Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106
Bog'liq
Binder1

Tayanch tushunchalar
Deviant xulqning psixosotsial profilaktikasi. Deviant xulq profilaktikasi va 
ijtimoiy nazorat tushunchalari. Oilaviy va maktabdagi ijtimoiy ish: tushuncha
xususiyatlari, metodlari. Deviant xulqli bolalar va o‘smirlarga ijtimoiy yordam.
 
Nazorat savollari: 
1. Deviant xulq profilaktikasi va ijtimoiy nazorat tushunchalarini izohlang. 
2. Oilaviy va maktabdagi ijtimoiy ish: tushuncha, xususiyatlari, metodlarini sanang.
3. Umumiy va maxsus profilaktika. Ijtimoiy patologiyaning alohida ogohlantirilishi 
va profilaktikasi (jinoyatchilik, ichkilikbozlik, narkotizm, suistidal xulq va 
boshqalar).
4. Dezadaptastiyalashgan o‘smirlarni psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash. 
Xavfli guruhlar oilalarida voyaga yetmaganlar sostializastiyasining buzilishini oldini 
olish yo‘llarini tushuntiring.  


167
XULOSA
Deviant xulq-atvor o‘z motivatsion mazmuniga ko‘ra, “anglanmagan motiv”, 
“moddiy-maishiy sharoitga o‘chlik va ochko‘zlik”, “do‘stlari oldida obro‘ orttirish”, 
“qasos va o‘ch olish”, “o‘zini ko‘rsatishga intilish” motivlari asosida kelib chiqishi 
kuzatiladi. Jinoyat turlariga ko‘ra, motivlarning ifodalanishi esa “moddiy-maishiy 
sharoitga o‘chlik” va “anglanmagan motiv” asosida o‘g‘rilik, bezorilik va 
bosqinchilik, nomusga tegish va unga o‘rinish jinoyat turlariga to‘g‘ri kelsa, “o‘zini 
ko‘rsatishga intilish”, “situatsion vaziyatlar: giyohvandlik va alkogolizm” motivlari 
ta’sirida esa bezorilik va bosqinchilik, nomusga tegish va unga harakat qilish, tan 
jarohati yetkazish jinoyatlari sodir etilayotganligi kuzatiladi.
2. Deviant xulq-atvorning sabablari sifatida “oilada nosog‘lom muhitning 
mavjudligi”, “ota-onalarning bolalar tarbiyasini o‘z holiga tashlab qo‘yishi va ular 
faoliyatini nazorat qilmaslik”lari, “bolalar va o‘smirlarning zararli odatlarga 
beriluvchanligi”, “o‘z xatti-harakatlarini boshqara olmay qolish va impulsivlik” va 
boshqalar namoyon bo‘ladi. 
3. Bolalar va o‘smirlarning psixologik ustanovkalari ularda deviant xulqining 
kelib chiqishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. G‘ayriqonuniy ustanovkalarni bolalar va 
o‘smirlar ijtimoiy muhitdan, oila va oilaviy munosabatlardan hamda mahalla 
muhitidan oladi.
Tabiiyki, bunday ustanovkalar bolalar va o‘smirlarda deviant xulqining kelib 
chiqishiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bolalar va o‘smirlarning qiziqishlari 
jumladan, “o‘qishga, bilim olishga nisbatan bo‘lgan qiziqishlar”ning sustligi, “spirtli 
ichimlik va tamaki mahsulotlariga nisbatan bo‘lgan qiziqish”ning yuqoriligi, ertangi 
hayoti, kelajagi, turmushi haqidaga qat’iy qiziqishlarning yo‘qligi ularda xulq 
og‘ishining kelib chiqishiga sabab bo‘lganligi kuzatiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling