Ўзбекистон республикаси халқ


Ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar bilan ishlash mahalla profilaktika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Bog'liq
Binder1

Ichki ishlar bo‘limi voyaga yetmaganlar bilan ishlash mahalla profilaktika 
nozirlariga tavsiyalar: 

Deviant xulqli bolalarning yosh va individual psixologik xususiyatlarining 
yorqin namoyon bo‘layotganligidan kelib chiqib, voyaga yetmaganlar bilan ishlash 
mahalla nozirlarini psixologik-pedagogik bilimlar bilan qurollantirish va shu 
maqsadda maxsus malaka oshirish kurslarini tashkil etish; 

Huquqni muhofaza qilish tashkilotlari, jumladan mahalla profilaktika nozirlari, 
mahalla faollari, ota-onalar va ta’lim tizimi xodimlari bilan hamkorlikdagi faoliyatni 
tashkil qilish; 

Voyaga yetmagan jinoyatchilarning ko‘pincha o‘z noqonuniy xatti-
harakatlarining mazmun-mohiyatini va bunday harakatlarning qonunga xilof 
ekanligini tushunib yetmasliklari holatidan kelib chiqib, maktablarda, mahallarda 
huquqiy bilimlarni targ‘ib qilishda faol ishtirok etish; 

Noqobil va notinch oilalarda tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar bilan 
ishlash tadbirlarini kengaytirish; 


169
Ota-onalarga tavsiyalar: 

Jinoyatchilik xulqiga ega bo‘lgan bolalar va o‘smirlar shaxsida asotsiallik, ruhiy 
beqarorlik, o‘zgaruvchanlik, gipertimlik, affektga moyillik, siklotomiklik 
xususiyatlarining 
yaqqol 
ifodalanganligidan 
kelib 
chiqib, 
ular 
shaxsini 
sog‘lomlashtirishga harakat qilish maqsadga muvofiqdir. Bunda ular yashayotgan 
oila va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish, shaxslararo sog‘lom munosabatni 
vujudga keltirish ishlarini olib borish yaxshi natija beradi; 

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining asosiy sabablari sifatida “bolalar va 
o‘smirlar faoliyatini nazorat qilmaslik”, “oilada bola tarbiyasiga e’tiborning 
susayishi” kabilar namoyon bo‘lganligidan kelib chiqib, oilada va oiladan tashqarida 
bolalar va o‘smirlar faoliyatini, bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullanayotganligini 
nazorat qilish va oilada bolalar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish maqsadga 
muvofiqdir; 

Ota-onalar, oilaning boshqa katta yoshdagi a’zolari, o‘qituvchilar tomonidan 
bolalar va o‘smirlarga nisbatan qo‘llanilayotgan qattiqo‘l, qo‘pol va adaolatsiz 
munosabatlariga barham berish. 

Voyaga yetmaganlar jinoyatchiligi ko‘pincha ota-onalarning bolalar va 
o‘smirlar psixologisini bilmasdan turib munosabatda bo‘lishliklari natijasida kelib 
chiqayotganligidan kelib chiqib, ota-onalarni psixologik-pedagogik bilimlar bilan 
qurollantirish maqsadida “Ota-onalar universitetlari” ni tashkil etish. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling