Ўзбекистон республикаси халқ
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
5.4. Ichkilikbozlik haqida “Ichkiliqbozlik bartaraf etish choralari to‘g‘risidagi” qaror har bir ichkiliqbozlikka qarshi qaratilgan ishni tubdan qayta ko‘rish har tomonlama asoslandi. Tashkiliy, ma’muriy-huquqiy va tarbiyaviy tadbirlarni majmuini ishlab chiqarish va amalga oshirish hushyorlikni turmush tarzi sifatida targ‘ib etishning boshlanishi bo‘ldi. O‘quvchi yoshlarni ichkilikbozlikka qarshi tarbiyalash hushyorlik uchun kurashda eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Ta’lim muassasalarida ichkilikbozlikka qarshi va psixigigienik tarbiyani takomillashtirish yuzasidan metodik “tavsiyanomalari”da shu maqsadda quyidagilar taklif yetiladi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarida yangi avlodlarni ichkilikbozlikka jalb etish jarayonini tuhtatish zarurligini, tushunishni, ichki e’tiqodni, o‘quvchilarning ongiga va xulq-atvoriga ahloqiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyatini tarbiyalab, ularning metodik tayyorligini ta’minlash: Ichkilikbozlikka qarshi qaratilgan ishga bu har bir pedagogik bugin: boshlangich sinflar o‘qituvchilari, fan o‘qituvchilari, sinf rahbarlari o‘quvchilari uchun maktablar, boshqa o‘quv yurtlari jamoalarini jalb etish. Har bir oilada bolalarni tarbiyalash uchun qulay sharoitlarni yaratishga erishib oila va maktabni mustahkamlash ittifoqini yo‘lga quyish: barcha ta’sir choralarini ko‘rib, ichuvchi ota-onalarga qarshi murosasiz kurash olib borish. O‘quv yurtlarida ham, turar joylarda ham o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtni qiziqarli va foydali o‘tkazish ko‘nikmalarini singdirish. Shuningdek, o‘quvchilarga “Bezorilik manbalari” mavzuida bezorilikni keltirib chiqaruvchi sabablarni (spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish), shuningdek bunday hodisalarga qarshi kurash yo‘llarini aniqlab olish zarur. Bezorilar odamlarning 117 sha’ni, salomatligi, qadr-qimmatiga suiqasd, ularga qarshi kurash faqat jamiyatning emas, shu bilan birga har bir fuqaroning zarur vazifasidir. Shuningdek, o‘quvchilar spirtli ichimliklarga qarshi muammoga doir asosiy bilimlarni egallashlari kerak. “Spirtli ichimliklar va oila” mavzusini muhokama qilib, bunda ichkilikbozlik va oilaviy hayotning bir-biriga e’tiborni qaratish, oila byudjeti, bolalar tarbiyasi, er- xotin munosabatlari va hokazolar uchun ichkilikbozlikning oqibatlarini tahlil etish lozim. Maktabda sinfdan tashqari mashgulotlardan ichkilikbozlikka qarshi ishlarning kitobxonlar konferensiyalari, savol-javob kechalari, bahslar, maxsus varaqalar chiqarish, yuqori sinf o‘quvchilarini spirtli ichimliklarga qarshi targ‘ibotga jalb etish, ilmiy ommabop va badiiy filmlarni ko‘rish va muhokama qilish, ichkilikbozlikka moyillik doirasida o‘smirlar bilan yakka tartibda ish olib borish kabi ko‘pgina boshqa shakllar bor. Maktablarda o‘quvchilarni spirtli ichimliklarga qarshi tarbiyalash kengashlari, yoshlar o‘rtasida ichkilikbozlik, huquq-tartibotni buzishning oldini olish yo‘zasidan barcha manfaatdor tashkilotlarning kuch- g‘ayratini muvofiqlashtiruvchi markazlar tuzish lozim. Maktab va ota-onalar oldida katta aniq vazifa - o‘quvchi hayotdan har qanday miqdorda spirtli ichimlik ichishni istisno etish, uning nikotinga o‘rganib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi quyilgan. N.Ya.Konit va Ye.S.Skvorsovaning ma’lumotlariga qaraganda, spirtli ichimlikka eng jadal oshno bo‘lish o‘g‘il bolalarda 10-14 yoshda, qiz bolalarda 15-16 yoshda ro‘y beradi. Tarkib topgan vaziyatni oila o‘zgartirish mumkin, chunki u bolalarning tarbiyalashda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Buning uchun maktabning spirtli ichimliklarga qarshi ishi ota-onalarga buni tushuntirishdan iborat edi va shundan boshlanishi kerak. Ota-onalar yig‘ilishlaridan birida bolalarni oilada spirtli ichimliklarga qarshi tarbiyalashning ahvolini muhokama qilishi kerak. O‘qituvchi yoki vrachning ma’ruzasida spirtli ichimliklarga oshno bo‘lishning halokatli oqibatlari haqida ota-onalarni ogohlantiribgina qolmay, kattalar o‘rtasida ham hushyor turmush tarzini joriy etishga ko‘maklashuvi asosli tavsiyanomalar ham berish kerak. Oilada ahloqiy tarbiyani takomillashtirish zarur bo‘lib, u ichkilikbozlikka qarshi ta’lim va tarbiya bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘quvchilarda zararli odatlar va ularning noto‘g‘ri xatti-harakatlarining oldini olish uchun ruhiy kasallik bilan bog‘liq tabaqalashtirilgan pedagogik qarovsizlik diagnostikasi o‘tkazib borishning katta ahamiyati bor. Bu masalalar vrach vakolatiga kiradi, lekin o‘qituvchi o‘quvchilarda zararli odatlarning, xulq-atvor chetga chiqishning shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik, muhtojlarni o‘z vaqtida mutaxassisga maslahatga yuborish uchun bu narsalarni bilishi kerak. O‘qituvchilar maktab vrachlari bilan hamkorlikda sanitariya ta’limi ishlarni o‘tkazish, ruhiy zo‘rikish va zararli odatlarning oldini olish uchun maktabda autogen mashqi mashg‘ulotlarini o‘tkazish juda katta samara beradi. Shuningdek, maktab faollari balog‘atga yetmagan yoshlar ishlari inspeksiyasi hodimlari bilan kelishilgan holda “Ko‘cha”, “O‘smir”, kabi turli operatsiyalar, ashaddiy dars qoldiruvchilar, spirtli ichimliklarni ichish bilan shug‘ullanuvchilarni aniqlash yo‘zasidan reydlar o‘tkaziladi. O‘quvchilar spirtli ichimliklarga qarshi muammoga doir asosiy bilimlarni egallashlari kerak. Sinfdan tashqari mashgulotlar doirasida “Hushyorlik”, “Spirtli ichimliklar va turli mamlakatlarda ichkilikbozlikka qarshi kurash choralari. 118 “Spirtli ichimliklar va bolalar tarbiyasi”, “Spirtli ichimliklarsiz bayramlar va rasm- rusumlar”. Bunda o‘quvchilar, o‘qituvchilar turli mutaxassislarni ma’ruzachi qilib tayinlab, mashg‘ulotlarni bahs keng fikr almashuv tarzida o‘tkazish mumkin. Hamda bu holni oldini olish uchun kurash klublari va jamiyatlarini tashkil etish. Hayot yo‘lining ko‘pgina qismini bosib o‘tgan kattalarning, keksalarning pand- nasihat o‘gitlarini hamma yoshlar ham qabul qilavermaydilar. Ba’zan yoshlarga katta yoshli kishilar salbiy ta’sir ko‘rsatadilar, ularning iltifotiga berilib: “Kel, endi mana shu bir ho‘plam narsani qaytarma, katta yigit bo‘lib olding-ku, ma, ol, deb” qistashlariga, ularning erkalashlariga uchib, yoki tarbiyasiz tengdoshlariga taqlid qilib, bir ho‘plab, keyingi safar ozgina ko‘proq, asta-sekin doim iste’mol qilish odat tusiga kirib qoladi. Shu bilan bola ichishga, chekishga ruju qo‘ya boshlaydi va buning oqibati juda salbiy bo‘ladi. Nima uchun ichadilar degan hakli savol hammani qiynasa kerak. Gap shundaki, odatda ichuvchilar bu illatlarni dastlab hali sog‘lik- salomatlikni kam uylaydigan kuch-quvvatga to‘lgan, to‘lib kelayotgan o‘smirlik davrida ya’ni balog‘at yoshida o‘rganadilar. Ammo yoshi o‘tib borgan sari bu illat inson salomatligini anglab yetadilar. Buning uchun bola yoshligidan yahshi tarbiyalangan bo‘lishi lozim. Bola avvalo tarbiyani uyda ota-onalar bola tarbiyasi bilan doim shug‘ullanishlari, kun davomida nimalar bilan band bo‘lganligi kimlar bilan do‘stlashganini doimo nazorat qilib borishlari shart. Bolaga haddan tashqari e’tiborsizlik ham, haddan tashqari e’tibor berish ham yomon e’tiqodlarga olib boradi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling