Ўзбекистон республикаси халқ


Janjalli xulqning tashxisi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
8.6.Janjalli xulqning tashxisi 
Deviant xulqli o‘smirlarning xulq-atvori sabablari ota-ona, o‘qituvchilari va 
sinfdoshlari bilan kelishmaslik, boshqa turli ziddiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
Tashxis qo‘yishga kirishgan psixolog janjallar va janjalli xulq nazariyasini yaxshi 
o‘rgangan bo‘lishi darkor. 
“Konflikt” so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “conflictus” “to‘qnashuv” 
ma’nosini anglatadi. Bu bir-biriga mutloq qarama-qarshi bo‘lgan qarashlar, fikrlar, 
xarakterlar, namunalar to‘qnashuvi. Ijobiy maqsadga erishish uchun konfliktli 
muomalani tubdan o‘zgartirish kerak. Insonlar o‘z g‘oyalari, prinsiplari, 
xarakterlari, intilishlarini himoyalab to‘qnashib qoladilar.
Konfliktlar – odamlararo, shaxslararo bo‘ladi. O‘zaro muloqot qiluvchi ikki 
yoki undan ortiq shaxslararo kelishmovchilikdir. Bunday janjal oddiy muomalaning 
ham buzilishida yoki umuman tugashida yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Agarda to‘qnashuvdan so‘ng ham o‘zaro muloqot takrorlansa, unda ko‘pgina 
holatlarda insonlar umuman yuz ko‘rmas bo‘lishgacha boradilar. Ba’zida bunday 
holatlar insonlarning kelishib olishga sabab bo‘ladi. Insonlararo to‘qnashuvda 
odamlarning turli qarashlari, istaklari, dunyoqarashlari bir-biriga zid keladi. 
Ko‘pincha, janjallashayotgan odamlar muloqoti o‘zaro ayblovlar, haqoratlar, bir-
birini yerga urishlari bilan kuzatiladi. Ichki konflikt – bu bir-biriga zid fikrlar, 
qiziqishlar, ichki mazmun va qarama-qarshi dunyoqarash oqibatida ro‘y beradi. 
Shaxsning individual psixologik xususiyatlarini inobatga olib, aytish mumkinki, 
ichki konflikt zamirida o‘z-o‘zidan qoniqmaslik hissi yotadi. Bunday 
kelishmovchiliklar ularning ijtimoiy voqelikda keskin to‘qnashuviga olib keladi.


152
Janjallarning tahlili shuni ko‘rsatadiki, ularni quyidagilarga ajratish mumkin: 
raqobat, moslashish, hamkorlik, kelishuv, chetlab o‘tish. 
Konfliktlarni tadqiq qilishning nazariy jihatlarini ishlab chiqishda amerikalik 
sotsiolog Tolkott Parsons (1902-1979) tomonidan asoslantirilgan tashkilotning 
tuzilmaviy funksional modeli muhim o‘rin egallaydi. U jamiyatga insonlar 
o‘rtasidagi munosabatlar tizimi, normalar va qadriyatlarga uni bog‘lovchi bo‘g‘in 
deb qaragan.
U quyidagi qoidalarga amal qilgan: 
a) har qanday ijtimoiy tizim nisbatan barqaror, doimiy va yaxshi tashkil etilgan 
tuzilmadan iborat;
b) bu tizimning har bir elementi muayyan funksiyani bajarishi bilan tizim 
barqarorligini saqlashga o‘z ulushini qo‘shadi;
c) bu ijtimoiy tuzilmaning amal qilishi zarur barqarorlik va hamkorlikni 
ta’minlovchi jamiyat a’zolarining qo‘llab-quvvatlashiga asoslanadi. 
Parsonsning fikricha, ijtimoiy harakatning me’yoriy komponenti quyidagi 
to‘rtta darajada namoyon bo‘ladi: organizm, shaxs, ijtimoiy tizim, madaniyat. 
Konfliktning bo‘lishi ijtimoiylashuv jarayonining o‘zida mavjud, bunda inson 
nafaqat ijtimoiy tizimning namoyon bo‘lish usullariga, shuningdek, tegishli 
madaniyatning me’yorlari va qadriyatlariga ham jalb qilinadi. Ijtimoiylashuv 
jarayonida organizmning ichki fiziologik ehtiyojlari bilan insonning ijtimoiy 
munosabatlardagi ehtiyojlari o‘rtasida shakllanadigan nomuvofiqlik, muayyan 
tanglik konfliktga aylanishi mumkin. 
Bunda ijtimoiy tizimning ichki qarama-qarshiligini, va demak, konfliktlarni 
vujudga kelishining realligini tan olinishi juda muhim edi. Biroq, umuman olganda, 
Parsons tizim elementlari o‘rtasidagi konfliktsiz, “uyg‘un” munosabatlar tarafdori 
bo‘lgan. U konfliktni ijtimoiy anomaliya, o‘ziga xos kasallik va uni yengish zarur 
deb hisoblagan. 
Ijtimoiy konflikt tabiatiga nisbatan Parsons tomonidan bildirilgan nuqtai nazar 
XX asrning 30-40-yillarida “kishilar munosabatlari” maktabi vakillari tomonidan 
qo‘llab-quvvatlangan. Ular ham sanoati rivojlangan mamlakatlar qurishi kerak 
bo‘lgan jamiyatning tabiiy holati uyg‘unlik va ijtimoiy konsensus holati bo‘lishi 
lozim deb hisoblaganlar. 
Bu maktabning yirik vakili, Garvard universiteti professori Elton Meyo (1880-
1949) “hozirgi zamonning bosh muammosi” bo‘lgan “sanoatda tinchlik”ni 
o‘rnatishga yordam qilish zarur deb ta’kidlagan. U konfliktni xavfli “ijtimoiy illat” 
deb bilgan. Undan iloji boricha qochish kerak, “ijtimoiy muvozanat”ga va 
“hamkorlik holati”ga intilish kerak. 
Turli mamlakatlar olimlari hech bir nuqsonsiz faoliyat ko‘rsatadigan va 
boshqariladigan tashkilotlarda ham konfliktlar paydo bo‘lishiga e’tibor qaratganlar. 
Bu holat barqaror konsensusni ta’minlashga qodir qandaydir ijtimoiy tizim modeli 
borligiga shubhalanishga olib keldi. Shu bilan birga konfliktlarga o‘sib o‘tuvchi 
ijtimoiy ziddiyatlarning tabiiy muqarrarligi va qonuniy xarakter kasb etishini 
hisobga olish zarurligini tushunish ham mustahkamlanib bordi. Natijada XX asrning 


153
50-yillarida AQSH, Germaniya, Fransiya va qator g‘arb mamlakatlarida 
konfliktning hozirgi zamon konsepsiyalari shakllandi va keng tarqaldi. 
Hozirgi zamon tadqiqotchisi amerikalik Lyuis Kozer 1956 yilda nashr qilgan 
“Ijtimoiy konflikt funksiyalari” nomli kitobida konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy 
guruhlar mavjud bo‘lmasligini hamda ijtimoiy tizimlarning amal qilishi va 
almashinishida konfliktlarning ijobiy amaliy ahamiyat kasb etishini to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rsatdi. Uning fikricha, butun jamiyatning barqarorligi unda mavjud 
konfliktli munosabatlarning miqdoriga va ular o‘rtasidagi aloqalar tipiga bog‘liq. 
L.Kozerning ijobiy-funksional konflikt nazariyasining mohiyati shundaki, 
konfliktlar jamiyat uchun begona, anomal hodisa emas; ular ijtimoiy tizim ichki 
holatining, undagi alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi odatiy 
munosabatlarning elementi, mahsulidir. Uning fikricha, konfliktlar muhim 
funksiyalarni bajaradilar, ular vaqti-vaqti bilan jamiyatdagi tarang vaziyatni 
yumshatish, alohida shaxslar va ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi ziddiyatlar va 
kolliziyalarni hal etish usuli sifatida zarurdir. 
Nemis sotsiologi Ralf Darendorf jamiyatning konfliktli modeli konsepsiyasini 
ishlab chiqqan. Uning 1965 yilda chop etilgan “Sinfiy tuzilma va sinfiy konflikt” 
asarida har bir jamiyat hukmronlikka, majburlash va bo‘ysunishga asoslangan deb 
hisoblaydi. Qarama-qarshiliklar, konfliktlarning bo‘lishiga sabab, faqat odamlarning 
ijtimoiy notenglikka mahkumligi emas, shu bilan birga hokimiyat, shon-shuhrat, 
avtoritet uchun bo‘lgan kurash, boshqaruv munosabatlaridagi noteng mavqega ega 
bo‘lishdir, bunda bir xil odamlar faqat buyruq berish huquqiga, boshqa odamlar bu 
buyruqlarni bajarishga va bo‘ysunishga majburdirlar. 
Darendorf konfliktlarni ijtimoiy hayotda bartaraf etib bo‘lmaydigan va har 
qanday ierarxik tizimga xos xususiyat deb hisoblaydi. Biroq, odamlar konfliktlarni 
tartibga solish imkoniyatiga egadirlar. Buning uchun uchta shartning bo‘lishi zarur:
birinchidan, konfliktlashuvchilarning tafovutlanishini va qarama-qarshiligini 
tan olish;
ikkinchidan, taraflarning, shu jumladan, jamiyatning uyushganlik darajasi 
qanchalik yuqori bo‘lsa, bitimga kelishish shuncha yengil bo‘ladi;
uchinchidan, konfliktda ishtirok etuvchi taraflar o‘rtasidagi munosabatlarni 
saqlashga olib keluvchi muayyan qoidalarning o‘zaro maqbulligi. 
Konfliktlarning umumiy nazariyasi deb nomlangan konsepsiyaga amerikalik 
sotsiolog va iqtisodchi Kennet Boulding asos solgan. U ham konfliktlar hamma 
yerda uchrashi, odamlar o‘ziga o‘xshaganlarga nisbatan doimiy dushmanlik qilishga 
va kurash olib borishga intilishlarini ko‘rsatib, zo‘rlik ishlatish eskalatsiyasi inson 
tabiatida yotadi, deb bilgan. Shu bilan birga konfliktlar umumiy xususiyatlar bilan 
paydo bo‘ladi va rivojlanadi, yagona elementlar orqali namoyon bo‘ladi, deb 
ko‘rsatgan hamda ularni ijtimoiy sharoitlardan ajratib bo‘lmasligini, ularning oldini 
olish va yengish mumkinligini ta’kidlagan. Boulding fikricha, konfliktlarni barham 
toptirishga qaratilgan “ijtimoiy terapiya” asosini uchta narsa tashkil qiladi: 

yuzaga keluvchi qarama-qarshiliklar sababini tushunish; 

ularni tugatishning kelishilgan usullarini oqilona tanlash; 

insonlarning ma’naviy takomillashuvi. 


154
Konfliktning hozirgi zamon konsepsiyalarida kishilarning har qanday 
harakatlari, shu jumladan, konfliktli harakatlari ham ijtimoiy mohiyat kasb etishi, 
ularning u yoki bu darajada ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi haqida fikr mavjud. 
Konfliktni, uning sababini, namoyon bo‘lish sohasi va shaklini, tartibga solish 
usulini faqatgina jamiyat, ayniqsa, inson tabiatini, ijtimoiy munosabatlar mohiyatini 
va insonlarning o‘zaro munosabatlarga kirishish qonuniyatlarini chuqur anglash 
asosida tushunish mumkin. 
“Inson” mezoni, inson mohiyati, uning jamiyatda tutgan o‘rni va ijtimoiy 
tayinlanishi haqidagi masalalar hozirda ham konfliktlarni tushunishda belgilovchi 
muhim asosdir. 
Hozirgi zamon konflikt tadqiqotlarida ikkita asosiy yo‘nalish uzil-kesil 
shakllangan. Birinchi yo‘nalish G‘arbiy Yevropada (Fransiya, Gollandiya, Italiya, 
Ispaniya) keng tarqalgan bo‘lib, u konfliktlarni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi 
institutlar faoliyati bilan bog‘liq. Ikkinchi yo‘nalish AQSHda keng tarqalgan bo‘lib, 
tinchlik muammolarini tadqiq etuvchi institutlar faoliyati bilan bog‘liq. Bu 
institutlarning maqsadlari bir-biriga juda o‘xshash, biroq ularga turli metodologik 
yondoshuvlar asosida erishiladi. Bir xil tadqiqotlarda g‘alabaga erishish yo‘llari 
haqida fikrlar birlamchi ahamiyatga ega, ya’ni: “Tinchlikni xohlasang, urushni 
o‘rgan”. Tinchlikni tadqiq qiluvchi institutlar xodimlari tinchlik va kelishuv 
muammolariga birinchi darajali ahamiyat beradilar. Konfliktlar va ularni hal qilish 
yo‘llariga bo‘lgan umumiy qiziqishning ortishi shu darajaga yetdiki, siyosiy fanlar 
Xalqaro assotsiatsiyasining Butun jahon kongressi (Seul,1997) mazkur masalaga 
bag‘ishlandi. 
O‘smirlarning janjalli xulqi sababi va oqibatlarini tahlil qilish uchun yakka 
tartibdagi suhbatlar, anketa so‘rovnomalari va testlar kamlik qiladi. Suhbat 
davomida quyidagi savollarga psixolog javob izlashi kerak: 
 O‘smir avvallari ham yaqinlari va tanishlari bilan janjallashganmi? Masalan 
otasi, onasi, o‘qituvchilari, do‘stlari, tengdoshlar bilan; 
 Janjallashish uchun qanday sabab bo‘lgan (uning o‘zi, boshqalar, vaziyat 
munosabat va …); 
 U nima deb o‘ylaydi, yaqinlari va tanishlari bilan bo‘lgan janjallarda kimning 
aybi ko‘proq? Uning o‘zinikimi yoki birovnikimi? 
 Janjallarni u qanday hal qiladi, yakka o‘zimi yoki boshqalar aralashadimi? 
 Muammoni hal qilish nima bilan tugadi? (yarashildimi, ajrashib ketishdimi, 
murosa qilishdimi, o‘z xatolarini tushundimi, yaxshiroq bo‘ldimi, yomonlashdimi?). 
 Hozirda maktab o‘qituvchilari, ota-onasi va tanishlari bilan bo‘lgan munosabat 
qanday holatda? Samimiy aytganda hozirgi damda o‘smirni qanday muammo 
qiynamoqda?
 Uning muammosi nima bilan (o‘zining xulq-atvori, atrofdagilar bilan muloqoti, 
nohaqlik, yolg‘on) bog‘liq? 
 Muammolarni yechish yo‘li qanday hal qilinadi? Faqat o‘zi yoki birovning 
yordami bilanmi? 
 Tengdoshlari bilan yoqalashganmi? Kim aybdor bo‘lgan? 
 Boshqalar uni hurmat qilishi uchun u qanday inson bo‘lishi kerak? 


155
Yuqoridagi savollarga topilgan javoblar orqali o‘smirning janjallari sabablarini, 
janjalining xususiyatlarini tadqiq qilib, o‘smirning ijtimoiy psixologik, shaxsiy 
xususiyatlarini aniqlab berish mumkin. Bu ma’lumotlarni yanada to‘ldirish uchun 
K.Tomas tuzgan maxsus uslubdagi testlardan, T.Lirining testlaridan foydalanish 
mumkin.
 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling