Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги бухоро вилоят ҳокимлиги халқ таълими бошқармаси бухоро вилоят халқ таълими ходимларини қайта


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet86/159
Sana30.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817026
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159
Bog'liq
talim-tarbiya zharayoniga zamonavij pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarni zhorij etish muammo va echimlar 1-qism

O`RGANISHNING DOLZARB MASALALARI 
Ismatullayeva G. – FVXTXQTMOI, Sobirova D., Xamraqulova D. – Farg`ona Pedagogika kolleji. 
Hozirgi zamonaviy mutaxassislar uchun xorijiy tilni bilish uchun ahamiyatli bo`lib qoldi. 
Sababi – hozirgi kunda fan-texnikaning rivojlanishi, sanoat korxonalariga chet el texnikasi, texnika 
vositalari hamda investitsiyalarning kirib kelishi, qo`shma korxonalarning ochilishi o`z-o`zidan 
yoshlarni horijiy tillarni bilishi talab qilinadi. 
Chet tilini o`rganishda eng muhim omil bo`lgan kommunikativ. Kommunikativ omil ikki ta 
asosiy komponentdan iborat. Ular quyidagicha: 
- Aloqa o`rnatish; 
- So`zlashish; 
Bundan tashqari, tildan foydalanish ijtimoiy va madaniy qadriyatlar bilan bog`liqligi uchun tilni 
ham ijtimoiy, ham madaniy hodisa sifatida baholash lozim. Mjustaqil O`zbekistonimiz ravnaqi 
yo`lida barkamol avlod, yetuk kadrlar, fan asoslarini puxta egallagan yoshlarning o`rni juda 
muhimdir. Shuning uchun hozirgi zamon talablariga muvofiq horijiy tillarni o`rganishda zamonaviy 
ahborot vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga egadir. Shu yo`sinda davlatimizda qator 
farmon, qarorlar, instruksion hujattlar ishlab chiqarildi. Aynan o`qituvchi – pedagoglardan chet tilini 
bilish, AKT dan keng foydalanishni talab qilinmoqda. Zero, har bir dars – mashg`ulot yuqori saviyali 
hamda inovatsion ped texnologiyalar asosida olib borilishi shartdir. Demak, o`qituvchi – pedagog o`z 
pedagogic faoliyati jarayonida AKT dan foydalanish va chet tilini o`rganish kabi zamonaviy 
talablarni targ`ib etishi lozim. Chet tilini o`rganishning targ`ibot qilish quyidagi ishlar ko`rinishida 
bo`ladi: 
- Terminnning etimologiyasini tushuntirish; 
- Termin – so`zlarni lug`aviy ma’nosini o`quvchilar tomonidan o`rganib kelishini vazifa qilib 
belgilash; 
- So`zning tarixiy kelib chiqishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni o`quvchilarga yetkazish; 
- O`quvchilarga qiziqarli ma’lumotlarni yeg`ib kelishni vazifa qilib berish; 
- Dars – mashg`ulotda chet tilidan bevosita foydalanish; 
- Lug`at kitobidan foydalanish; 
- Internettan foydalanishni jalb qilish; 
- Kompyuter dasturidan faol foydalanish. 
Shuningdek, o`quvchilarni fanga qiziqtirish, uni kelajakda yetuk mutaxassis tayyorlash uchun 
o`qituvchi pedagog o`z ustida ko`plab ish olib borishi zarur. Masalan, ingliz tilini o`rganishda 
o`qituvchi o`zi to`rt ta muhim usullarni o`zlashtirishi shart. Ular quyidagicha: 


104 
1. Tinglash; 
2. O`qish; 
3. So`zlashish; 
4. Yozish. 
So`zlashish asosiy tajribagina bo`lib qolmay, u horijiy tilni o`rganuvchilardan mahorat talab 
qiladi. Albatta, pedagogic faoliyat cheksizdir. Bundan tashqari pedagog – o`qituvchining murakkab, 
ham sermehnatdir. Pedagogika fani globallashuv jarayoni chuqurlashgan va kengaygani bilan ham 
o`zgarib boradi. Shuning uchun axborot – kommunikatsion texnologiyasidan foydalanish ham – 
zamon talabi bo`lib qoldi. 
O`qituvchining kasbiy pedagogic mahoratini shakllantirishning muhim qismi uning uslubiy va 
ilmiy ishidir. Pedagogning ilmiy – uslubiy ishi quyidagi tadrijiy ish shakllaridan iborat: 
- To`plagan tajribalarini sistemali tahlil qilish; 
- Tizimlashtirish
- Umumlashtirishdir. 
Uslubiy ish – pedagog – mutaxassisning asosiy majburiyatlaridan biri hisoblanib maxsus 
fanlardan o`qitish metodikasi ishlab chiqish, zamonaviy loyihani yaratish, effektiv component va 
atrebutlardan foydalanish va takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`ladi. 
Shuningdek, o`qituvchi – pedagogning uslubiy ishlar keng miqyosidagi muammolarni qamrab 
oladi: 
- Mustaqil ta’limni joriy etishda dastur bo`yicha topshiriqlar majmuini yaratish
- O`quvchilarning fikrlash faolligini va mustaqilligini rivojlantirishni ta’minlovchi, ta’limning 
shakl va usullarini takomillashtirish; 
- O`quv dasturlariga o`zgartirishlar kiritish; 
- Ta’limni individuallashtirish (individual topshiriqlar va ishlar) 
- Dedaktiv materiallarni ishlab chiqish va tadbiq qilish; 
- O`z uslubiy monitoringini yaratish va tahlil ishlarini olib borish; 
- Porfolioni yaratish va uning bazasidan foydalanish; 
- Zarur ko`nikmalarni egallash uchun topshiriqlar majmuini ishlab chiqish, o`qitish mazmunida 
uning o`rnini aniqlash. 
Bunday kompleksli yondashishda axborot – komunikatsion texnologiyalardan foydalanish 
avzalliklari quyidagichadir: 
- Taqdimot dasturini yaratish va foydalanish
- Modulli o`qitish; 
- Inter faol o`qitish; 
- Nofaol o`qitish; 
- Videoroliklardan foydalanish; 
- Kompyuter dasturidan foydalanish; 
- Internet materiallaridan foydalanish va h.k. 
Bunday texnologiyalardan foydalanish uchun chet tilini bilish darkordir chet tilini 
o`rganishda esa axborot - kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish avzaldir. Ikkala 
tizimdan foydalanish esa quyidagi muvaffaqiyatli natijalarga erishish mumkin: 
- Fanga qiziqtirish; 
- Fan yutuqlariga yo`naltirish; 
- Ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish
- Kelajak mutaxassislikka kirishishda ijtimoiylashuv jarayoni osonlik bilan oshiriladi; 
- AKT ga qiziqish; 
- O`z o`qituvchilik faoliyatida AKT dan foydalanish; 
- Chet tiliga muhabbatni shakllantirish; 
- Chuqurroq o`rganishning motivatsiyasi paydo bo`lishi; 
- Har bir uy vazifasini bajarishda inovatsion yondashish; 
- Chet tillar lug`atlaridan tez-tez foydalanishi; 
- Bo`lajak kasbni egallashda AKT va chet tilidan foydalanishi va h.k. 


105 
Chet tillarni o`rganishda masofaviy ta’lim usullaridan matbuot, internet ma’lumotlaridan 
foydalanish o`quvchilarni chet tillarini o`rganibgina qolmay, ularning intellectual darajasini 
oshirishga harakat qiladi. Horijiy davlatlarda nashr etilgan adabiyotlardan, jurnal va gazetalardan 
foydalanilsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. O`z mutaxassislik fanini o`rganish mobaynida chet el 
adabiyotlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Adabiyotlar asosi internetdan olinsa, bevosita o`z 
mutaxassislik fanlari bo`yicha horijiy manbalardan, darslik va o`quv – uslubiy qo`llanmalardan 
foydalanilsa ko`zlagan natijaga erishiladi. Chet tilini o`ranishda kompyuterdan foydalanish ham 
o`qituvchi, ham o`quvchilar uchun qulaylik yaratadi. Dars jarayonida kompyuterda 
dasturlashtirilgan mavzular yordamida o`z bilimlarini oshiribgina qolmay, kompyuterda ishlash 
malakasini ham o`zlashtiradilar. Internet orqali fan yutuqlarini kuzatish va unga o`quvchilarni jalb 
qilish – pedagogic va o`quv maqsadga yo`naltirilgan ish albatta, chet tilini bilishi bilan o`z ijobiy 
samarasini beradi. Shuningdek. O`qituvchi o`z faoliyatida chet tilini o`rganish bugungi kunda 
dolzarb masalalaridan biridir. Chet tilini o`rganishda AKT dan foydalanish esa nafaqat shaxsiy va 
kasbiy bilim, ko`nikma va malakasini, balki o`quvchi yoshlarda ham dunyoqarashini shakllantiradi. 
Globallashuv zamonida o`qituvchi – pedagogning chet tilini o`rganishi, AKT dan va internet 
materiallaridan foydalanish o`quvchilarni quyidagi ijobiy natijalarga olib keladi: 
- O`quvchining telefonomaniyasidan uzoqlashuvi va chiqib ketishi; 
- Internettan madaniyatli foydalanishi; 
- O`z bilimlarini tizimli yo`lga qo`yishi; 
- Mavkuraviy immunitetini ongli ravishda kuchaytirish; 
- Chet tiloini o`rganish jarayonini to`xtatmasligi; 
- AKT dan unumli foydalanishi; 
- Dars - mavzuni dasturlashda o`qituvchiga yordam berishda intilishi; 
- Fan va mavzu bo`yicha mustaqil ishlarga qiziqishi; 
- Kompyuter texnologiyasini bilishda u bosqichdan bu bosqichga dadil qadam qo`yishi qiziqishi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling