Ўзбекистон республикаси халқ


 Agressiya va delinkvent xulq-atvor


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
Bog'liq
Binder1

3.8. Agressiya va delinkvent xulq-atvor 
Agressiya va delinkvent (huquqqa yoki qonunga qarshi) xulq-atvor o‘zaro 
bog‘liqligi haqidagi ma’lumot shubhasiz to‘g‘ri. Haqiqatdan, huquqbuzar harakatlar 
ko‘p holatlarda agressiv harakatlar bilan birga kuzatiladi. Bular g‘arazli jinoyatlar 
bo‘lishi mumkin, ularda agressiya instrumental xarakterga ega, yohud qandaydir 
maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi (yashash maydonini egallash uchun 
qotillik sodir etish, o‘g‘rilik sodir etishda jismoniy zo‘rlash, pul olish maqsadida 
qo‘rqitish). Boshqa zo‘ravonlik jinoyatlarida dushmanlik xulq-atvori namoyish 
etiladi. Zo‘rlash – agressiv xulq-atvorning eng xavfli shakli sifatida qonun bilan 
ta’qiqlangan va davlat tomonidan nazorat qilinadi.
Shaxsning delinkvent xulq-atvori va agressiya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik 
ma’nosi bir hil emas. Qonunlarni buzish darajasiga yetgan agressiv xulq-atvor, eng 
avvalo taqlid qilish natijasi bo‘lishi mumkin. Taqlid qilish namunalari sifatida 
qarindoshlari, tengdoshlari, boshqa ahamiyatli insonlar chiqishi mumkin. Agressiv 
xulq-atvorni qo‘llashda delinkvent submadaniyat alohida ahamiyatga ega. Asotsial 
guruh, uyushgan jinoiy guruh, jazoni ijro etish muassasalari – bu ijtimoiy institutlar 
mustahkam agressiv xulq-atvorni shakllantiradilar.
Boshqa vaziyatlarda huquqbuzar agressiv xulq-atvor nevrotik shartlangan 
bo‘lishi mumkin, masalan, agar u kuchli xavotir va anglamagan aybdorlik hissiyoti 
bilan motivatsiya qilinsa. Huquqbuzar harakatlarga moyillik shaxsning jamiyatga 
qarshi yo‘naltirilishida ham kuzatiladi, shaxs uchun boshqa insonlarga nisbatan 
dushmanlik munosabati hayot tarzi hisoblanadi. Agressiv xulq-atvorning keyingi 
shakli asab tizimining organik buzilishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday 
huquqbuzarda affekt natijasida zo‘rlashga moyillik mavjud, kechinmalarida to‘xtab 
qolish, impulsivlik yoki intellektual pasayish. Alohida (kam sonli) huquqbuzarlar 
guruhini – psixotik kasallar tashkil etadi, ularning kasallik ahvoli agressiyaning 
kutilmagan motivatsiyasisiz portlashlari bilan kuzatiladi (bu esa kamdan-kam 
ularning jamiyatga qarshi yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq). 
Amaliyotda, masalan javobgarlik darajasini va jazolash turini aniqlash uchun, 
agressiv xulq-atvorning patologik va patologik bo‘lmagan shakllarini farqlash 
muhimdir. Patologik bo‘lmagan shakli, odatda, qo‘pol bo‘lmagan xulq-atvor 
buzilishlari va yaxshi sharoitda o‘rnini to‘ldirish qobiliyati bilan tavsiflanadi. 
Masalan, o‘smirlarning agressiv xulq-atvori yoshi bilan bog‘liq reaksiyalar 
xarakteriga ega bo‘lishiva umuman olganda atrofidagilari bilan o‘zaro 
munosabatlarini buzmasligi mumkin. Patologik agressiya esa aksincha, zo‘ravonlik 
xulq-atvor tarkibining sifatli o‘zgarishlari bilan bog‘liq, psixik faoliyat va uning 
dinamikasining kasallik o‘zgarishlari bilan shartlangan bo‘ladi. Patologik 


55
o‘zgarishlarning quyidagi belgilarini ajratish mumkin: emotsional sohada agressiv 
xulq-atvordagi o‘zgarishlari va affektiv – jahl reaksiyalarining paydo bo‘lishi bilan; 
agressiv xulq-atvor muhim qasd olish g‘oyalari, nafrat va ranjitish bilan; sadistik 
agressiya – uning asosiy belgisi, qiziqishlar sohasida buzilishlar, xususan, boshqa 
insonni ma’naviy azoblash yoki jismoniy og‘riq yetkazish holatidan ijobiy 
emotsiyalar olish (huzurlanish yoki lazzatlanish). Masalan, patologik agressiya 
vaziyatida oddiy tanqidiy tanbeh jahlning shunday darajasini keltirishi mumkinki, 
bunda inson ongi buziladi va u hech narsani bilmagan holda qotillik sodir etadi.
Agressivlikning alohida holatini ko‘p seriyali va tashqi umuman motivatsiya 
qilinmagan huquqbuzar harakatlari namoyish etadi. E.Fromm fikricha, ular jahldor 
fe’l-atvor va sadistik vaxshiylikga ega, to‘satdan paydo bo‘ladi va atrofdagilar va 
yaqin insonlar uchun kutilmagan bo‘ladi. Muallif fikricha, agressiyaning bunday 
shaklining, ochiq biologik yoki iqtisodiy sabablari yo‘q va insoniyat uchun real 
muammoni tashkil etadi. 
A.Bandura va R.Uolter agressiyaning huquqbuzar tabiati haqida muammoni 
yechimini topishga intilib, mustahkam jamiyatga qarshi xulq-atvorga ega 
o‘smirlarning tiklanishining ijtimoiy sharoitlari va shaxsiyat xususiyatlarini tadqiq 
etganlar. Mualliflar fikricha, asotsial agressiyaga ega o‘smirlar o‘zining ijtimoiy 
mustahkam tengdoshlaridan tubdan farqlanadi. Ular tez-tez va bevosita o‘z 
agressiyalarini namoyish etadilar (ayniqsa uyda). Mualliflar tahmin qilishicha, o‘g‘il 
bolalarda ota bilan pozitiv munosabatlarni o‘rnata olmaslik – jamiyatga qarshi 
yo‘naltirish shakllanishining hal qiluvchi omillaridan biri.
Qonunbuzar agressiv o‘smirlar atrofdagilarga ishonmaydilar, emotsional 
qaramlikka tushadigan vaziyatlardan qochadilar. Ular tengdoshlari bilan yaxshi 
munosabatda bo‘la olmaydilar, ko‘pincha jinsiy aloqa va agressiyani qo‘shadilar, 
agressiv xulq-atvorlari uchun umuman aybdorliklarini sezmaydilar. Ular ko‘pgina 
odatlari bilan kichkina bolani eslatadilar, kichkintoylarning impulslari ichki emas, 
balki tashqi chegaralanishlariga bo‘ysinadi. Bunday o‘smirlar amalda o‘zlariga zarar 
yetkazadilar, chunki o‘z harakatlari natijasida yaqinlikdan mahrum bo‘ladilar va 
hukumat organlari vakillarining qattiq nazoratiga tushib qoladilar, ularga nisbatan 
na hurmat, na ishonchlari bor. Shunga qaramasdan qattiq chegaralangan tashqi 
nazorat sharoitida ham, ular o‘zlarini ozodlikda bo‘lganlaridan ham ko‘proq, qulay 
sezadilar. 
Takroriy va jiddiy jazolanishiga qaramasdan, jamiyatga qarshi agressiv xulq-
atvorni yo‘qotish qiyin ekanligi haqida ma’lumot, ko‘pchilik tadqiqotchilarni
bunday huquqbuzar amalda tajribadan o‘rganish qobiliyatiga ega emas,- degan 
xulosaga olib keladi. Ehtimol bu, jazolash hech qachon tezkor amalga oshirilmaydi 
va umuman bo‘lmasligi bilan bog‘liq. Agressiya (jinoyat) jazosiz qolishiga ishonch 
jamiyatga qarshi xulq-atvorni qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. 
Shunday qilib, agressivlik va delinkventlik o‘zaro chambarchas bog‘liq ekan. 
Umuman olganda agressiv asotsial xulq-atvor jamiyatning mustahkam negativ 
munosabatiga uchraydi va shaxs bilan uning atrofidagi insonlar o‘rtasida jiddiy 
to‘siq bo‘lib keladi. Tan olish kerak, bir qator sabablar tufayli agressiv xulq-atvori 
ifodalangan shaxsga ijtimoiy ta’sir o‘tkazish odatda samarasiz bo‘lib chiqadi. 


56
Agressiya chuqur biologik va ijtimoiy ildizlari mavjudligi sababli, agressiv xulq-
atvorni yo‘q qilib bo‘lmaydi. Faqatgina bir necha pog‘onada – oila, jamiyat, kichik 
guruhlar, shaxsning o‘zi samarali ijtimoiy nazorat tizimini yaratish orqali uning 
namoyishlarini kamaytirish zarurligi haqida gapirish mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling