Ўзбекистон республикаси халқ


 Bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet65/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
4.8. Bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari 
Keyingi yillarda bolalar va o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish 
hodisasining ko‘payib borayotganligi kuzatilmoqda. Tabiiyki, bu o‘z navbatida 


86
insoniyat va jamiyat uchun yot bo‘lgan o‘z joniga qasd qilishdek illatning oldini 
olishga qaratilgan chora tadbirlarni ishlab chiqishni takozo etadi. Barcha salbiy 
illatlar singari o‘z joniga qasd qilish hodisasining oldini olish uchun esa uning kelib 
chiqish sababini aniqlash lozim bo‘ladi.
Suitsidal xulqning sabab va motivlari o‘rganish yuzasidan turli yillarda qator 
tadqiqotchilar tomonidan samarali ilmiy izlanishlar olib borilgan bo‘lib, ularda har 
bir yosh davrida suitsidga sabab buluvchi omillarni tahlil qilishga harakat qilinadi. 
Jumladan, bolalar va o‘smirlarda o‘qituvchisining kundalik daftariga yomon baho 
qo‘yish, ota-onasi va yaqinlarining tanbehi, so‘rab tergashi, maktab o‘quv 
dasturlarini o‘zlashtirolmaslik, ruhiy nosog‘lomlik va o‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan 
emotsional beqarorlik tufayli suitsidal urunishga qo‘l urilsa, ayni kuch g‘ayratga 
to‘lgan yetuklik chog‘ida yoshlikdagi orzu umidlarining ruyobga chiqmaganligi, 
oilaviy nizolar va azob uqubatdan qutulish uchun o‘z joniga qasd qilishni tanlashligi 
qarilik yoshi davrida esa keksalik azobidan va birovga og‘irligi tushayotganligidan 
suitsidal urunishga qo‘l uriladi. 
Ma’lumki, suitsidal urunishni amalga oshirish uchun ma’lum shart-sharoit, 
vaziyat bo‘lishligi zarur bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, suitsidal xulqning 
sabab va bahonasidan shart-sharoit omilni ajrata bilish muhimdir. Omil deyilganda 
shunday voqea hodisalar majmuasi tushuniladiki, garchand konkret oqibatni yuzaga 
keltirmasada, suitsidal xulqning rivojlanishi uchun qulay va zarur imkoniyat, sharoit 
yaratiladi. Biror bir voqea-hodisa yo‘qki, u shart-sharoitsiz rivojlansa va amalga 
oshsa. Ba’zan bir xil sabab turlicha voqea va hodisalarga olib kelishi mumkin. Bu 
shart-sharoit omilga bog‘liqdir.
Bahona esa voqea-hodisalarning amalga oshirilishi uchun sababga turtki 
bo‘ladi. Bahona tashqi va tasodifiy xarakterga ega bo‘lib, u voqea-hodisalar 
o‘rtasidagi sababiy bog‘liqlik yoki o‘zaro aloqani ta’minlash xizmatini bajaradi. O‘z 
navbatida bahona suitsidning motivi haqida ayrim ma’lumotlarni ham berishi 
mumkin. Ba’zan esa bahona, shart-sharoit hamda suitsidal xulq motivi bilan bir 
qatorda suitsidning sababini ochib berishi mumkin.
Ma’lum bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlar suitsidining maqsadini aniqlash har 
doim muvaffaqiyatli kechavermas ekan. Bunga birinchidan ota-onalar va yaqin 
kishilarning “bo‘lgan ish bo‘ldi, baribir o‘lganni tiriltirib bo‘lmaydi” qabilida ish 
tutishlari natijasida to‘la haqiqatni aytishdan bosh tortishlari sabab bo‘lsa, 
ikkinchidan suitsidal urunish ba’zan intim munosabatlar tufayli sodir etilganligi 
uchun suitsidentlarning o‘z xatti-harakatlari haqida suz yuritishdan bosh tortishi 
suitsidal urunishning haqiqiy sabab va motivlarini aniqlash jarayonini 
qiyinlashtiradi. Shuning uchun bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlarini 
aniqlash bir qator kompleks fazifalarni amalga oshirishni taqazo qiladi. Suitsident 
shaxsi xususiyatlari jumladan, xarakter, temperament va xulq atvoridagi 
o‘zgarishlar, emotsional irodaviy va yosh xususiyatlari, maktab faoliyati tahlili
hamda oilada va o‘rtoqlari davrasida tutgan mavqei, psixologik muhit va shu 
kabilarni o‘rganish shular jumlasidandir. Biroq, bu singari suitsidogen omillar 
doimo tashqi olam va shaxs ichki dunyosi bilan murakkab o‘zaro bog‘lanishga ega 
bo‘lganligi, hamda bir xil ahamiyatli va bir-biriga bog‘langan biologik, psixologik 


87
va ijtimoiy komponentlar majmuasidan tashkil topganligi tufayli har doim ham 
yaxshi va tulakonli natija beravermasligi kuzatiladi.
O‘zbekistonda olib borilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlardan ma’lum 
bo‘lishicha, bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab va motivlari turlicha va xilma-xil 
bo‘lib, jumladan pubertat oldi va kichik pubertat (jinsiy yetilish davri) yoshi 
davrlarida suitsidal xulqning asosiy motivi bo‘lib, sog‘lomlik (asosiy ruhiy 
nosog‘lomlik) va qo‘rqinch holatlariga bog‘liq bo‘lgan nizolar, kechinmalar xizmat 
qilsa, pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida shaxsiy oilaviy, o‘qituvchi va 
o‘quvchi o‘rtasidagi nizolar hamda ijtimoiy ahloq normalari bilan bog‘liq bo‘lgan 
nizolar asosiy motivlarini tashkil qiladi.
Pubertat oldi va kichik pubertat yoshida sog‘lomlik holatining asosiy motiv 
sifatida namoyon bo‘lishi, bizningcha, suitsidentlarning yosh bo‘lganliklari uchun 
shaxsiy, oilaviy va ijtimoiy ahloq normalariga bog‘liq bo‘lgan nizolarga duch 
kelmaganliklari bilan belgilanadi. Pubertat va pubertatdan keyingi yosh davrlarida 
esa suitsidentlarning yoshi, bio-psixologik va ijtimoiy e’tiyojlarining ortib borishi, 
ularni oilaviy munosabatlariga hamda, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida, moddiy-
maishiy ta’minotga bog‘liq bo‘lgan nizolarga nisbatan munosabatga kirishishni 
undaydi. Bu singari munosabatlarning paydo bo‘lishi nizoli vaziyatlarning kelib 
chiqishiga va ularning asosiy motivi sifatida namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Ko‘p holatlarda suitsidal xulqning sabab, bahona va motivlari bir-biriga 
korishib ketganligi tufayli bolalar va o‘smirlar suitsidining sabab, bahona va 
motivlarini yakka hodisa sifatida o‘rganishda qator qiyinchiliklarga duch kelinadi. 
Shu sababli o‘z tadqiqotimiz natijalari asosida bolalar va o‘smirlarda suitsidal 
xulqning sabab, bahona va motivlarining shartli klassifikatsiyasi tuzildi. Bunga 
ko‘ra bolalar va o‘smirlar suitsidining bahona va motivlari kuyidagicha 
ifodalaniladi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling