Ўзбекистон республикаси халқ таълими вазирлиги


Tadqiqot mavzusining maqsad va vazifalari


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/67
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#197979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
oquvchilarda tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari

Tadqiqot mavzusining maqsad va vazifalari: Jahon tarixi fani insoniyat 

taraqqiyoti  haqida  to’la  va  batafsil  tasavvur,  bilim  hamda  tushunchalar  berib, 

yoshlarning  har  tomonlama  barkamol  shaxs  bo’lib  yetishishida  muhim  o’rin 

tutadi. Zotan, komil inson tarbiyasi davlatimiz siyosatining asosiy sohasidir. 

 

Jahon  xalqlarining  tarixiy  tajribalaridan  foydalanish,  ya’ni  tarixda  bo’lib 



o’tgan  voqealardan,  hodisalardan,  turli  shaxslar  hayotidan,  iqtisodiy 

taraqqiyotidan,  yangi  farovon  jamiyat  qurish  yo’lida  insonlarni  fozil,  komil 

kishilar  qilib  tarbiyalashda  foydalanish  va  hozirgi  davrga  xizmat  qildirish  eng 

dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi. 

Tarix  fani  bugungi  kunda  har  qachongidan  ham  e’tiborga  molikdir. 

Mamlakatimiz  taqdirida  nihoyatda  muhim  bo’lgan  ushbu  davrda,  har  bir  sof 

vijdonli,  vatanparvar  shaxs,  unda  faol  ishtirok  etishi,  mavjud  muammolarning 

kalitini,  yechimini  axtarishi  lozim.  Bu  kalit  –  jahon    xalqlarining  ko’p  asrlik 

tarixidir.  Tarix  sahnasida  inson  o’zining  fazilatlari  va  nuqsonlari  bilan  hamisha 

asosiy  omil  bo’lib  kelgan.  Shu  sababdan  o’tmishni  jonli,  doimiy  rivojlanishda 

bo’lgan mujassam birlik – ya’ni insoniyat tarixini bilmay turib biz bugungi kunni 

tushunishimiz, bo’layotgan jarayonlarni anglab yetishimiz qiyin bo’ladi. 

 

Jahon  xalqlarining  o’tmish  tarixini  o’rganganimizda,  bizga  uzoq  vaqt 



singdirib kelingan g’oya, tarixni sinfiy kurashlar nuqtai nazaridan baholash yoki 

noo’rin bo’rttirib  ko’rsatishlardan  saqlanmog’imiz  zarur.  Sababi  qadimgi dunyo 

va  o’rta  asrlar  davrida  siyosiy  vaziyat,  mafkura  doirasi  o’zgacha  bo’lganligi 

hammamizga  ma’lum.  Qolaversa,  davr  mahsuli:  tarixiy  shaxslar,  oddiy 

fuqarolardan  tortib  qirollargacha  hamma  –  hammalarining  o’z  g’oyalari, 

tushunchalari,  maqsad  va  intilishlari  bo’lganligi  tabiiy.  O’tmishdagi  har  bir 




 

 



jamiyat  o’zidan  avvalgisiga  nisbatan  ilg’orroq  bo’lib,  unda  yashagan  barcha 

insonlar  hamisha  yaxshilikka,  ezgu  niyatlar  sari  intilganlar.  Tarixiy  taraqqiyot 

insoniyatning  asrlar  osha  to’plangan  bilimlarini,  ongi,  maqsadlari,  talablari 

ko’payib borishi bilan uzviy bog’liqdir. Biz o’rta asrlar tarixini chuqur o’rganish 

borasida o’zimiz uchun ushbu qonuniyatlarni kashf etamiz. Ma’lumki, o’tmishni 

o’rganmay turib kelajakni  yaratib bo’lmaydi. Zero, bugunning qadru  – qimmati, 

mohiyati  va  salmog’i  kechagi  kun  tarozisi  orqaligina  to’liq  idrok  etiladi. 

Darhaqiqat, 

tarixdan 

kelajakka 

xizmat 


qiladigan 

amaliy 


xulosalar 

chiqarilmaguncha hech bir jamiyat ilgarilab rivojlanmaydi. 




Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling