Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

 
 
 
 
 
 
 
Qanday? 
Qanday? Qanday? Qanday? 
O`qituvchi navbatdagi topshiriqni bajarish uchun, o`quvchilarni o`zi xohlagan usulda 
guruhlarga bo`ladi. Har bir guruhga oldindan tayyorlab qo`yilgan tarqatma savollar va alohida alohida 
plakatga chizilgan jadvalni tarqatadi. Topshiriq Qo`shningni top deb nomlangan texnologiya bo`lib, 
savollarga qo`shni javoblarni topishi kerak bo`ladi va o`z javoblarini yozma tarzda yozishlari 
lozimligi tushuntiriladi. Vaqt bo`lgach birma bir o`z javoblarini tahlil qilib, jadvalni to`ldiradilar. 
 
 
JADVALDAN NAMUNA: 
№ 
Savollar 
№ 
Javoblar 

1Narsa – hodisalarga xos eng muhim xususiyatlarning 
mujassam ifodasiga - 
 

Tamoyil 
 
Zararli 
g`oyalar 


102 

2 Ko`pchilikning maqsadini aks ettiradi- 
 

G`oya 

3Muayyan voqea-hodisa yoki jarayonning insondagi doimiy 
orzu-intilish va ehtiyoji...- 
 

Manfaat 

4 Muayyan ijtimoiy guruh, millat, xalqning maqsad va 
muddaolarini ifoda etadigan, ularni uyushtirib, safarbar qilib
dunyoqarash va e`tiqod asoslarini shakllantiradigan g`oyalar 
tizimi... 

Mafkura 
 
Har bir guruhdan bir o`quvchi chiqib, o`z guruhining ishini doskaga ilib qo`ygan holda, o`qib 
beradi. 
O`qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash uchun o`quvchilarni quyidagi texnologiya bilan 
o`z diqqad e`tiboriga tortadi: 
Bizning o`zbek xalqimiz azal- azaldan oilalarda, xonadonlarda to`kin sochinlik, omad, baxt 
keltirish, yomon kozlardan asralish uchun eshiklarga isiriq, qalampir yoki otning taqasini osib 
qo`yganlar. Bugungi kunda ham bu holatga ko`pchiligimiz amal qilamiz. 
Biz yuqorida ot taqasini ayganimizning sababi, yomon ko`zlardan, yovuz kuchlardan xudo 
asrasin va omadli, yorug` kunlar sizga doim hamroh bo`lsin deya darsga biroz yangilik kiritish 
maqsadida “Oltin taqa” texnologiyasini qo`llaymiz. Texnologiyamizda oltita bekat bo`lib, 
ishtirokchilarning har biri oltita raqamdan bittasini tanlashi lozim. Har bir bekatda o`quvchilar 
bajarishi kerak bo`lgan vazifalar bor. Ularni bajara olgan o`quvchi oltin taqaga ega bo`ladi, vazifani 
bajara olmagan o`quvchilar oltin taqani qo`lga kirita olmaydi.U o`z joyida qoladi. Texnologiya 
o`qituvchi tomonidan tushuntirilib bo`lgach, o`quvchilar birin ketin topshiriqni bajaradilar. 
NAMUNA: 
O`quvchilar guruhdagi ishlariga, muhokama va taqdimotga qatnashishlariga qarabrag`bat 
kartochkalari bilan taqdirlandi va baholar bilan baholanadi. Guruhlarning ko`p rag`bat kartochka 
olganligiga qarab baho qo`yiladi. 
O`qituvchi o`quvchilar ishini kuzatib, kerakli maslahatlarni berib boradi va texnologiyalarda 
kuzatilgan xatolarni to`g`irlab boradi. O`qituvchi tomonidan o`quvchilarga uyga vazifa sifatida
“Domino” nomli texnologiya beriladi. Bunda chalkash so`zlar yozilgan bo`lib, o`quvchilar bu 
so`zlarni biriktirib, ulardan fanga oid bo`lgan atamalarni hosil qilib, 10 ta so`z yozib kelish 
topshiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling