Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
O`ZBEK TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
O`ZBEK TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MASHG`ULOTLARNI UYUSHTIRISH Kubayeva М. – Navoiy viloyati Zarafshon shahar XTMFMTTEB metodisti. XXI asr fan va texnika taraqqiy etgan asrdir. Bugungi mana shunday taraqqiyot davrida axborot-kommunikaciya texnologiyalari ta`limida salmoqli o`rin egallamoqda. axborot- kommunikaciya texnologiyalarining asosiy komponenti komp`yuter hisoblanadi. U axborotga ishlov berish, vosita, kommunikaciya, bilimlarni yangilash, ta`lim oluvchining o`z mustaqil faoliyatini amalga oshirish vazifalarini bajaradi. Metodist-olimlarning tajribalariga shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning o`quv faoliyatini shakllantirish jarayonida komp`yuterlardan bolalarning ko`nikma va malakalarini rivojlantirishda, o`tilgan mavzularni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalanish yuqori samara berar ekan. Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o`zbek tili darslarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikaciya texnologiyalari asosida tashkil etishning o`ziga xos didaktik talablari mavjud. Bunda o`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarur. O`zbek tili darslarida kompyuterdan foydalanish hamda “Ҳar kim har kimga o`rgatadi”, “Kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujm”, “Muammoli ta`lim” metodlari, “Chigil yozdi”, “3inama- zina” o`yini va boshqa didaktik o`yinli texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash ta`lim samaradorligini oshiradi. Bu texnologiyalar o`quvchilarning so`z boyligini oshirish hamda grammatik bilimlarni egallashida muhim o`rin tutadi. Amma, o`zga tilni o`rganayotgan bolaning nutq boyligini oshirishda kompyuter orqali darslarni tashkil etishda materiallarni yuksak did bilan tayyorlash kerak. Ya`ni, misol uchun slaydlarni olaylik. Avvalo, slaydlar rangi bolalar ko`zini toliqtirmasligi kerak, o`ta yorqin qizil yoki ko`k ranglar bolani charchatadi. Animaciyali kompoziciyada hamhar xil ovoz va musiqalar ham mayin, yoqimli bo`lishi kerak. Shuningdek, kompyuter orqali namoyish etiladigan qo`shimcha 166 materiallar darslikdan emas, boshqa qo`shimcha manbalardan olinsa yaxshi natija beradi. Қuyida komp`yuter texnologiyasi asosidagi darslarni tashkil etish bo`yicha o`z tajribamdan misol tari qasida keltiraman. 4-sinf o`zbek tili darsida “Қushlar va hashoratlar” mavzusini o`rganishda “Қushlarga sevgim” she`ridan boshqa barcha darslik materiallari, ya`ni mavzu bo`yicha barcha so`zlarni o`quvchilar biladigan, tanish so`zlardir. Ushbu darsda mavzu doirasida o`quvchilarning so`z boyligini oshirish, tabiat ularning tabiat olami haqidagi tasavvurlarini kengaytirish oid materiallar etarli darajada berilgan. O`quvchilar mazkur mavzu doirasida barcha mashqlarni bajarish jarayonida lingvistik talablar asosidagi topshiriqlarni bajarib, berilgan matnlardagi so`zlarning izohini o`qituvchi tushuntirishga hech qanday ehtiyoj yo`q. O`qituvchi dars materiali bo`yicha 1-darsda barcha topshiriqlarni bajartirish jarayonida 1-topshiriq yuzasidan berilgan kapalak, ipak qurti, chumoli, pashsha, chivin, suvarakning animaciyali rasmlarini slaydlar orqali namoyish etiladi. Bu animacion (jonlantirilgan) rasmlar o`quvchilarning tasavvurida xuddi ko`zi bilan ko`rgandek tuyuladi. Shundan so`ng ularning foydali va zararli tomonlari haqida suhbat o`tkaziladi. Ular bilan 2-mashqda berilgan savollar ustida ishlash jarayonida animacion rasmli slaydlarda musicha, chumchuq, laylak, qaldirg`och, turna kabi qushlarning ini qurilgan joylar tasviri namoyish etiladi. Tajribamdan ma`lum bo`ldiki, mana shu jarayonda bolalarning ba`zilari shaharda yashaganligi uchun qaysi qush qaerga in qurishini bilmaskan. Masalan, turnaning daraxtlarning eng tepasiga, chumchuqning hovlidagi binolar devori bilan tomi oralig`iga, musicha va qaldirg`och odam- lar yashaydigan uy, darvozaxonalar peshtoqiga in qurganligini ko`rib o`quvchilarda qiziqish judayam ortdi. Natijada darslikda berilgan “Bilib oling” ruknidagi “-ga” qo`shimchasining qanday so`zlarda ishlatilishini osongina o`zlashtirib oldi. Bolalarning o`lkamiz tabiatiga bo`lgan mehr-muhabbatini oshirishda 2-darsda 3-topshiriq yuzasidan animaciyali rasmlar kompoziciyasidan foydalanganimda, 4-topshiriqni o`quvchilar yaxshi bajarganligini tajribamda ko`rdim. Ular animaciion rasmlardagi ko`rgan tasavvuri asosida qiynalmasdan gaplarni bemalol tuza oldi. 3-mashqning 5-topshirig`i ustida ishlashda ovozli animacion rasmlar ayniqsa o`quvchilarda estetik zavq uyg`otishda muhim o`rin tutadi. Bulbul, to`ti va bedananing sayroqi ovozi bola qalbida go`zal tuyg`ular hissini shakllantirish barobarida u bu noyob qushlarni asrash kerakligini anglaydi. Chunki o`qituvchi animacion rasmlarni namoyish qilish jarayonida bedana, bulbul, to`ti “Қizil kitob”ga kiritilganligini, bu qushlarning kamayib borayotganligini ham tushuntiradi. Shu darsda O`zbekistonda yashovchi qushlarni tavsiflovchi animaciya va slaydlar ko`rsatilsa, bular orqali o`quvchilar respublikamiz tabiat olami haqida enciklopedik (qomusiy) ma`lumotlarga ham ega bo`ladi. Demak, mazkur mavzuni o`rgatishda o`quvchilar ko`p so`z izohi bilan tanishadi, respublikamizda qushlar va hashoratlar materiallari bilan tanishadilar. Mening 4-sinf o`zbek tili darsi uchun tayyorlagan komp`yuter orqali ekranlashtirilgan, tablicalar hamda slaydlar hajmini juda katta miqdorni tashkil etadi. Bu materiallarni komp`yuter xotirasida saqlab boraman. Bulardan esa tuman va shahar maktablarida o`tkazilan o`quv-seminarlarida ma`ruza uchun bir necha bor material sifatida foydalanganman. Ta`lim boshqa tilida olib boriladigan maktablarda o`quvchilarga o`zbek tilini o`rgatish ularni bu tilga nisbatan qiziqish va moyilliklarini yanada orttirish, bu tilda o`z ona tillaridek erkin so`zlasha olish imkoniyatlarini vujudga keltirish har bir o`zbek tili o`qituvchisidan ijodiy faollik talab etadi. O`quvchilarni nafaqat kundalik muomalada ishlata oladigan so`zlar, balki iqtisodiy-siyosiy,ijtimoiy, huquqiy sohalarga oid bo`lgan mavzularda ham o`z fikr-mulohazalarini o`zbek tilida erkin tarzda bayon eta olishlarida ommaviy axborot vositalarining roli kattadir. Bunda darsni boshlashda mamlakatimizning hayotida yuz berayotgan muhim voqea, tafsilotlar haqida “Axborot”, “Tahlilnoma” ko`rsatuvlarini o`qituvchi diskka yozib kelib, uni kompyuter orqali ekranda namoyish etishi lozim. Keyingi darslarda bolalardan televizor orqali “Davr” va “Axborot” ko`rsatuvida qanday yangiliklar berilganini so`rash kerak. O`quvchilardan fikr so`ralganda, bu ko`rsatuv tafsilotlarini aytib bergan o`quvchilarni alohida rag`batlantirish zarur. Shunda ularda bu ko`rsatuvlarni ko`rishga 167 qiziqish uyg`onadi hamda har doim buni ko`rgan va tinglagan o`quvchining so`z boyligi oshib boraveradi. Darsning ushbu qismini “Intervyu” deb atash mumkin, ya`ni bolalar ham “Davr” va “Axborot” ko`rsatuvi asosida o`z fikr-mulohazalarini tushunarli qilib, xuddi suxandonlardek bayon etadilar. Bunda o``quvchilarning kerakli atama va so`zlar bilan tanishtirish maqsadida so`zlar lug`ati beriladi. Bu lug`at so`zlar “rasmiy tashrif”, “Oliy Majlis ”, “nomzod” “kelishuv va bitimlar”, “iqtisodiy salohiyat “, “chet mamlakatlarning investorlari”, “iste`molchi” kabilarni xattaxtaga aks etgan ko`rgazma-plakatni osib qo`yish maqsadga muvofiqdir. Dars so`nggida 2 daqiqalik “erkin fikrlar” onlarini joriy qilishda o`quvchilar televizor yoki gazeta-jurnallarda uchragan va tushunishlari qiyin bo`lgan so`zlar haqida fikr so`rashlari bu tilni yanada puxtaroq egallashga zamin yaratadi. Noyob va serjilo so`zlarga boy tilimizning imkoniyatlaridan to`la foydalanish va uning sehrli olami bilan boshqa xalq millat vakillarini oshno etish orqali Vatanimizning nurli kelajagi istiqbollari,,iqtisodiy o`zgarishlari,madaniy-ma`rifiy sohada qo`lga kiritayotgan yutuqlaridan boxabar qilib borish ularning keng tafakkurli,mamlakat mustaqilligini mustahkamlaydigan fidoyi insonlar bulib etishishi uchun asos buladi Demak, boshlang`ich sinflarda o`zbek tili fani bo`yicha o`tiladigan dars mashg`ulotlarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikaciya texnolgiyalari asosida uyushtirish, o`quvchilarning darsda ortiqcha zo`riqishlardan saqlaydi, ularning imloviy savodxonligi oshadi, darsdagi mustaqil faoliyati rivojlanib boradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling