Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
3.5. Psixoanalitik yondashuv 
Mazkur nazariyaning asoschisi Zigmund Freyddir. U tajovuzkor xulq tabiatiga 
ko‘ra instinktiv bo‘ladi va bundan qochib qutulib bo‘lmaydi, deb hisoblagan. 
Insonda ikkita o‘ta kuchli instinkt mavjud: jinsiy (seksual (libido)) va o‘limga 
chorlovchi instinkt (tanatos). Birinchi turdagi energiya hayotni mustahkamlash, 
saqlash va qayta ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan. Ikkinchi turdagi energiya esa


43
hayotni buzish va tugatishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, insonning 
xulq-atvori mazkur instinktlar o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqadorlikning natijasi 
bo‘lib, ular o‘rtasida doimiy zo‘riqish mavjud bo‘ladi. Hayotni saqlash (eros) va uni 
yemirish (tanatos) o‘rtasida kuchli ziddiyat borligi sababli, boshqa mexanizmlar 
tanatosning energiyasi “Men” tomonga emas, balki boshqa tomonga, umuman 
tashqariga yo‘naltirish maqsadiga xizmat qiladi. Agar tanatosning energiyasi 
tashqariga yo‘naltirilmasa, individning o‘zini yemirilishiga olib keladi. Shu tariqa, 
tanatos agressiyaning tashqariga chiqishiga va boshqalarga yo‘naltirilishiga 
sababchi bo‘ladi. Bu nazariyani quyidagi chizmada ifodalash mumkin:
Yemirilish Saqlanish
Tanatos---------------------- Men ------------------------- Eros 
Energiya yo‘nalishining o‘zgarishi agressiya, boshqalarga yo‘nalgan xavfli 
xatti-harakatlarning paydo bo‘lish ehtimolini kamaytirishi mumkin bo‘lgan hodisa – 
agressiyaga olib keluvchi hissiyotning tashqi namoyon bo‘lishidir.
 
3.6. Ijtimoiy o‘rganish nazariyasi (bixevioral model) 
Boshqalardan farqli ravishda, mazkur nazariyaga ko‘ra, og‘ma xulq-atvor 
ijtimoiylashuv jarayonida kuzatish orqali mos xulq-atvor shakllarini o‘zlashtirilishi 
va mustahkamlanishi natijasida yuzaga keladi. Ya’ni, biror bir insonning namunaviy 
xulqini o‘rganish jarayoni ketmoqda. Ushbu nazariya Bandura tomonidan taklif 
etilgan bo‘lib, quyidagi jadvalda tajovuzkor xulqni o‘zlashtirilishi, yuzaga 
keltirilishi va boshqarilishi tushuntirilgan.
Banduraning ijtimoiy o‘zlashtirish nazariyasi

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling