Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


MASOFAVIY O`QITISH TIZIMINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet151/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

 
MASOFAVIY O`QITISH TIZIMINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI 
Qodirova М, Ro`ziqulova Т NavDPI katta o`qituvchisi 
Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari oldida keng o`quvchilar ommaini axborot 
olish va qayta ishlash madaniyatini o`stirish hamda shakllantirishdek vazifalar turibdi. Axborot asrida 
yashaydigan va mehnat qiladigan ta’li muassasasi bitiruvchisi butun umri davomida unda o`z o`rnini 
toppish imkoniyatiga ega bo`lishi uchun shaxsning quyidagi ma’lum bir sifatlariga ega bo`lishi kerak: 
o`zgaruvchan hayotiy vaziyatlarga oson moslashishi, o`zi uchun zarur bilimlarni mustaqil o`zlashtira 
olishi, vujudga keladigan turli xil muammolarni hal qilish uchun ularni amalda oqilona qo`llashi, 
mustaqil ravishda tanqidiy fikrlash; real borliqda vujudga keladigan muammolarni ko`ra bilish va 
zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, ularni oqilona hal etish yo`llarini izlash; egallayotgan 
bilimlari uni o`rab olgan borliqda qayerda va qay tarzda qo`llanishi mumkinligini aniq anglash, yangi 
g`oyalarni topishga, ijodiy fikrlashga qodir bo`lishi; axborot bilan savodli ravishda ishlay olishi; o`z 
ma’naviyati, aqli, madaniyat darajasining rivojlanishi ustida mustaqil ishlashi kerak. Bu masalalarni 
hal etishda o`z navbatida masofaviy o`qitishning ham ahamiyati kattadir. Masofaviy o`qitish ta’lim 
tizimining asosiy jihatlariga iqtisodiy tejamkorligi, ijtimoiy teng huquqligi, o`quv materiallarini 
yangilashning osonligi, moslashuvchanligi, samaradorligini sanab o`tish mumkin. Masofaviy o`qitish 
tizimi kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalarga asoslangan bo`lib, ta’limni 
takomillashtirishning eng yaxshi an’anaviy va innavatsiyon metodlar va ta’lim sohalarini o`ziga 
jamlagan ta’lim olish tizimi hisoblanadi. Bu ta’lim tizimining asosini talabaning maqsad sari faoliyati 
tushuniladi. Bunda talaba o`ziga ma’qul joyda va vatda individual dars jadvali asosida, o`qituvchi 


195 
bilan bog`lanish imkoniyatida kelishilgan holda ta’lim olish imkoniyatiga ega bo`ladi. Masofaviy 
o`qitish tizimi gumanitar tamoyilga asoslangandir.
Jamiyat va ta’limni axborotlashtirish jarayoninig ob’yektiv oqibati sifatida va boshqa shakllarning 
eng yaxshi tomonlarini jamlagan holda masofaviy ta’lim tizimi XXI asrda ta’lim olishning istiqboli, 
ilg`or, yuqori samaradorlikka ega o`qitish tizimi sifatida kirib kelmoqda. Shuni ishonch bilan 
tasdiqlash mumkinki, yangi pedagogic texnologiyalarni ta’lim paradigmasining o`zini o`zgartirishga 
imkon beruvchi axborot va kommunikatsion texnologiyalardan ajratib bo`lmaydi va faqat axborot 
texnologiyalarigina yangi pedagogik texnologiyalardagi imkoniyatlarni yanada samarali amalga 
oshirishga imkon berad. Ta’limni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish uchun masofadan 
o`qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishda o`qituvchining umumiy bilim va 
ko`nikmalari shakllangan bo`lishi maqsadga muvofiq va bu ko`nikmalar quyidagilarni o`z ichiga 
oladi:
1. Shaxsiy kompyuter va qo`shimcha qurilmalarning ishlash tamoyilini bilish
2. Internet tarmog`i va dasturiy tizimning asosiy ishlash tamoyillarini bilish; 
3. O`quv jarayonini boshqarishda kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini tushunish; 4. Yangi 
axborot texnologiya vositalaridan foydalanishda tinglovchilar bilan mashg`ulot o`tkazish va tashkil 
qilish uslubiyotini yuritish
5.Ma’lumotni saqlash, uni tahlil qilish va uni tasvirlashda mos shakllarni tanlashni tashkil qila olish; 
6.O`qitishda yangi axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish muammolari bo`yicha uslubiy 
materiallar va ilmiy adabiyotlarga egaligi; 
7. Dasturiy ta’minotni didaktik imkoniyatlari nuqtai-nazaridan tahlil qila olishi kerak.
Shuningdek mashg`ulotlarni tashkil etish uchun o`qituvchining innavatsion texnologiyalarni 
ta’limga joriy etish sohalaridagi umumiy bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishi zarur. Bulg`usi 
pedagoglar kasbiy faoliyatini takomillashtirishi va pedagogning psixologik va pedagogik 
sohalaridagi umumiy bilim va konikmalarini to`la shakllantirilishiga erishmoq maqsadga muvofiqdir. 
Bu jarayonning ta’minlanishiga quyidagi jihatlar alohida o`rin egallaydi: 
1. Tinglovchilarning o`quv faolligini aniqlovchi omillarni bilish
2. Virtual o`quv guruhi ichida psixologik kayfiyatni yarata olish;3.Tinglovchilarning mustaqil 
ishlashini tashkil qila bilish; 
4.Oqitish jarayonini yanada samarali tashkil qilish uchun o`qitish turlari va qatnashchilarning 
axborotni qabul qilishning shaxsiy psixologik xususiyatlarini aniqlash
5. O`qitish motivatsiyasini oshirish; 
6. O`qitishda qulay muhit yaratish; 
7. O`qituvchining o`zi masofadan o`qitish uchun tanlagan usul-uslub va pedagogic texnologiyaga 
tayyor bo`lishi lozim.
Hozirgi kunda ta’lim tizimidagi barcha ishtirokchilariga qo`yiladigan talablar ham ayni shulardir. 
Har bir pedagog kadlar zamon talablariga javob bra oladigan bilim, ko`nikma va malakalarga ega 
bo`lishi, talaba va o`qituvchi hamkorligini o`rnatishorqali innavatsion texnologiyalarni mukammal 
ta’limga loriy etishimaqsadga muvofiqdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling