Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта
AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI
Download 5,01 Kb. Pdf ko'rish
|
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism
AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI
QO`LLASH USULLARI G`afurova N. Navoiy viloyat XTXQTMOI Mamlakatimizda o`sib kelayotgan yosh avlodning intellectual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy-ma’rifiy qadriyatlarni saqlashga qaratilgan yangi, zamonaviy ko`rinishdagi axborot- kutubxona tizimini yaratish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada, ayniqsa axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarini rivojlantirishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot- kutubxona ta’minlashni tashkil etish to`g`risida”gi PQ-381-sonli qarori, 2011-yil 23-fevraldagi “2011-2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli rivojlantirish chiralari to`g`risida”gi PQ-1487-sonli qarori 196 hamda 2011-yil 13-aprelda qabull qilingan “Axborot-kutubxona faoliyati to`g`risida”gi Qonun asosida zamonaviy talablarni hisobga olgan holda kutubxona tarmog`ini tashkil qilishni takomillashtirish, yosh avlodning intelektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan prinsipial yangi axborot markazlarini barpo etish, shuningdek aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart sharoitlar yaratish vazifasini, sohada tub o`zgarishlarni amalga oshirish, mavjud muammolarni ijobiy hal qilish vazifalarini kun tartibiga qo`ydi. Bugungi kunda zamonaviy talablarga ko`ra viloyatlarda faoliyat yuritayotgan axborot- kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlari, hududiy tayanch axborot-resurs markazlarida kitobxonlarga axborot texnologiyalari asosida xizmat ko`rsatishning bir qancha turlaridan foydalanish yo`lga qo`yilgan. Masalan: - so`rov asosida axborotlar to`plash va taqdim etish; -kutubxonalarda bo`ladigan o`zgarishlar, yangiliklarni kutubxonalar saytlariga kiritish orqali kitobxonlarga yetkazish; -yangi kelgan kitobxonlar bilan ishlash, kutubxonaga a’zo qilish, Internet ma’lumotlari, axborotlar izlashda yordam berish va to`g`ri yo`l ko`rsatish; -yangi kelgan nashrlarning oylik ko`rgazmalarini uyushtirish; Nusxalarni ko`chirish, ko`paytirish, kamyob va noyob nashrlarning skanerlash orqali elektron nusxalarini yaratish va boshqa xizmatlar tashkil qilindi. Axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish va bevosita kutubxona texnologiyalarini takomillashtirish, elektron kutubxonalarni yaratish, kutubxona jarayonlarini avtomatlashtirishni, ilg`or texnika va texnologiyalarni kutubxonalar faoliyatiga tadbiq qilish, kutubxonachilik xizmati sifati va samaradorligini oshirishni taqazo etadi. Bu borada kutubxonalarda xalqaro talablarga javob beradigan avtomatlashtiruvchi tizim asosida elektron katalog bazasini shakllantirish, mustaqil ravishda elektron bibliografik resurslarini yaratish, fondlarni to`ldirish, to`liq matnli ma’lumotlar bazasini shakllantirish ya’ni raqamlashtirilgan holda yaratish, kitobxonlarga taqdim etish kabi bir qator ishlarni tashkil qilish, jarayonlari olib borilmoqda Kutubxonalar texnologiyalarini avtomatlashtirilishdan ko`zlanayotgan asosiy maqsadlar: -xizmat ko`rsatish turlarini kengaytirish va kitobxonlar ehtiyojini yanada to`liq qondirish asosida foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish sifatini yuksaltirish; -kutubxonadan foydalanuvchilar va kutubxona xodimlarining mehnat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ; -fondlarni saqlash va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish; -kutubxona xodimlarini katalog, kartotekalar, turli buyurtmalarni, xatlarni, hisobotlarni tayyorlash, bibliografik ro`yxatlar tuzish va boshqa bir qator vazifalarni bajarishdan ozod qilish va boshqalar. Kutubxonadagi asosiy texnologik jarayonlarni avtomatlashtirilish quyidagi inkoniyatlarni yaratadi: -axborot qidiruv tezligini oshirish; - bazaga ma’lumotlarni bir marotaba kiritish va ulardan hujjatlarni qidirishda ko`p maqsadli foydalanish; -tanlangan axborotlarni bosib chiqarish; -ma’lumotlar massivlarini boshqa foydalanuvchilarga uzatish; -nashrlarni tayyorlash va boshqalar. Bugungi kunda fan, madaniyat va ta’lim ehtiyoji uchun samarali kutubxona-axborot xizmati ko`rsatishga elektron va avtomatlashtirilgan kutubxonalar tashkil etish muhim o`rin tutadi. Foydalanuvchilarga axborot-kutubxona xizmati ko`rsatishda asosiy e’tibor yakka, ommaviy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko`rsatish shakllari va usullarini o`zlashtirish, uni samaradorligini oshirish yo`llarini egallash zaruratini keltirib chiqaradi.Bunday xizmat shakllarini nafaqat yirik kutubxonalari, oily ta’lim muassasasi axborot- 197 resurs markazlari, Viloyat axborot-kutubxona markazlari, axborot-resurs markazlarida, balki umumta’lim maktab kutubxonalarida ham tashkil qilish zaruratini keltirib chiqaradi. Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxona markazlarida axborot-kommunikatsiya xizmati ko`rsatish bir tarafdan texnologik jarayonlardan iborat bo`lsa, ikkinchi tarafdan bu ishlar ijodiy, pedagogik, psixologik xarakterga egadir. Axborot-kutubxona xizmatini takomillashtirishdan maqsad, axborot-kutubxona muassasalarida keng aholi va jamoatchilikka tezkor axborot xizmatini tashkil qilish, kutubxona faoliyatida samaradorlikka erishish, kishilarni rad javobisiz axborot- kutubxona muassasalari va kutubxona xodimlari xizmatidan bahramand qilishdan iborat. Download 5,01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling