Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


89 
II ШЎЪБА 
ИЖТИМОИЙ-ГУМАНИТАР ФАНЛАР ВА ТИЛ АДАБИЁТ ТАЪЛИМИДА 
ЗАМОНАВИЙ ПЕДАГОГИК ВА АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ 
ТЕХНОЛОГИЯЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШ 
МАСАЛАЛАРИ 
 
INNOVATSION PEDAGOGIK FAOLIYAT TUZILMASI TAHLILIDA AKMEOLOGIK 
YONDASHUV 
Ibragimov X. – N avoiy davlat pedagogika instituti rektori, p.f.d., professor
Ibragimov F. – Toshkent davlat moliya instituti katta o`qituvchisi 
Asrimizning eng umumiy tavsifnomasini ikkita so`z bilan ifodalash mumkin-bu 
texnologiyalar va innovatsiyalar davri. Bu butun jamiyat hayotidagi o`zgarishlar bo`lb, yaqin ikki 
asrga insoniyat taqdiri rivojlanishini belgilab beradi. Aynan shunday tub o`zgarishlar davrida 
insoniyat uchinchi mingyillik bo`sag`asiga qadam qo`ydi. Jamiyat kundalik hayoti va dinamikasining 
barcha odatiy jihatlari o`zgarmoqda. Dunyo tanib bo`lmas darajada o`zgarib, butun avloddan
boshqacha fikrlash tarzini talab qilmoqda. Jamiyatning barcha sohalariga innovatsion yondashuvda 
uzoq muddatli strategiyani tanlash va amalga oshirish jamiyatni yanada rivojlantirishda muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. 
Bugungi kunda ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishish uchun pedagogik faoliyatga innovatsion 
yondashuvni davrning o`zi taqozo etmoqda. Innovatsion faoliyat - jamoani harakatga keltiruvchi, 
olg`a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuchdir. 
Ilmiy adabiyotlarda innovatsion pedagogik tushunchalarga quyidagicha ta’riflar berilgan:
“Innovatsiya”-(ingliz tilidan olingan “Innovation” yangilik kiritish)- tizim ichki tuzilishni o`zgartirish 
amaliyot va nazariyaning asosiy qismi. Innovatsion jarayonning mazmuniy tamonini o`z ichiga oladi 
(ilmiy g`oyalar va ularning texnologiyalarni amaliyotga kiritish). “Innovatika”-yangilikni yaratish 
qonuniyatlarini o`zlashtirish va targ`ibotini o`rganadigan fan. “Innovatsion jarayon”-yanglikni 
kiritilishi va shart-sharoitlari, tizimini yangi sharoitlarga ko`rsatkichlarga muvaffaqiyatli o`tishini 
ta’minlovchi o`zgarishlardir.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni bir qator pedagog olimlar quyidagicha tavsiflaydi. 
Jumladan, R.H. Djo`rayevning fikricha, innovatsiya - maqsadga yo`naltirilgan o`zgartirishlar bo`lib, 
ma’lum bir ijtimoiy borliqqa -muassasa, uyushma, jamoa va guruhlarga yangi, nisbatan barqaror 
bo`lgan elementlarni, umumiy holda xalqning ma’naviy-madaniy munosabatlari va mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bilan uzviy bog`liq bo`lgan yangiliklarni kiritishdir. Innovatsiyalarning 
asoslanganlik darajasini S.T.Turg`unov, B.X. Daniyarov, D.M. Otajonovalar quyidagicha 
izohlaydi:“Innovatsiyalarning asoslanganlik darajasi o`qituvchilarda yangi sifatli o`zgarishlarning 
miqdori bilan ifodalanadi. O`qituvchilar tomonidan qo`llanilayotgan ta’lim usullaridan innovatsiya 
qanchalik ko`p farq qilsa, uning o`zgartirish salohiyati va asoslanganlik darajasi shuncha yuqori 
bo`ladi” 
Innovatsion faoliyatning tuzilishini o`rganib chiqqan olimlardan biri V.A.Slastenin uni 
quyidagicha tuzilishga ega deb ko`rsatib o`tadi: “Innovatsion faoliyatning tuzilishi - ijodiy yondashuv, 
ijodiy faollik, yangilikni kiritishga texnologik va metodologik tayyorgarlikdir”. 
«Innovatsion faoliyat - bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi 
yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to`qnashuvi natijasida 
vujudga kelgan majmuali muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyatdir», deb ta’kidlagan edi V. I. 
Slobadchikov. 
Yangilik kiritishning tizimli konsepsiyasi mualliflari A.I.Prigojin, B.V. Sazanov, V.S.Tolstoy 
innovatsion jarayonlarning ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga innovatsiya oddiy 
ishlab chiqarish sifatida kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o`zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. 
Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko`lamda ishlab chiqish taalluqlidir. 
Innovatsiya har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy yangiliklardir. Jumladan: 


90 
 fan-texnika sohasida bu ilmiy-texnik innovatsiyalar -kompyuter, lazer, mikroto`lqinli 
yarim o`tkazgich texnologiyalari, Nanotexnologiyalar, elektron pochta, uyali aloqa va internet 
global tarmoqlari; 
 energetika sohasida-atom energiyasi, sintetik yoqilg`i, oziq-ovqat mahsulotlarini olish 
texnologiyalari; 
 tibbiyot sohasida-gen muhandisligi; 
 pedagogika sohasida-akmeologiya, aksiologiya, andragogika, kreativlik, refleksiya… 
Ta’lim muassasasida innovatsion faoliyatning sub’ekti o`qituvchi, uning shaxsiy imkoniyati 
hisoblanadi. Bunda o`qituvchi shaxsining ijtimoiy-madaniy, intellektual va axloqiy imkoniyatlari 
yuksak ahamiyatga molik bo`ladi. 
O`quv jarayonini insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, liberilizatsiya etishni innovatsion holat 
deb qaraladi. Xususan, o`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini insonparvarlik tamoyiliga asoslanib 
tashkil etsa yuqori samaradorlikka erishadi va kutilgan natijani qo`lga kiritish imkoniga ega bo`ladi.
Darsni insonparvarlashtirish o`z ichiga quyidagilarni oladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling