Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVЕRSITЕTI L.YA.OLIMOV, O.R.AVEZOV, E.S.ESHOV DEVIANT XULQ-ATVOR PSIXOLOGIYASI O‘quv qo‘llanma Buxoro-2017 2 Mazkur o‘quv qo‘llanmada psixologiya fani sohasida deviant xulq-atvor muammosi va deviant xulqli bolalarni psixodiagnostika qilish usullari hamda psixokorreksion, psixoprofilaktik, psixokonsultatsiyon tadbirlar xususida mulohaza yuritiladi. O‘quv qo‘llanma maktab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari psixologlari, pedagoglar, magistrantlar va shu sohaga qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. Mas’ul muharrir: Psixologiya fanlari doktori, professor Sh.R.Barotov Xalqaro Psixologiya Fanlari Akademiyasi haqiqiy a’zosi (akademigi) Taqrizchilar: E.M.Muxtorov - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. E.Z.Xalimov - psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashida ko‘rib chiqilgan va nashrga tavsiya qilingan (Ilmiy Kengashning 2017 yil ___________________dagi -sonli yig‘ilish bayonnomasi). 3 KIRISH Inson xulq-atvori, psixologik xususiyatlari bilan bog‘liq masala insoniyatni qadim zamonlardan buyon qiziqtirib kelgan. Bu sohada izlanish olib borgan ko‘plab olimlar insonning tug‘ilganidan boshlab shakllanishi bilan bog‘liq barcha hodisalarni o‘rganishni tadqiq qilish orqali uning o‘ta murakkab jihatlarini kashf etgan. Haqiqatdan ham, inson xulq-atvorining jamiyatda belgilangan hayotiy normal mezonlardan og‘ishi, buzilishi bilan bog‘liq muammoni psixologiya fani o‘rganadi. Dеviantlik, og‘ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pеdagoglar, huquq tartibot organlari xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda qiziqish uyg‘otib kеlgan. Og‘ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xaraktеrga ega. Yondashuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og‘ishganligini tashhis qilish, uni profilaktikalash va ijtimoiy psixologik yordam ko‘rsatish davomida bartaraf etish kabi amaliy vazifalarni yеchishda ham ko‘zga tashlanadi. Deviant xulq-atvor psixologiyasi fanining asosiy maqsadi talabalarda shaxs og‘ishgan xulqi muammolarining zamonaviy holati haqida ilmiy asoslangan, yaxlit tasavvurning shakllanishida yordamlashishda ko‘rinadi. Mazkur o‘quv qo‘llanma Deviant xulq-atvor psixologiyasi fani dasturiga asoslangan holda yaratilgan bo‘lib, talabalar uchun zarur materiallar izchil ravishda, muayyan tartibda joylashtirilgandir. Nazariy va amaliy materiallar nisbati maqsadga muvofiq taqsimlangan bo‘lib, nazariya bilan amaliyot birligi prinsipiga to‘la rioya qilingan. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling