Ўзбекистон республикаси халқ
O‘tkir birlamchi affektiv reaksiya
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Binder1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkilamchi affektiv reaksiya.
- Akkumlativ (bog‘lanib qolganlik asosida).
O‘tkir birlamchi affektiv reaksiya. Bu xildagi affektiv reaksiya orqali
suidsial urinishni amalga oshirgan. Suitsidentlarda affektiv holatga sabab bo‘luvchi nizolar asosan shaxsiy imtent, o‘quv jarayoniga va shaxslararo nizolarga bog‘liq bo‘lib, ular o‘tkir, lokal xarakterga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Bunday holatlarda suitsidal o‘y va niyatlar o‘tkir emotsional ta’sirlanish natijasida vujudga kelib, suidsid oldi davri bir nechagina daqiqaga teng bo‘ladi. 2. Ikkilamchi affektiv reaksiya. Bunda suidsidentlarning xarakterli xususiyatlardan biri bo‘lgan tortinchoqlik, aqliy qobiliyatning nomutanosibligi (bir ko‘tarilib, bir pasayib tushirish) o‘ziga ishonmaslik, o‘z-o‘zini baholashning susayishi, kamgaplik, xayolparastlik kabilar namoyon bo‘ladi. 3. Akkumlativ (bog‘lanib qolganlik asosida). Affektiv reaksiya. Bunday affektiv reaksiyalar tufayli sodir etiladigan suidsidlar ko‘pincha yaqin kishisini yo‘qotish shaxs uchun ahamiyatli munosabatlarni izdan chiqishi, somatik nosog‘lomliklar, yolg‘izlik kabilar tufayli vujudga keladi. Shunday qilib, bolalar va o‘smirlarda affektiv holatda sodir etilayotgan suidsial urinishlarning psixologik ma’nosi idividning o‘zini hayotdan ketkazishda qaratilgan mazmunga emas, balki atrofdagilarni yordamga chaqirishdan iborat bo‘lgan. “Chaqiriq”, noma’qul vaziyatga nisbatan “isyon”, nizoli vaziyatdan qutilishga nisbatan bo‘lgan intilish va izdan chiqqan ijtimoiy psixologik munosabatlarni qayta tiklashga qaratilganlik mazmuniga ega ekanligidan dalolat beradi. Bolalar va o‘smirlar suidsidining katta qismi namoyishkorona suidsidal xulq ko‘rinishaga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bunday suidsidal urinishlar ayniqsa pubertat 98 va pubertatdan keyingi yosh davrdan yanada ko‘proq kuzatiladi. Namoyishkorona mazmunga ega bo‘lgan suidsidal urinishlar kuchli jarohatli vaziyatlarda vujudga kelib uning psixologik ma’nosi vujudga kelgan nomunosib vaziyatga nisbatan o‘z qarshiligini bildirish (isyon) bo‘lib hisoblansa, motivi bo‘lib esa ota-onasi, o‘qituvchilari, sinfdosh o‘rtoqlari va sevgan kishisi o‘rtasidagi shaxslararo nizolar xizmat qiladi. Bunday suidsidal urinishlardan suidsidal suidsidoldi psixologik holatdan o‘zining qadrsizligida achinish chuqur qayg‘uga tushish nizoli vaziyatlarni hal qilib darajada his etish, qo‘rqish va bezovtalanishni namoyon qilishgan. Qayg‘urish betoqatlik va affektiv holatlar bu holdagi suidsidal urinishlarda sezilarni namoyon bo‘lmaganligi kuzatiladi. Bunday suidsidal urinishlari suidsidal urinishlarini boshqa suidsidlardan farqli o‘laroq, ular doimo ma’lum ob’ektiv, ma’lum kishilarga qaratilganligi bilan xarakterlidir. Namoyoshkorona suidsidal xulqning psixologik ma’nosi ham affektiv haqiqiy ambivalent suidsidal xulqning ma’nosi singari xilma-xildir va turlichadir. Namoyishkorona suidsidal xulq psixologik ma’nosining “chaqiriq” va “isyon” mazmunga ega bo‘lishligi bunday suidsidal urinishlar o‘zini o‘ldirish maqsadida emas, balki nomutanosib va o‘zini qoniqtirmayotgan vaziyatga nisbatan o‘z noroziligini bildirish maqsadidadagi “isyon” atrofdalilarni yordamga chorlash. “Chaqiriq” mazmuniga ega bo‘lgan suidsidal xulq asosida sodir etilayotganligini ko‘rsatadi. Namoyishkorona suitsidal xulq asosida sodir etilgan suitsidal urinishlar asosan katta yosh davrlariga to‘g‘ri keladi. Kichik yosh davrlarida esa bunday suitsidal urinishlar deyarli kuzatilmaydi. Namoyishkorona suitsidal xulqning psixologik ma’nosi asosan “chaqiriq” va “isyon” mazmuniga ega ekanligi namoyon bo‘lsada, bazan suitsidentning “azob uqubatdan qutilish” ga nisbatan bo‘lgan intilishi suitsidal urinishning psixologik ma’nosini belgilaganligining guvohi bo‘lamiz. Ayrim vaziyatlarda esa “chaqiriq” va “isyon” bir-biri qo‘shilib ketganligi ko‘zga tashlanadi. Namoyishkorona suitsidal urinishlar ko‘pincha oldindan tayyorlab qo‘yilgan suitsidal urinish usuli orqali, qasd olmoqchi bo‘lgan kishisi ko‘z o‘ngida sodir etilganligi tufayli bunday suitsidal o‘y va niyatlar asosida amalga oshiriladi degan xulosaga kelishimizga sabab bo‘ldi. Ba’zi holatlarda esa bunday suitsidal urinishlarning kelib chiqishida affektiv qo‘zg‘alishlarning ishtirok etishligi oldidan o‘ylangan suitsidal o‘y va niyatlar asosida emas, balki to‘satdan vujudga kelgan suitsidal xulq asosida qo‘lga birinchi duch kelgan narsa bilan amalga oshirilgan. Bolalar va o‘smirlar suidsidining tugallanganlik va tuganllanmaganlik darajasini o‘rganish natijalariga ko‘ra kichik yosh davrlaridagi bolalarda suidsidal urinishning tugallanganlik darajasining yuqoriligi, ya’ni yashashadan voz kechishga qaratilgan haqiqiy mazmunga ega ekanligi, yoshi ortib borishi bilan esa suidsidal xulqning namoyishkorona tus ola boshlaganligi, ya’ni tugallanmaganlik darajasining ortib borilganligi kuzatiladi. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, suidsidal xulq kichik yosh davrlarida suidsial urinish qo‘rquv, his-hayajon holatida sodir etilganligini tufayli tugallanganlik darajasi yuqori bo‘lsa, katta yosh davrdagi bolalar va o‘smirlarda esa suidsidal xulqning namoyishkorona mazmunga ega ekanligi ularda tugallanmagan suidsidal urinish darajasining yuqoriligini belgilaydi. 99 Bolalar va o‘smirlarda suidsidal xulqning namoyishkorona mazmunga ega bo‘lishligi suidsidalni o‘y va niyatlarning suidsid oxiri natijasi bilan mos kelmasligini keltirib chiqadi. Shunday qilib, bolalar va o‘smirlar suidsidining psixologik ma’nosini o‘rganish yuzasidan olingan natijalarga ko‘ra quyidagicha xulosalarni umumlashtirish mumkin: - Bolalar va o‘smirlar suidsidi o‘zini hayotdan mahrum etishga emas, balki izdan chiqqan ijtimoiy psixologik munosabatlarni qayta tiklashga qaratilgandir. - Bolalar va o‘smirlar tomonidan sodir etilayotgan suidsidal urinishlar asosan namoyishkorona va impulsiv xarakterdagi suidsidallardir. - Bolalar va o‘smirlar suidsidining psixologik ma’nosi asosan nomaqbul vaziyatga nisbatdan o‘z noroziligini bildirish maqsadidagi “isyon”, “qasos” va atrofdagilar e’tiborini o‘ziga qaratish yo‘naltirilgan “chaqiriq” mazmunga egadir 3 . O‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini hosil qilish, balog‘atga yetmagan yoshlarni mustaqil xayotga tayyorlash, yoshlik imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish, o‘z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida tegishli profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish bo‘yicha quyidagilarni amalga oshirish lozim: - notinch oila farzanlari ro‘yxatini shakllantirish, ularga malakali pedagog va psixologlarni biriktirib yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarni olib borish; - ta’lim muassasalarida psixologlar faoliyati samaradorligini oshirish; - ta’lim muassasalarida doimiy ravishda o‘quvchilar bilan o‘z joniga qasd qilishni oldini olish bo‘yicha psixologik testlar, davra suxbatlari olib borish; - notinch oilalardagi muxitni o‘rganish hamda mavjud muammolarni mahalla fuqarolar yig‘inlari va hududiy hokimliklar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish; - o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodlarini yanada rivojlantirish, o‘quvchilar orasida zararli odatlarga qarshi profilaktik tadbirlarni tashkil etishga qaratilgan seminarlarni tashkil etish; - ta’lim muassasalarida, shuningdek sinf xonalarini o‘quvchilarning o‘z joniga qasd qilishning fojiyali oqibati va uni oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali vositalar (bukletlar, plakatlar) bilan jihozlash; - o‘quvchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish va uning og‘ir oqibatlari haqida shifokorlar, psixologlar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida profilaktik tushuntiruv ishlarini olib borish; - yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish holarining oldini olish, balog‘atga yetmaganlarni kelgusi hayotga tayyorlash va ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgan tadbirlar va sahna ko‘rinishlari tayyorlash. Voyaga yetmaganlar tomonidan o‘z joniga qasd qilish holatlari bo‘yicha tergovoldi tekshiruvi sinchkovlik bilan, har tomonlama, to‘la va xolisona o‘tkazilishi va qonuniy qaror qabul qilinishini ta’minlash lozim. Bunday hodisalar yuzasidan voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyalarga, zarur hollarda esa ichki ishlar organlariga, ta’lim muassasalariga, 3 Umarov B.M. Bolalar va o‘smirlar suitsidining yosh va ijtimoiy psixologik xususiyatlari. Psixologiya nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi ishi. T. 1993 y. 100 xotin-qizlar qo‘mitalariga tekshiruvlar tayinlab, bolalarning o‘z joniga qasd va suiqasd qilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini qat’iyatlik bilan hal qilish lozim bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling