Ўзбекистон республикаси халқ


Download 0,82 Mb.
bet42/48
Sana22.01.2023
Hajmi0,82 Mb.
#1109986
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

SJ, K, BST

3

YAngi mavzu ustida ishlash

17 daq.

M, AH

4

YAngi mavzuni mustahkamlash

15 daq.

SJ, K, BST, MY

5

Uyga vazifa

3 daq.




O‘tilganlarni qisqacha takrorlash quyidagicha amalga oshirish mumkin.


SJ, K Avvalgi mavzulardagi materiallar asosida.
BST Bobga doir testlar.


Mavzuni yoritish:
M Mulohazalar, asosan, matematikaning predmeti bo‘lib xizmat qiladi.
Mantiqiy amallar mulohazalar ustida bajarilib, ularning natijalari “ROST” yoki “YOLG‘ON” qiymatlaridan biriga teng bo‘lishi mumkin.
Mulohaza sifatida “ROST” yoki “YOLG‘ON”ligini aytish mumkin bo‘lgan ixtiyoriy gapni qarash mumkin. Masalan, “ikki karra ikki – to‘rt” – mulohaza bo‘ladi, chunki u rost, “Farg‘ona - Germaniyaning poytaxti” ham mulohaza bo‘ladi, chunki u yolg‘on. Ba’zan, “ROST” sifatida 1 va “YOLG‘ON” sifatida 0 yozishga odatlanilgan.
O‘quvchilar “Mantiqiy qo‘shish”, “Mantiqiy ko‘paytirish” va “Mantiqiy inkor” amallari bilan tanishtiriladi.
Matematikada bu amallar uchun maxsus belgilar (nomlar) qabul qilingan.
Jumladan:
“Mantiqiy qo‘shish” - ( diz’yunksiya, “YOKI”, “+”)
“Mantiqiy ko‘paytirish” - ( kon’yunksiya, “VA”, ““)
“Mantiqiy inkor” - ( inkor, “EMAS”, “ ) kabi belgilanadi.
Bu amallar uchun quyidagi mantiq qonunlari o‘rinli:



Qonun

YOKI uchun

VA uchun

O‘rin almashtirish

x y = y x

x y= y x

O‘rinlashtirish

x( y z) = ( x y)  z

x ( y z) = ( x y)  z

Taqsimot

x  ( y z) = ( x y)  ( x z )

x ( y z) = ( x y)  ( x z )

De Morgan qonuni





Idempotensiya

x x = x

x x= x

YUtilish

x ( x y) = x

x  ( x y) = x

Ulanish

( x y)  (  y ) = y

( x y)  (  y ) = y

O‘z aksi bilan amallar

x  = 1

x  = 0

O‘zgarmaslar bilan amallar

x  0 = x, x  1 = 1

x  1 = x, x  0 = 0

Ikkilamchi inkor

= x



AH O‘quvchilar bilan quyidagi kabi misollar interfaol usulda echiladi.
1-misol. Berilgan A, B, D, E o‘zgaruvchilarning qiymati A - rost, B - rost, D - yolg‘on, E- yolg‘on bo‘lganda quyidagi mantiqiy amal natijasi qanday bo‘ladi?

Echish: A-rost, B-rost bo‘lganda AB - rost, rostning inkori esa yolg‘on. Keyingi qavs ichidagi amalning natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar yolg‘on bilan ko‘paytmasi yolg‘on natija beradi. Demak, javob: yolg‘on
2-misol. A – “Alisher 2-sinfda o‘qiydi” va B – “Alisher 8 yoshda” mulohazalar berilgan bo‘lsa, quyidagi mantiqiy ifodani so‘zlar orqali yozing:
A V
Echish: Ifodada A va B mulohazalarning mantiqiy ko‘paytmasi berilgan. Mantiqiy ko‘paytma “va” bog‘lovchisiga mos kelgani uchun berilgan mantiqiy ifoda quyidagicha o‘qiladi:
Alisher 2-sinfda o‘qiydi va u 8 yoshda.
3-misol. Bir kishi “Men yolg‘onchiman va qora sochliman” dedi. U aslida kim?
Echim. Shartdagi mulohazalar uchun belgilashlar kiritamiz:
D= “Men yolg‘onchiman va qora sochliman”;
A= “Men yolg‘onchiman”; B= “Qora sochliman”
Masala shartidagi mulohazani shunday yoza olamiz: D=A VA B. Bu amal uchun rostlik jadvali quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:



A

B

D=A VA B

ROST

ROST

ROST

ROST

YOLG‘ON

YOLG‘ON

YOLG‘ON

ROST

YOLG‘ON

YOLG‘ON

YOLG‘ON

YOLG‘ON

Masala echimini topish uchun quyidagicha mulohaza yuritamiz:


a) agar A=YOLG‘ON bo‘lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi rostgo‘y bo‘ladi va tabiiyki uning hamma gapi rost. Demak, D=ROST bo‘lishi kerak. Lekin jadvaldan ko‘rinadiki, A=YOLG‘ON bo‘lganda D=ROST bo‘lolmaydi.
b) agar A=ROST bo‘lsa, u holda masala shartidagi mulohazani aytgan kishi yolg‘onchi bo‘ladi va tabiiyki uning hamma gapi yolg‘on. Demak, D=YOLG‘ON bo‘lishi kerak. Jadvaldan ko‘rinadiki, bunday imkoniyat A=ROST va B=YOLG‘ON bo‘lsagina bor.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling