Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


O`ZBEK TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet131/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

O`ZBEK TILI DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA MASHG`ULOTLARNI UYUSHTIRISH 
Kubayeva М. – Navoiy viloyati Zarafshon shahar XTMFMTTEB metodisti. 
XXI asr fan va texnika taraqqiy etgan asrdir. Bugungi mana shunday taraqqiyot davrida 
axborot-kommunikaciya texnologiyalari ta`limida salmoqli o`rin egallamoqda. axborot-
kommunikaciya texnologiyalarining asosiy komponenti komp`yuter hisoblanadi. U axborotga ishlov 
berish, vosita, kommunikaciya, bilimlarni yangilash, ta`lim oluvchining o`z mustaqil faoliyatini 
amalga oshirish vazifalarini bajaradi.
Metodist-olimlarning tajribalariga shuni ko`rsatdiki, o`quvchilarning o`quv faoliyatini 
shakllantirish jarayonida komp`yuterlardan bolalarning ko`nikma va malakalarini rivojlantirishda, 
o`tilgan mavzularni mustahkamlashda, bilimlarni nazorat qilishda foydalanish yuqori samara berar 
ekan.
Ta`lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda o`zbek tili darslarini zamonaviy 
pedagogik va axborot-kommunikaciya texnologiyalari asosida tashkil etishning o`ziga xos didaktik 
talablari mavjud. Bunda o`quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish zarur.
O`zbek tili darslarida kompyuterdan foydalanish hamda “Ҳar kim har kimga o`rgatadi”, 
“Kichik guruhlarda ishlash, “Aqliy hujm”, “Muammoli ta`lim” metodlari, “Chigil yozdi”, “3inama-
zina” o`yini va boshqa didaktik o`yinli texnologiyalarni o`quv jarayonida qo`llash ta`lim 
samaradorligini oshiradi. Bu texnologiyalar o`quvchilarning so`z boyligini oshirish hamda 
grammatik bilimlarni egallashida muhim o`rin tutadi. 
Amma, o`zga tilni o`rganayotgan bolaning nutq boyligini oshirishda kompyuter orqali 
darslarni tashkil etishda materiallarni yuksak did bilan tayyorlash kerak. Ya`ni, misol uchun 
slaydlarni olaylik. Avvalo, slaydlar rangi bolalar ko`zini toliqtirmasligi kerak, o`ta yorqin qizil yoki 
ko`k ranglar bolani charchatadi. Animaciyali kompoziciyada hamhar xil ovoz va musiqalar ham 
mayin, yoqimli bo`lishi kerak. Shuningdek, kompyuter orqali namoyish etiladigan qo`shimcha 


166 
materiallar darslikdan emas, boshqa qo`shimcha manbalardan olinsa yaxshi natija beradi. Қuyida 
komp`yuter texnologiyasi asosidagi darslarni tashkil etish bo`yicha o`z tajribamdan misol tari qasida 
keltiraman. 
4-sinf o`zbek tili darsida “Қushlar va hashoratlar” mavzusini o`rganishda “Қushlarga 
sevgim” she`ridan boshqa barcha darslik materiallari, ya`ni mavzu bo`yicha barcha so`zlarni 
o`quvchilar biladigan, tanish so`zlardir. Ushbu darsda mavzu doirasida o`quvchilarning so`z boyligini 
oshirish, tabiat ularning tabiat olami haqidagi tasavvurlarini kengaytirish oid materiallar etarli 
darajada berilgan. O`quvchilar mazkur mavzu doirasida barcha mashqlarni bajarish jarayonida 
lingvistik talablar asosidagi topshiriqlarni bajarib, berilgan matnlardagi so`zlarning izohini o`qituvchi 
tushuntirishga hech qanday ehtiyoj yo`q. O`qituvchi dars materiali bo`yicha 1-darsda barcha 
topshiriqlarni bajartirish jarayonida 1-topshiriq yuzasidan berilgan kapalak, ipak qurti, chumoli, 
pashsha, chivin, suvarakning animaciyali rasmlarini slaydlar orqali namoyish etiladi. Bu animacion 
(jonlantirilgan) rasmlar o`quvchilarning tasavvurida xuddi ko`zi bilan ko`rgandek tuyuladi. Shundan 
so`ng ularning foydali va zararli tomonlari haqida suhbat o`tkaziladi. Ular bilan 2-mashqda berilgan 
savollar ustida ishlash jarayonida animacion rasmli slaydlarda musicha, chumchuq, laylak, 
qaldirg`och, turna kabi qushlarning ini qurilgan joylar tasviri namoyish etiladi. Tajribamdan ma`lum 
bo`ldiki, mana shu jarayonda bolalarning ba`zilari shaharda yashaganligi uchun qaysi qush qaerga in 
qurishini bilmaskan. Masalan, turnaning daraxtlarning eng tepasiga, chumchuqning hovlidagi binolar 
devori bilan tomi oralig`iga, musicha va qaldirg`och odam- lar yashaydigan uy, darvozaxonalar 
peshtoqiga in qurganligini ko`rib o`quvchilarda qiziqish judayam ortdi. Natijada darslikda berilgan 
“Bilib oling” ruknidagi “-ga” qo`shimchasining qanday so`zlarda ishlatilishini osongina o`zlashtirib 
oldi.
Bolalarning o`lkamiz tabiatiga bo`lgan mehr-muhabbatini oshirishda 2-darsda 3-topshiriq 
yuzasidan animaciyali rasmlar kompoziciyasidan foydalanganimda, 4-topshiriqni o`quvchilar yaxshi 
bajarganligini tajribamda ko`rdim. Ular animaciion rasmlardagi ko`rgan tasavvuri asosida 
qiynalmasdan gaplarni bemalol tuza oldi. 
3-mashqning 5-topshirig`i ustida ishlashda ovozli animacion rasmlar ayniqsa o`quvchilarda 
estetik zavq uyg`otishda muhim o`rin tutadi. Bulbul, to`ti va bedananing sayroqi ovozi bola qalbida 
go`zal tuyg`ular hissini shakllantirish barobarida u bu noyob qushlarni asrash kerakligini anglaydi. 
Chunki o`qituvchi animacion rasmlarni namoyish qilish jarayonida bedana, bulbul, to`ti “Қizil 
kitob”ga kiritilganligini, bu qushlarning kamayib borayotganligini ham tushuntiradi. Shu darsda 
O`zbekistonda yashovchi qushlarni tavsiflovchi animaciya va slaydlar ko`rsatilsa, bular orqali 
o`quvchilar respublikamiz tabiat olami haqida enciklopedik (qomusiy) ma`lumotlarga ham ega 
bo`ladi. 
Demak, mazkur mavzuni o`rgatishda o`quvchilar ko`p so`z izohi bilan tanishadi, 
respublikamizda qushlar va hashoratlar materiallari bilan tanishadilar. Mening 4-sinf o`zbek tili darsi 
uchun tayyorlagan komp`yuter orqali ekranlashtirilgan, tablicalar hamda slaydlar hajmini juda katta 
miqdorni tashkil etadi. Bu materiallarni komp`yuter xotirasida saqlab boraman. Bulardan esa tuman 
va shahar maktablarida o`tkazilan o`quv-seminarlarida ma`ruza uchun bir necha bor material sifatida 
foydalanganman. 
Ta`lim boshqa tilida olib boriladigan maktablarda o`quvchilarga o`zbek tilini o`rgatish ularni 
bu tilga nisbatan qiziqish va moyilliklarini yanada orttirish, bu tilda o`z ona tillaridek erkin so`zlasha 
olish imkoniyatlarini vujudga keltirish har bir o`zbek tili o`qituvchisidan ijodiy faollik talab etadi. 
O`quvchilarni nafaqat kundalik muomalada ishlata oladigan so`zlar, balki iqtisodiy-siyosiy,ijtimoiy, 
huquqiy sohalarga oid bo`lgan mavzularda ham o`z fikr-mulohazalarini o`zbek tilida erkin tarzda 
bayon eta olishlarida ommaviy axborot vositalarining roli kattadir. Bunda darsni boshlashda 
mamlakatimizning hayotida yuz berayotgan muhim voqea, tafsilotlar haqida “Axborot”, 
“Tahlilnoma” ko`rsatuvlarini o`qituvchi diskka yozib kelib, uni kompyuter orqali ekranda namoyish 
etishi lozim. Keyingi darslarda bolalardan televizor orqali “Davr” va “Axborot” ko`rsatuvida qanday 
yangiliklar berilganini so`rash kerak. O`quvchilardan fikr so`ralganda, bu ko`rsatuv tafsilotlarini 
aytib bergan o`quvchilarni alohida rag`batlantirish zarur. Shunda ularda bu ko`rsatuvlarni ko`rishga 


167 
qiziqish uyg`onadi hamda har doim buni ko`rgan va tinglagan o`quvchining so`z boyligi oshib 
boraveradi.
Darsning ushbu qismini “Intervyu” deb atash mumkin, ya`ni bolalar ham “Davr” va 
“Axborot” ko`rsatuvi asosida o`z fikr-mulohazalarini tushunarli qilib, xuddi suxandonlardek bayon 
etadilar. Bunda o``quvchilarning kerakli atama va so`zlar bilan tanishtirish maqsadida so`zlar lug`ati 
beriladi. Bu lug`at so`zlar “rasmiy tashrif”, “Oliy Majlis ”, “nomzod” “kelishuv va bitimlar”, 
“iqtisodiy salohiyat “, “chet mamlakatlarning investorlari”, “iste`molchi” kabilarni xattaxtaga aks 
etgan ko`rgazma-plakatni osib qo`yish maqsadga muvofiqdir. Dars so`nggida 2 daqiqalik “erkin 
fikrlar” onlarini joriy qilishda o`quvchilar televizor yoki gazeta-jurnallarda uchragan va tushunishlari 
qiyin bo`lgan so`zlar haqida fikr so`rashlari bu tilni yanada puxtaroq egallashga zamin yaratadi. 
Noyob va serjilo so`zlarga boy tilimizning imkoniyatlaridan to`la foydalanish va uning sehrli 
olami bilan boshqa xalq millat vakillarini oshno etish orqali Vatanimizning nurli kelajagi 
istiqbollari,,iqtisodiy o`zgarishlari,madaniy-ma`rifiy sohada qo`lga kiritayotgan yutuqlaridan 
boxabar qilib borish ularning keng tafakkurli,mamlakat mustaqilligini mustahkamlaydigan fidoyi 
insonlar bulib etishishi uchun asos buladi 
Demak, boshlang`ich sinflarda o`zbek tili fani bo`yicha o`tiladigan dars mashg`ulotlarini 
zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot-kommunikaciya 
texnolgiyalari 
asosida 
uyushtirish, 
o`quvchilarning darsda ortiqcha zo`riqishlardan saqlaydi, ularning imloviy savodxonligi oshadi, 
darsdagi mustaqil faoliyati rivojlanib boradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling