- ijodiy muhit;
- o`zini – o`zi rivojlantirishga muhit yaratish;
- psixologik sog`lom muhit yaratish;
- o`zaro hurmat;
- do`stona munosabatda ish yuritish;
- qalbga yo`l topa olish;
- talaba extiyoji, qiziqishi, shaxsiy fazilati, iqtidorini ishga solish;
- o`zaro hamkorlik;
- qobiliyatlarni ro`yobga chiqarish.
Innovatsion faoliyatga aksiologik yondashuv insonning o`zini yangilik yaratish jarayoniga
baxshida qilishi, uning tomonidan yaratilgan pedagogik qadriyatlar jamini anglatadi. Aksiologiya
insonga oliy qadriyat va ijtimoiy taraqqiyotning birdan-bir maqsadi sifatida qaraydi.
O`qituvchining innovatsion faoliyatiga yaratuvchilik jarayoni va ijodiy faoliyat natijasi sifatida
qaraladi.
O`qituvchining innovatsion faoliyatini tuzishda V.A.Slastenin unga akmeologik jihatdan
yondashadi. Innovatsion pedagogik faoliyat tuzilmasi tahlilida akmeologik yondashuv o`qituvchining
kasbiy mahorati cho`qqilariga erishuvida uning shaxsi rivojlanish qonuniyatlarini ochish imkonini
beradi.
B.G. Ananev, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini
oshirish bilan yo`g`rilgan inson hayotining eng ijodiy davrlari, yetuklik bosqichlari to`g`risida fikr
yuritadilar. Ular yetuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi
psixik qonuniyatlari, professionalizmga yetishdagi balandliklardan o`ta olish masalalari bilan
shug`ullanganlar.
V.A.Slastenin akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr
ko`rishiga olib keladigan sub’ektiv va ob’ektiv omillarini asoslab berdi. Ob’ektiv omillarga olingan
ta’limning sifatini, sub’ektiv omillari esa insonning iste’dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish
vazifalarini samarali hal qila olishidagi mas’uliyati, mutaxassislarga yondashuvini kiritadi.
Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |