Ўзбекистон республикаси халқ


Amaliyotchi talabaning bir soatlik tarbiyaviy soatining dars konspekt namunasi


Download 0.82 Mb.
bet45/48
Sana22.01.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1109986
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Bog'liq
PedAmaliyot metodichka2 (2)

Amaliyotchi talabaning bir soatlik tarbiyaviy soatining dars konspekt namunasi
Mavzu: “Non-bizning boyligimiz”
VII sinf.
Tarbiyaviy soatning maksadi: O‘quvchilar ongida non qadri, unga bo‘lgan xurmat extiromni shakllantirish, ularning non turlari nonning kelib chikishi tarixi, dasturxondagi nonni shu darajaga etkazadigan zaxmatkash dexkonlar va boshka kasb egalarining mexnati bilan tanishtirish.
Darsni jixozlash: karton qogozdan qirqib tayyorlangan turli xil non rasmlari, bobo dexkon mexnatini aks ettiruvchi plakat: bug‘doy, arpa o‘simliklari haqida xikoya qiluvchi albom.
Darsning borishi: “Non-bizning boyligimiz” mavzusida tashkil etilgan tarbiyaviy suhbat, atoqli shoirimiz Uygunning
O‘g‘lim nonni erga tashlama,
Hurmati zo‘r, qadri zo‘r nonning!
Zamirida tog‘dek beqiyos,
Mehnati bor bobo dexqonning.
Misralari bitilgan she’ridan parcha o‘qish bilan boshlanadi. Ushbu misralar mazmuni yuzasidan o‘quvchilarga bir nechta savollar berilib, ularning non haqidagi tushuncha va tasavvurlari tekshirib ko‘riladi.
Bolalar biz nonni har kuni eymiz, uni kattalar xam, yosh go‘daklar ham is’temol qilamiz. Non kishilar uchun doimiy oziq bo‘lib hech qachon ko‘ngilga urmaydi. Aksincha-aksari ovqatlar nonsiz o‘tmaydi. Shundan so‘ng o‘quvchilarga non na’munalaridan: shirmoy, kunjutli patir va boshka xillari ko‘rsatiladi. Non yopganda unga tuz, suv, xamirturish emas, balki moy, jizza, sut, go‘sht, tuxum, margarin har xil ko‘katlar, xid beruvchi ziravorlar shakar va yana bir qancha ne’matlar qo‘shilajagi aytiladi.
O‘quvchilarga savollar beriladi.

  1. Bolalar doskada nimalarni ko‘rayapsiz?

  2. YAna qanday non turlarini bilasiz?

  3. Non nima uchun aziz?

“Nonsiz yashab bo‘lmas, gapni oshab bo‘lmas”, deydi dono xalqimiz.
Maktabimizda tejamkorlik komitetlari tuzib, nondan to‘g‘ri foydalanishni nazorat qilishimiz kerak.

Sinf rahbari:_____________________________________


Tashkilotchi:______________________________________




5-ilova

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling