Ўзбекистон республикаси халқ
Talaba-amaliyotchining shaxsiy ish rejasi
Download 0.82 Mb.
|
PedAmaliyot metodichka2 (2)
12. Talaba-amaliyotchining shaxsiy ish rejasi
1-hafta - Fakultet va maktabdagi pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan konferensiyada ishtirok etish; - Maktabda matematika va informatika o‘qitishning moddiy texnika bazasini qarab chiqish; - Maktab kutubxonasi bilan tanishish; - Biriktirilgan maktab jamoasi bilan yaqindan tanishish. Biriktirilgan sinf o‘quvchilari, sinf rahbari, fan o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borish rejasini tuzish; - Tarbiyaviy va taqvim ish rejalarini tuzish; - Hafta mobaynida 12 soat dars kuzatish va taxlil qilish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 2-hafta - Maktab mamuriyati va jamoat tashkilotlari ishlari bilan tanishish; - Matematika fani metodbirlashmasi ishlari bilan tanishish; - Biriktirilgan o‘qituvchidan dars konspektini yozishni o‘rganish; - Tajribali o‘qituvchilar ish faoliyatlari bilan tanishib borish; - 12 soat dars kuzatish va taxlil qilish; - Ko‘rgazmali qurollar tayyorlash; - Sinf rahbari o‘tkazadigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarni va boshqa tadbirlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish; - Har xil tipdagi matematika darslarini o‘tishga tayyorgarlik ko‘rish; - Kafedra tomonidan biriktirilgan metodist yordamida bajariladigan ishlarni rejalashtirish, bajarilgan ishlarni muhokama qilish. 3-hafta - Pedagogik kengash ish faoliyati bilan tanishish; - Mutaxassislik fanlaridan talaba amaliyotchilar o‘tadigan darslar va ularning muhokamasida qatnashish; - 2 soat mustaqil dars o‘tish; - Sinfda tarbiyaviy mavzuda suhbat o‘tkazish; - Har xil mutaxassislik fani bo‘yicha o‘qituvchi uyushtiradigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni tahlil qilish; - Ko‘rgazmali qurollar tayyorlash; - Sinf o‘quvchilari bilan tarbiyaviy ishlar olib borish; - Ota-onalar yig‘ilishini o‘tkazish; - Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan alohida ishlash; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 4-hafta - Matematika kabinetining jihozlanishiga yordam berish; - 6 soat dars kuzatish va tahlil qilish; - Sinf rahbari o‘tkazadigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarni va boshqa tadbirlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish; - Matematikadan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish; - 2 soat mustaqil dars o‘tish; - O‘quvchilarning uy sharoiti bilan tanishish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 5-hafta - Biriktirilgan sinfdagi o‘quvchilar bilan ishlash; - Talaba amaliyotchilarning o‘z sinflarida o‘tadigan tarbiyaviy mashg‘ulotlari, yig‘ilishlari, sinf majlislari, ota-onalar yig‘ilishi kabi tadbirlar va ularning muhokamasida qatnashish; - Dars kuzatish va 2 soat mustaqil dars o‘tish; - Informatikadan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar uchun reja-konspektlar tuzish; - Maktab metodbirlashma yig‘ilishida qatnashish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 6-hafta - Tajribali o‘qituvchilarning, talaba-amaliyotchilarning darslarini kuzatish va ularning muhokamasida qatnashish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - O‘quvchilarni o‘rganish maqsadida biriktirilgan sinfdagi boshqa darslarga kirish; - Talaba amaliyotchilarning maktab miqyosida amalga oshiradigan ta’lim –tarbiyaviy tadbirlari va ularning muhokamasida qatnashish; - Maktabdagi Pedagogik kengash yig‘ilishida qatnashish; - Fan to‘garagi ishlarida qatnashish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 7-hafta - Dars kuzatish va tahlil qilish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - Sinfdan tashqari tadbir o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish; - Maktab jamoat ishlarida qatnashish; - Sinf jamoasini va tanlangan 2 o‘quvchini kuzatish; - Sinf rahbari o‘tkazadigan tarbiyaviy mashg‘ulotlarni va boshqa tadbirlarni kuzatish hamda ularning muhokamasida qatnashish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 8-hafta - Mutaxassislik fanlaridan har xil sinflarda o‘qituvchi o‘tadigan ochiq darslarga kirish va ularning muhokamasida qatnashish; - Talaba amaliyotchilarning sinov darslarini kuzatish va tahlil qilish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - Sinfdan tashqari tadbir o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish; - Maktab matematika to‘garagi mashg‘ulotlarida qatnashish; - Pedagogik amaliyot bo‘yicha hujjatlarni tayyorlab borish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish; - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 9-hafta - Dars kuzatish va tahlil qilish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - Kuzatilgan darslarni muhokamasida qatnashish; - O‘quvchilarning uy sharoitlari va ota-onalari bilan tanishish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish. - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 10-hafta - Dars kuzatish va tahlil qilish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - Talaba amaliyotchilarning sinov darslari muhokamasida qatnashish; - Iqtidorli va ulgurmovchi o‘quvchilar bilan ishlash; - Amaliyot davomida bzi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilarini va bitta yaxshi o‘zlashtiruvchi, bitta yomon o‘zlashtiruvchi o‘quvchini kuzatish natijalarini tarlil qilish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish. - Metodist o‘qituvchiga bajarilgan ishlar haqida hisobot berish va metodik ko‘rsatmalar olish. 11-hafta - Dars kuzatish va tahlil qilish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - Kuzatilgan darslarni muhokamasida qatnashish; - Matematika to‘garagi mashg‘ulotlaridan birini o‘tkazish; - O‘zi rahbarlik qilayotgan sinfga va ikki o‘quvchiga tavsifnoma yozish; - Maktabda o‘tkazilgan yig‘ilishlarda qatnashish; - Pedagogik amaliyot davomida tayyorlangan hujjatlarni tartibga solish va metoditsga hisobot berish; - Bitiruv malakaviy ishiga oid tajribalar o‘tkazish. 12-hafta - Dars kuzatish va tahlil qilish; - 2 soat sinov darsini o‘tish; - Kuzatilgan darslarni muhokamasida qatnashish; - Pedagogik amaliyot bo‘yicha hujjatlarni maktab rahbariga tasdiqlatish; - Pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferentsiyada qatnashish; - Bajarilgan ishlar haqida kafedraga hisobot topshirish. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling