Ўзбекистон республикаси халқ


Loyihalovchilik-bashorat qilish –


Download 0.82 Mb.
bet4/48
Sana22.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1109986
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

Loyihalovchilik-bashorat qilish – o‘quvchilar bilan ishlash pedagogik faoliyatida aniq pedagogik ta’sir o‘tkazishi natijasini oldindan bilgan holda masala maqsadini shakllantirish va qo‘yishni, ish rejasini tuzatish va rejalashtirishni bilishi;
Tashkilotchilik – o‘zining shaxsiy o‘qituvchilik va o‘quvchilar faoliyatida har xil tashkilotchilik ishlarini olib borishni bilish;
Metodik – o‘quvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlash, ularning bilish qobiliyatini faollashtirish, o‘quvchilarga individual yondashish, ularning ijodiy ishlash qobiliyatini oshirish usullarini egallash;
Tashxislovchilik – o‘zining o‘qituvchining va o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilishni, o‘quvchi va o‘qituvchi shaxsini bilishni o‘rganish, pedagogik jarayon shartlari va yoritisni, o‘quvchilar faoliyatidagi hujjatlarni yuritishni;
Kommunikativlik – o‘z fikrini aniq va ishonchli ifodalash, o‘zining xulqi va yurish-turishini bashqara bilish, kelishuvchilik jarayonlardan chiqib keta olish, o‘zaro muloqot qilish va boshqarishni tashkil qilishlarni;
Tadqiqotchilik – kasbiy faoliyatida tadqiqotchilik usullarini va pedagogik reflekslarini egallashni, o‘qituvchilar tajribasini o‘rganishni bilish;
Tahrirlovchilik – o‘quvchilar bilan ishlashda o‘z xato va kamchiliklarini to‘g‘irlab borishni;
Amaliy – o‘quv jarayoni sharoitida kompyuterlarga dasturiy ta’minot va texnik xizmat qilishni, didaktik materiallarni tayyorlashni, devoriy stentlar, xonalar va hujjatlarni bexato estetik va metodik tayyorlash.
YUqorida qayd etilgan umumpedagogik tushunchalarni bilishdan tashqari informatika fani bo‘yicha pedagogik amaliyot o‘tash mobaynida quyidagilarni bilishi lozim:

  • informatika fani bo‘yicha dars o‘tishda dars mazmuni umumta’lim maktabi, akdemik litsey va kasb-hunar kollejlari ta’lim standartlari va dastur talablariga mosligini;

  • informatika darslarining umumiy fan xususiyatlarini xisobga olgan holda optimal tuzilishini tanlash;

  • informatikaning asosiy tushunchalarini o‘rganishni, algoritmik madaniyatni shakllantirish;

  • informatika darslarining amaliy yo‘nalish tadbiqini bilish (o‘quv faoliyatida informatikani qabul qilish, yig‘ish, saqlash va uzatish vositasi sifatida kompyuterdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish);

  • dars vaqtida va mustaqil o‘rganishda o‘quvchilar uchun bilish faoliyatini faollashtirish, tashkillashtirish ko‘nikmasi;

  • o‘quvchilarning kompyuterda ishlashini tashkil etish, individual nazoratini tashkil etish va komponentli yordamni amalga oshirish, o‘quvchilar ishining sinxronligini ta’minlash ko‘nikmasi.


Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling