Ўзбекистон республикаси халқ
Download 0.82 Mb.
|
PedAmaliyot metodichka2 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Talabalarning pedagogik amaliyotini hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash
5. Talabalarning vazifalari
Amaliyotchi-talaba ushbu dasturda va pedagogik amaliyot nizomida ko‘rsatilgan barcha ishlarni bajaradi. O‘quvchilarga tashkilotchilik, intizomlilik, xushmuomilalik va mehnatsevarlik namunalarini ko‘rsatgan holda har bir darsga va sinfdan tashqari o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlarga puxta tayyorgarlik ko‘rib kelishi kerak. Amaliyotchi maktabning ichki tartib qoidalariga va amaliyot rahbarlarining topshiriqlariga amal qilishi va unga bo‘ysunishi zarur. Amaliyotchi unga yuklatilgan vazifalarni yoki topshiriqlarni bajarmasa amaliyotdan chetlashtirilishi mumkin. Amaliyotdan chetlashtirilgan yoki amaliyot mobaynida bajargan ishi qoniqarsiz topilgan talabaga fakultet kengashining ruhsati bilan o‘quv darslaridan ozod qilinmagan holda qaytadan pedagogik amaliyot o‘tish belgilanadi. Amaliyot davrida shu maktabdagi talabalarning biri guruhga sardor qilib tayinlanadi. Uning vazifasi talabalarni maktabga qatnashini (davomatini) hisobga olish, ularga kollektiv konsultatsiyalar va seminarlar haqidagi xabarlarni etkazish, amaliyot rahbarlarining topshiriqlarini bajarishdan iboratdir. 6. Talabalarning pedagogik amaliyotini hujjatlashtirish, hisobga olish va baholash Talabalar amaliyot davrida kundalik daftar tutadilar va bunga ayrim o‘quvchilar yoki sinf jamoasi ustidan o‘tkazgan kuzatishlari, amaliyot rahbarlari va o‘qituvchilarni ko‘rsatmalarini hamda psixologiya va maktab gigienasi bo‘yicha bajaradigan topshiriqlar bo‘yicha zarur bo‘lgan malumotlarni yozib borishadi. Amaliyot mobaynida bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot yozishganida shu kundalik daftardan foydalanadilar. Amaliyotning har bir turi o‘tkazilgandan so‘ng talabalar quyidagi hujjatlarni topshiradilar: a) 1-kursda - bajarilgan ishlarning hisoboti, kundalik mutaxassislik kafedrasi bo‘yicha masulga topshiriladi. b) 3-kursda - bajarilgan ishlarning hisoboti, kundalik, ananaviy, zamonaviy va axborot texnologiyalari asosida tayyorlangan dars ishlanmalari mutaxassislik kafedrasi bo‘yicha masulga topshiriladi. v) 4-kursda - bajarilgan ishilarning hisoboti, faol va passiv o‘quvchilarga psixologik-pedagogik tavsifnoma, sinf jamoasiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, 3-4 darsning rejasi, dars konspekti va unga oid tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar, hamda tarbiyaviy tadbirlarning birortasining konspekti, shu kanspektlar bo‘yicha o‘tilgan darslar va tarbiyaviy tadbirning qayidnomalari, 8-10 ta kuzatilgan darslarning taxlili, o‘tkazilgan sinfdan tashqari tadbirning ssenariysi va qaydnomasi amaliyotning guruh rahbariga topshiriladi. 3. Pedagogik amaliyotning natijasi maktab direktori o‘tkazadigan yig‘ilishda va fakultetning ilmiy- amaliy anjumanida yakunlanadi. Amaliyotning barcha turlari natijalariga ko‘ra va zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilgandan keyin talabaga ball va baho qo‘yiladi; pedagogik amaliyotning baholanishiga pedagogika, psixologiya, uslubiy va maktab gigienasi bo‘yicha bajariladigan barcha topshiriqlar kiritiladi. Agar talaba tomonidan birorta yoki bir nechta topshiriq bajarilmagan bo‘lsa baho qo‘yilmaydi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling