Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Binder1

 
Tavsiyalar 
Shunday qilib, deviant xulqli o‘quvchi shaxsi, ularning individual psixologik va 
yosh xususiyatlari hamda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining ijtimoiy-psixologik 
omillarini o‘rganish natijalaridan olingan xulosalar deviant xulq-atvorni oldini 
olishda turli soha xodimlari faoliyatida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan quyidagi 
tavsiyalarning yaratilishiga asos bo‘ldi.
Fuqarolar yig‘ini mahalla faollariga tavsiyalar: 

Deviant xulqli o‘quvchilarning ko‘pincha o‘zi yashayotgan yoki yashash joyidan 
unchalik uzoq bo‘lmagan joylarda nojo‘ya xatti-harakat sodir etilayotganligi holati 
eng avvalo mahallalarda sog‘lom muhitni yuzaga keltirish tadbirlarini olib borishni 
taqoza qiladi;

voyaga yetmagan bolalar va o‘smirlarning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi 
ota-onalarni aniqlab, mahalla yig‘inlarida muhokama qilish, ularga jamoatchilik 
ta’sirini o‘tkazish, lozim hollarda ushbu ota-onalar bilan tegishli profilaktik 
tadbirlarni o‘tkazish va mahalla faollaridan birini unga biriktirish

huquqbuzarlik, jinoyat qilishga moyil va tarbiyasi og‘ir bo‘lgan voyaga 
yetmaganlarni aniqlab, ularning qiziqishlari, iqtidorlariga qarab har xil tugaraklarga 
jalb qilishga yordam berish


168

mahalla faollarining voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini oldini olish ishlarida 
mahalla, maktab, oila hamkorligini ta’minlashda faol ishtirok etish

mahalla faollari har bir voyaga yetmaganlar oilasining ijtimoiy-psixologik 
muhitidan xabardor bo‘lish; 

voyaga yetmaganlarni mahalla jamoatchilik ishlariga, turli xil o‘tkaziladigan 
tadbirlarga, mahalla ijtimoiy hayotiga keng ravishda jalb etish; 

yoshlarni tibbiy, psixologik, tarbiyaviy, huquqiy, ma’naviy – ma’rifiy sohalardagi 
ma’lumotlar bilan qurollantirish maqsadida maxsus tadbirlarni uyushtirish; 

sinf rahbari, oila va mahalla o‘rtasida voyaga yetmaganlar xususida o‘zaro 
axborot almashinuvni yo‘lga qo‘yish; 

maktab va “Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyaning” ro‘yxatida 
turuvchi tarbiyasi “og‘ir”, huquqbuzarlikka moyil voyaga yetmaganlarning ota-
onalarini maktab-mahalla va voyaga yetmaganlar komissiyalari bilan o‘zaro 
hamkorlikdagi faoliyatini tashkillashtirish; 

mahallaning yoshlar bilan ishlash komissiyalari faoliyatini oila, ta’lim tizimi 
muassasalari va boshqa ijtimoiy institutlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish; 

o‘smirlarning qiziqishi, qobiliyati va aql-zakovatini hisobga olgan holda ijtimoiy 
faoliyatga tortish, ularning o‘smirlar guruhlari va jamoatchilik orasida o‘z o‘rinlarini 
topa olishga ko‘maklashish; 

mahallada istiqomat qilayotgan voyaga yetmaganlarning bo‘sh vaqtlarini qanday 
o‘tkazayotganliklarini maktab, ota-onalar bilan hamkorlikda nazorat qilish; 

mahalla oilalari hayotida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish; 

Moddiy-ma’ishiy sharoitning yetarli emasligi voyaga yetmaganlarda jinoyatchilik 
xulqining kelib chiqishiga ta’sir etishligini hisobga olib, bunday oilalarga mahalliy 
hokimiyat, ijtimoiy ta’minot va xayriya jamg‘armalari tomonidan moddiy yordamlar 
berib turishni tashkil etish. 

voyaga yetmaganlar bilan ishlashda ularning yosh va individual-psixologik 
xususiyatlariga e’tibor berish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling