. Marks iborasi bilan aytilganda "o‘rta asrlarning dorilfununlari" bo‘lmish madrasalar (diniy, dunyoviy, shaxsiy) vujudga keldi. Madrasalarning masjidlardan farqi o‘zining ko‘pincha dunyoviy va uzoqni ko‘zlab qo‘yilgan maqsadlarga - maxsus oliy malakali mutaxasislarni tayyorlashni ko‘zda tutib qurilganligi bilan bilinar zdi. Bundan tashqari har qanday o‘rta darajadagi Madrasa ilmiy, diniy-axloqiy, huquqiy va boshqa ijtimoiy masalalarni erkin, johillikdan xoli yuksak nazariy darajada muhokama, tahlil qilishni mazkur masalalar yuzasidan boshqa diniy mazxablar, ilmiy-falsafiy maktablar vakillari bilan ochiq munozaralar olib bora olish yuksak malakali ustodlardan aniq va har taraflama mukammal javob ola bilishni ko‘zlab turli olim,fozillar, axloqshunoslar, diniy mazxablar, ilmiy, falsafiy ta‘limotlar, olimlarning bilimdonlari, amaliyotchi siyosatdonlar, savdo-sotiq tijorat ahli to‘plagan mutabar madaniy, kommunikativ, jamoatchilik fikrini shaklantiradigan ma‘rifat-ziyo tarqatadigan maskan edi. Ularda ustodlar, ularning xalfalari, toliblar, muhojir- musofirlar uchun
18 Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 20-bet. 37
xonalar(hujralar) kutubxonalar, tabiatshunoslik, xususan o‘simliklar, hayvonot olami, tabiatni, bog‘dorchilik, umuman dehqonchilikni o‘rganishda tajribalar o‘tkaziladigan sharoitlar, asbob-uskunalar, xodimlar, farroshlar, hatto rasadxonalar va shifoxonalar ham bo‘lgan. Madrasaning masjiddan eng muhim farqlaridan biri shunda ediki,bu yerga oila va ibtidoiy maktabda (qishloq, mahalla maktablari) shuningdek hozirgi o‘rta-maxsus bilim yurtlariga to‘g‘ri keladigan, muayyan shahar,tuman va hatto mamlakatda ancha-muncha dong‘i ketgan maktabdorlar qo‘lida tahsil ko‘rgan ma‘lumoti yetarli, diniy-axloqiy, ilmiy- falsafiy masalalar yuzasidan mustaqil fikr yurita oladigan diniy yoki ilmiy qiziqishlari kuchli, o‘z darajasini chuqurlashtirish niyatidagi ilm-fan fidoyilari kelar edilar. Madrasada diniy bilimlar - Qur‘on, hadis, tafsir, shariyat ilmlari ( Kalom, Fiqh), diniy ilmiy falsafiy mazhab, tariqat va ta‘limotlar tarixi, ayniqsa diniy marosimchilik o‘rganilib qolmasdan, qadimgi va mumtoz arab tilining barcha muammolari, arab va boshqa xalqlar adabiyoti, tarixi, jug‘rofiyasi, riyoziyot, xandasa, ilmi nujum, tibbiyot, alkimyo, ma‘danshunoslik kabi fanlar quruq (tadris), balki chuqurlashtirilgan va maxsuslashtirilgan shaklda bahslashuv uzoq va surunkali ma‘ruzalar, mudarrislar, ko‘pincha maxsus taklif etiladigan mutaxassislarning chuqur tushuntirib berishi tarzida tashkil etilar edi. Tarixiy manbalarda Imom Buxoriyning Bag‘dod madrasalaridan birida tashkil etgan ana shunday davrasini 20 000 tolib, Abul Hasan al-Ash‘ariyning 3-4ming, Abul-Nosim Samarqandiyning 6-8 ming, Abu Mansur Moturudiy Samarqandiyning (har ikkisi Buxoro, Samarqand madrasalarida), Imom G‘azzoliyniig Nishopur va Bag‘dodda 8 mingacha tolibni birlashtirgan davralari bo‘lganligi haqidagi xabarlar bizgacha yetib kelgan. Basra, Kufa, Xalab, Damashq, Bag‘doddagi madrasalarda davralargina emas, Xorazmiy, Farg‘oniylar yetakchilik kilgan akademiya tipidagi uyushmalar doimiy ishlab turgan. Ta‘lim va tahsilning bunday yuksak talab va darajada, ko‘lamda olib borilishi ijtimoiy taraqqiyotning, davrning talabi edi albatta, Bunday talablarga maktab yoki masjid ta‘limi va tahsili javob bera olmas edi.
38
Ilmiy,falsafiy va boshqa, shuningdek din, shariatga oid munozara talab masalalarni masjidda muhokama qilib bo‘lmas edi, bu uning funksiyasiga ham kirmas edi. Xolbuki VSh-IX asrlarning faol ijtimoiy ma‘naьiy taraqqiyoti arab- musulmon dunyosini mafkuraviy sabr toqatlilik, bag‘ri kenglik, ya‘ni plyuralizm madaniyatining yetilganligi muhim ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy, huquqiy masalalarni muhokama qilishi, dunyoviy, ilmiy falsafiy fikrlashni kun tartibiga qo‘ymokda edi. Madrasalar va akademiyalar tipidagi "Doril-Hikma", "Sivan-ul-Hikma", "Doril- Ilm", "Dor-ut-Tibb" va h. k. larni yuqoridagi tarixiy zarurat talabi natijasida paydo bo‘ldilar. Tez orada ular Qoshg‘ordan to Mag‘ribgacha bo‘lgan eng Ma‘mura dunyoga yoyilib ketdi va arab-musulmon madaniyati va sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‘lib qoldi 19 . Tohiriylar, somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, buvayhiy, hamdoniylar, xorazmoshohlar saroylarida yuqorida sanab o‘tilgan va boshqa "donolik uylari" nomli ilm-fan, falsafa, madaniyat ma‘rifat ahillarining maxsus akademiya tipidagi hamkorligi vujudga kelgan edi. Xususan Nishopur shahri qozisi Ibn Xibbon (vafoti 965-yil) aholiga ana shunday donolik uyini vasiyat qilib, uni kutubxona, muhojir talabalar, ustozlar va olimlar uchun turar joylar, xodimlar, farroshlar bilan hamda nafaqa bilan ta‘minlagan. Bunday donolik uylari Rayda o‘rta asrlarning ulug‘ ma‘rifatparvariSohib ibn Abbod (X asr),Nishopurda Ibn Amidlar tomonidan Buxoroda somoniylar, Xorazmda Ma‘mun (XI asr)tomonidan bunyod etilgan, Ularda o‘z davrining eng mashhur olim va faylasuflari,siyosatchilari, axloqshuioslari, munajjimlari, kimyogarlari, ma‘danshunoslar, javohirshunoslar, musiqachilar, san‘atkorlar, shoir va adiblar,tabiblar,riyoziyochilar, me‘morlar, muxandislar, kosiblar to‘planar edilar. Mazkur donolik uylari faqat bahs-munozarlar, fikr almashiladigan joy bo‘lib qolmasdan, qadimgi hind, yunon fani, falsafasining eng nodir namunalarini tarjima qilish bilan maxsus shug‘ullanadigan tarjimonlar ishlab turardi,ularga sharHlar yozilardi va yangidan-yangi ilmiy, falsafiy yoki
19 Qarang: O‘sha kitob. 24-bet. 39
badiiykashfiyotlar, texnikaviy yangiliklar amalga oshirilar, original ilmiy, tarixiy, jug‘rofiy va boshqa asarlar yozilardi, tibbiyotga oid kuzatishlar alkimyoviy tajribalar, falakiyotga doir tadqiqotlar olib borilar edi. Masalan, Abu Bakr Zakariyyo ar-Roziyga Ray va Bag‘dod shaharlarida, Shayxur- Rais Ibn Sinoga Buxoroda maxsus shifoxonalar, Abu Maxmud Xo‘jandiyga Nishopurda Faxr sekstantiga ega bo‘lgan rasadxona qurib berilgan, Al-Xorazmiy al-Farg‘oniy, al- Fazoriy, Abu Komil, Beruniylar uchun esa Vizantiya, Misr, Hindistonga tabiatshunoslik tadqiqotlari uchun maxsus ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirilgan, mablag‘ bilan ta‘minlangan.
Xalifalar Mansur (754-776), Horun ar-Rashid (786-809) va Ma‘mun (813-833) davrida tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, xandasa, hisob va boshqa fanlar sohalari bo‘yicha hind, paxlaviy, suryoniy, sobiy, yunon tillaridan tarjima qilish nixoyatda avj olib ketgan edi va bu jarayon markazida ham, cheka o‘lkalarda ham masalan Movarounnahr, Xuroson, Misr va boshqa joylarda ham juda katta sur‘atlarga, ko‘lamda, umumiy jo‘shqinlik bilan olib boriladi. Eng buyuk tarjimon, sharhchilar va tabiatshunoslar sifatida arablardan ham ko‘prok yahg‘udiylar, nestoriy nasorolar, forslar, Movarounnahr va Xurosonliklar - Xuneyn Ibn Is‘hoq, Jirjis Ibn Jibrail ibn Buxtiyashi, Sobit ibn Qurra, Qusta ibn Luka, Feofil, al-Batik, Sinna ibn Sabit Qurra, Yax‘yo ibn Adi, Is‘hoq ad-Dimishqi, Masrajuveyx, Naubaxt, Ibn al-Xasan ibn Saxl, Ibn al- Mukaffo, Ibn Manka, Kanka, Ibn Daxn,Ibn Vaxishiya, al-Fazoriy, al- Marvaziy, Yuxanna ibn Jaylon, Bishr ibn Matta va boshqalar mashhur bo‘lishgan. Movaruonnaxr, Xuroson va Eronda yunon,hind va boshqa tillardan ilmiy-falsafiy diniy, axloqiy, siyosatga oid asarlarni tarjima qilish X-XP1 asrlar bo‘yicha davom etdi. Xucycan Beruniy, Abul-fatx al-Bustiy,, Al-Xammor va boshqalar hind, qadimgi yunon, Xorazm, Sug‘d matematikasi- astronomiyasi, tarixi, farmatsevtikasiga oid asarlarni ko‘plab tarjima qilganlar, sharhlaganlar. Bu davr qadimgi Hindiston, Yunoniston va boshqa xalqlarning klassik fanlarining eng muhim obidalari bir necha martalab, qayta-qayta tahrirdan 40
o‘tkazilib tarjima va sharh qilindi, masalan, Aflotunning "Qonunlari", Timey", Arastuning "Siyosat", "Iboralar", "Analitikalar", "Kavn va Fasod", "Jon haqida "Axloq", Teofrast, Prokl, Aleksandr Afrodisiy, Porfiriy, Dioskorid asarlari, Buqrotning "Og‘ir kasallar", "Pulьs va kasallarni davolash", "Inson tabiati", Joliniusning
tibbiyotga oid
asarlari, Iqlidusning "Xandasa asoslari","Balandliklar",Batlimusning, "Almagest", Arximedning "Shar va silindr haqida", "Doira sathini uch va yetti qismlarga ajratish " asarlari, "Kalila va Dimna, "Shahrizoda va Parviz", "Xudoynoma", "Hindiston dorilari va dorivor o‘simliklarining nomlari", "Sasrad", "Siddhond"( zijj), Nabatiy ziroatchiligi, ''Aynnoma", "Mazdak " va boshqa ilmiy-falsafiy, diniy-axloqiy va siyosatga oid asarlar tarjima qilindi, sharhlab berildi. Turkistonlik olimlar,mutafakkirlar tarjimachilik tadqiqotlar yozishga, kuzatishlar, tajribalar o‘tkazishga berilib ketdilar. Masalan, al-Xorazmiy "Hind hisobi to‘g‘risida" degan mashhur asarini, Farg‘oniy "Kitab o‘z- harakat -us- samaviyya va javomi ilm-nujum‖ Jobir ibn al-Xiyon o‘ziiing tabiyotga oid asarlarini Roziy, "Kitab-ul-Hoviy" sini, Ibn Sino "Kitab al-Qonun fit-tibb"ni, Beruniy esa "Al-Qonun-al-Mas‘udiy",'"Mineralogiya", "Geodeziya", "Kitabus- Saydana fit- Tibb" kabi fan taraqqiyotiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan tadqiqotlarni qoldirgan. Bundan tashkari,al-Farg‘oniy at-Turkiy va uning o‘g‘li Ali ilmi nujumga oid,As-So‘fiy, Abu Komil, Abu Maxmud Xo‘jandiy, Abu-l- Xasan an-Nasaviy, Umar Xayyom, Nasriddin at-Tusiy, aziniy, Durjoniy, Maxmud Chagminiy, Jalol Buxoriy, Hububiy, Sijavandiy, Qutbiddin She‘roziy, Shamsiddin Samarqandiy, Naysoburiy kabi, son-sanoqsiz tabiatshunos olimlar tibbiyot, falakiyot, riyoziyot, alkimyo va boshqa fanlarga oid tadqiqotlarni X-XI asrlarda ham, XP va mo‘g‘il istilolari davri XIV asrlar boshlarida davom ettirganlar. Bu davrlarda Marv, Nshvopur, Ray, Balx,Hamadon, Tus, Buxoro, Samarqand, Urganch, Xiva, Nisa, Termiz va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalar vujudga kelgan. Ularda ko‘p
41
minglab nodir qo‘lyozmalar - Arastu, Aflotun, Iqlidus, Batlimus, Buqrot, Jolinus, Arximed, qadimgi Hind, Pahlaviy, So‘g‘d va Xorazmlik olim mutafakkirlarning asarlarining asl nusxalari, tarjimalari saqlangan, o‘rganilgan, sharhlangan. Kutubxonachilik va umuman dunyoviy ta‘lim va tahsilning ko‘lami keng va chuqur, o‘zining ijtimoiy ahamiyatiga ko‘ra hozirgi zamondagi kutubxonachilik, informatsiya bo‘limini eslatadigan darajaga o‘sib yetgan, sifat jihatidan o‘sha davrdagi Ovropa yoki dunyoning boshqa ma‘muralaridagidan benihoya ustun edi, Masalan, Ovrupaning XII asrdagi eng mashhur kutubxonalari barmoq bilan sanarli bo‘lgani holda, ularda ham eng ko‘pi bilan bir necha o‘nlab jilddan, 150-2000, juda istisno hollardagina nari borsa 500 nusxadan kitob bo‘lgani holda. O‘rta va Yaqin Sharqning o‘rtamiyona shaharlari - Marv, Nishopur, Sherozga o‘xshagan joylarda ham har bir shaharning o‘zidan o‘nlab davlat, vaqf va shaxsiy kutubxonalari mavjud bo‘lib, ular davrlaridayoq o‘zining ijtimoiy- kommunikativ va ilmiy-texnikaviy informativ funksiyalarini bajaradigan darajada faoliyat ko‘rsatardilar, madaniyat taraqqiyotining yangi bosqichga ko‘tarilishini ta‘minlar edilar. Masalan, birgina Bag‘doddagi "Xizant-ul-Ilm " da Qur‘oni Karimning 100 lab nusxasi... 10400 dan ortiq turli mutafakkirlar asarlarining eng nodir, asl nusxalari saqlanar edi. Samarqand, Buxoro, Balx, Hamadon, Qohira va boshqa shaharlarning har birida o‘nlab yetti iqlimga dong‘i ketgan kutubxonalari kechayu-kunduz ishlab turar zdilar. Kutubxonalar shaxsiy, vaqf (masjid va madrasalarda) va saroylarda tashkil etilgan. Ularning ko‘pchiligida kitoblar o‘z sohalari bo‘yicha kattalashtirilgan, tartibga solingan, maxsus va malakali, ilmiy maslahatchini eslatadigan xodimlar biriktirilgan, farroshlar, qorovullar, oziq-ovqati, yeyish- ichishi, supurish-sidirishdan xabar olib turadigan xizmatchilarga ega bo‘lgan, to‘la moliyaviy taьminlangan.. Ulardagi kitoblarni kutubxonaning o‘ziga, shuningdek ma‘lum garov evaziga, ko‘pincha pulga uyga olib o‘qishi mumkin bo‘lgan. O‘rta asrlarning mashhur tarixchisi, jug‘rofi, sayohatchisi Yoqut Hamaviy har birida 12000 dan kitoblari bo‘lgan 12 ta Marv
42
kutubxonalari to‘g‘risida xabar berar ekan, o‘zi 200 dan ortiq kitoblarni hech narsa to‘lamasdan olib, uzoq vaqt undan foydalanganligi haqida yozadi va Marv kutubxonalari sha‘niga qasida-madhlar bag‘ishlangan. Ibn Sino ham o‘z tarjimai-holida Buxoro somoniy amirlari saroyidagi "Sivan al-Hikma" kutubxonasida juda boy bo‘lganligini, uning qat‘iy va tartibli ishlashi, kitoblarning kataloglashtirilganligini, xodimlari va ta‘minoti borligi haqida so‘zlab, men bu yerda qadimgi faylasuf-olimlar, mutafakkirlarning shunday asarlarini ko‘rdimgi va mutoala qilishga muyassar bo‘ldimki, ularni hech kim ko‘rmagan, hatto nomlarini ham eshitmagan va keyin ham men bunday kitoblarni uchratmaganman deb yozgan edi 20 .
shoir, muxandis va me‘mor o‘z asarlarida hukumron sulolalarning siyosiy barqarorligini va qudratini madh etishgan, ayni paytda ular o‘z xalqlarining islomgacha bo‘lgan madaniyatini, e‘tiqodlarini ham saqlab qolishga, me‘morchilik an‘analarini yanada rivojlantirishga, qaytadan jonlantirishga uringanlar. Bu tarixiy shart-sharoitlar va ma‘rifatchilik ma‘naviy muhiti ilm-fanga, falsafaga, dunyoviy madaniyatga qiziqishni va ijtimoiy faollikni kuchaytirar edi, albatta. Aql va fan, mantiq dalillarini, dunyoviy qadriyatlarning birinchi o‘ringa qo‘yishi o‘rta asr diniy mutassibligi, aqidachiligidan chetlashuvchi dunyoqarashni, diniy aqida, talab va taqiqlarga shubha qarash munosabatini, hatto diniy masalalarda befarqlik, ularni tanqid qilish unsurlarini tug‘dirar edi. Arastu ta‘limotining olamniig abadiyligi, uning qonunlarining ob‘yektiv ekanligi, narsa va hodisalar, qonuniyatlarni inson o‘z aqli, fan va mantiq yordamida bila olishga tamomila qodir ekanligi to‘g‘risidagi sodda, hayotbaxsh dunyoqarash, tabiat va insonni ulug‘lovchi g‘oyalar, undagi sensualizm, ratsionalizm, empirizm, tajribaga asoslangan bilimlarni yuksak qadrlash mayllari VIII-XIII asrlardagi O‘rta va Yaqin Sharq madaniyatining markazida turar edi.
20 Abduqodir Zohidiy. ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 31 bet. 43
Arastu haqiqiy donolik, bilimdonlik timsoli, har qanday haqiqatning Qur‘on va Hadislardan keyingi eng mu‘tabar oliy ifodasi edi. Yunon falsafasining ta‘siri, mutafakkirlarining aniq fanlar sohalarida olib jahonshumul tadqiqotlari ularni Diniy mutassiblik asoslari doirasidan chetga chiqib ketadigan umumbashariy ahamiyatga molik ilg‘or g‘oyalarni ilgari surishga, hukmron mafkura va mavjud ijtimoiy tuzum, munosabatlariga nisbatan norozi va tanqidiy munosabatlarda bo‘lishga majbur etardi. Bu esa arab-musulmon madaniyatida dunyoviylikning yanada kuchayishiga, ijtimoiy-falsafiy fikrda insonparvarlik adolat va ratsionalizm mayllarini pantenstik va deistik ta‘limotlar doirasida namoyon bo‘lishga olib keldi. Turkistonda qaralayotgan davrda shakllangan madaniyatida nominalizm va realizm o‘rtasida borgan g‘oyaviy raqobat endigina mayllar sifatida kaytadan shakllanib kelayotgan sodda materializm, tajribaviy fanning idealizm va diniy mutassibchilik, aqidachillikka qarshi kurashni ifodalar edi. Albatta, bu hayotbaxsh madaniyat, dunyoqarash, panteizm va deizm doirasida ifodalangan sodda materialistik, ratsionalizm va iksonparvarlik g‘oyalari hukmron sinflar mutassib mafkura qarashligiga uchramay qolmadi. Xususan, islom diniy mutassiblaridan Abu Xotam ar-Roziy ulug‘ tabiatshunost va daxriy Abu Bakr Zakariyo ar- Roziyning ta‘limoti, uning olam, tabiat va inson haqidagi dahriyona fikrlari uchun uni kofir, majusiy va manixeylar ta‘limotlari tarafdori deb ayblaganlar, ularni rad qilish uchun maxsus asarlar yozganlar. Bunga albatta Abu Bakr Roziyning diniy mutassiblik va aqidachilik asoslariga bolta uruvchi ilmiy qarashlari, ilmiy tadqiqotlari, sodda materialistik yo‘nalishga ega bo‘lgan ta‘limoti, uning johil, yulg‘ich va mutassib ruhoniylarni ustalik bilan tanqid qilish, dinlar, shu jumladan islom ham Muso, Iso va Muhammadning xalqni o‘z g‘arazli maqsadlari yo‘lida aldashi natijasida vujudga kelgan degan qarashlari asosiy sabab bo‘lgan. Abu Bakir ar-Roviy o‘lgandan keyin ham u dahriylik, hurfikrlilik, dunyoviy madaniyat, ma‘rifatlilik ramzi bo‘lib qolavergan va hatto o‘rta asrlardagi eng izchil, ilmiy xolis mavqe‘ida mutafakkirlar Beruniy, Ibn Sino, Nosir Xisrav, Umar
44
Xayyom, Nasriddin Tusiy kabi mutafakkirlar ham diniy mutassiblar g‘azabi va ta‘qibidan qo‘rqib, Roziyning nomini o‘z asarlarida ehtiyotkorlik bilan, yoqlamayotgandek qilib tilga olib o‘tganlar. Beruniyning o‘zi Maxmud G‘aznaviy tomonidan, uning bosqinchilik yurishlari, mustabidlik siyosatini, aksilislomiy chiqishlarni ayovsiz bostirish, boshqa dinga va bid‘atchi taьlimotlar, mazhablar tarafdorini ming-minglab o‘ldirib, o‘tda yoqib yuborganligini oqlash, uning qudratini maqtash uchun majbur qilingan edi. Beruniy bunda kattol siyosatni oqlash u yoqda tursin, umirining oxirigacha ilm-fan, falsafa, tabiatshunoslik, ratsionalizm va insonparvarlik g‘oyalariga sodik qoldi. Rivoyatlarga ko‘ra Beruniy ana shu sabablarga ko‘ra G‘aznaviy tomonidan bir necha marotaba o‘limga hukm kilingan. G‘aznaviyning mustabidiligi jahon fani va falsafasining dahosi ash- Shayx-ur-Rais Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy ijodi gullagan davrida mamlakatdan chiqib ketishga, sarson-sargardonlikda o‘lib ketishga majbur qildi. "Agarda Ibn Sino o‘lmay qolib, yashashni davom ettirganda edi, - deb yozadi «sharqshunos A. Yu. Yakubovskiy,- u (ya‘ni Ibn Sino) nafaqat O‘rta Osiyoda, shuningdek Eronda ham o‘ziga joy topa olmay qolgan bo‘lur edi" 21 . Islom mutassibchiligi Roziy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa mutafakkirlarni ta‘qib va quvg‘in qilibgina qolmasdan, o‘zining mashhur aqoidlaridan imom Abu Homid al-G‘azzoliy, uning "Taxofut-ul-falo-sifa" (ya‘ni "Faylasuflarning noizchilliklari"' asari timsolida dunyoviy madaniyat, ilm-fan va falsafiy ijod erkinligiga olib boruvchi qarashlarini "nazariy" rad qilishga ham uringan.
21 Qarang: ―O‘rta asr arab-musulmon madaniyati‖. 33-bet. |
ma'muriyatiga murojaat qiling