Ўзбекистон республикаси халқ


 Tibbiy-psixologik qayta tiklanish o‘z joniga qasd qilishni profilaktika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
4.6. Tibbiy-psixologik qayta tiklanish o‘z joniga qasd qilishni profilaktika 
qilish omili 
Ushbu uslublar “O‘z joniga qasd qiluvchilar xavfi guruhi”ning kompleks qayta 
tiklanish tadbirlari asosini tashkil etadi. Bu dasturlar mijozlarning umumiy holatini 
qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan. 
Ma’lumki, bunday dasturlarga aholining eng zaif bo‘g‘ini: bolalar, o‘smirlar va 
nogironlar ehtiyoj sezadilar. 
O‘z joniga qasd qilish xulqining profilaktikasiga yo‘g‘rilgan ikkita dasturni 
misol tariqasida keltiramiz. 


80
Ulardan biri bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan bo‘lib, ular hayotining 
sezilarli qismini qamrab oladi. 
Boshqasi esa jangovar harakatlar olib borilgan joylardan qaytgan harbiy 
xizmatchilar uchun mo‘ljallangan. 
Psixolog olimlar N.Morozova va M.Ovchinnikovalar bolalar uchun tibbiy-
psixologik yordam va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kompleksli dasturning asosiy 
yo‘nalishlarini ishlab chiqishgan. Bunda asosiy e’tibor profilaktikaga qaratilgan.
Ularning ta’kidlashicha, bolalarning asosiy qatlami uchun kompleksli tibbiy-
psixologik xizmatni shakllantirish o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish 
yo‘lida tashlangan ishonchli qadamdir.
Xizmat jarayonining bosh yo‘nalishi-ruhiy gigienik bo‘lib, bolalar va 
o‘smirlarning ruhiy sog‘lomligini mustahkamlash va ko‘riqlashga qaratilgandir.
Xizmatning ajratib ko‘rsatiladigan jihatlaridan biri bu 3 tomonlama 
yondashish:
Ruhiy-pedagogik, tibbiy va ijtimoiy ya’ni, har xil mutaxassislarning 
hamkorlikda faoliyat olib borishi. 
Ish yo‘nalishlarining ikkita asosiy mezonini ajratish mumkin: 
- o‘qitish va tarbiyalash sharoitlarini optimallashtirish. 
Bunda o‘kuvchilar shaxsiyatini shakllantirishda ularning to‘laqonli shaxs 
bo‘lib rivojlantirishga ko‘maklashuvchi vositalarga e’tibor qaratiladi. Bunda tashqi 
muhit ta’sirlaridan asrash ham muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilar shaxsiyatini rivojlantirishda bolalarning ruhiy-asab tizimining 
barvaqt shikaslanishining oldini olish bo‘yicha ogohlantirish.
Bu yo‘nalishning asosiy yo‘nalish va dasturlari ruhiy profilaktikadir.
Bu yo‘nalishning asosiy maqsadi bolaning ruhiyatiga ratogen ta’sirning oldini 
olish va uni yo‘qotishga qaratiladi. Bu birinchi navbatda bola rivojlanishining ruhiy-
ijtimoiy muhitini sog‘lomlashtirish, ya’ni ota-onalar va pedagoglar bilan ishlashni 
jadallashtirishdan iboratdir. 
Bundan tashqari, ota-onalarga ixtisoslashtirilgan yordam ko‘rsatilib, tarbiyaviy 
ko‘nikmalarini shakllantirish, muammoli oilalar bilan ishlashga asosiy e’tibor 
qaratiladi. 
Bolalarning o‘z tengqurlari, ulardan kattalar bilan muloqot qilishida yuzaga 
keladigan noqulayliklar, o‘z harakatlarini noadekvat baholashni cheklash uchun 
ijtimoiy treninglar guruhiy tartibda o‘tkaziladi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, 
muammoli vaziyatlarda bolalarda stressli holatlarni yumshatishga ularni ruhiy-
emotsional zo‘riqishlardan xalos etish juda muhim rol o‘ynaydi. 
Individual yondashuvni amalga oshirish negizi – bu o‘quvchilarning ruhiy va 
psixomatik buzilishilarini, intellektual va shaxsiy rivojlanishning kamchiliklarini o‘z 
vaqtida aniqlashdir. Bu o‘quvchilarning ruhiy rivojlanishi va sog‘lig‘i holatining 
tashxisi hisoblanadi.
Tibbiy tashxis orqali o‘quvchilarda umumiy somatik va psixonervologik 
tekshirishlar o‘tkazilib, ular orasidan xavfli guruhlar kontingenti aniqlanadi. 


81
O‘z joniga qasd qilish holatlarning yuqori darajasida psixologik maslahat va 
psixoterapiya tavsiya etiladi. Bunday davolashda mijozning so‘zlarini tinglash va 
uning yolg‘iz emasligi hissi va tushunishi asosiy natijalardan biridir. 
Bu borada viloyatdagi ta’lim muassasalarida bolani ma’naviy, ruhiy va 
jismoniy sog‘lomlashtirishga qaratilgan mavjud shtat birliklari doirasida tibbiy-
ruhiy markazlarni tashkil etib, ularning oldiga aniq vazifalarni qo‘yib, ijrosini 
nazorat qilish maqsadga muvofiq. 
Chunki, o‘tish davridagi bolani hayot bilan bog‘lovchi ishlar va tadbirlar 
qancha ko‘p bo‘lsa o‘z joniga qasd qilish ehtimoli shuncha kam bo‘ladi. 
Bolalarda maxsus dastur oshkor qilmagan holda o‘z joniga qasd qilish 
holatlariga qarshi tura olish kayfiyati va ruhiyatini shakllantirish zarur. Bunda 
asosiysi, ularda hayotiy muloqotni rivojlantirish, bir-birini tushunish, yangi ijtimoiy 
aloqalar va ko‘nikmalarni rivojlantirish, stress holatlarini yengish qobiliyatini test 
yoki boshqa usullarda tekshirish hisoblanadi. 
Zamonaviy hayotda o‘z joniga qasd qilish – noxush ijtimoiy holat bo‘lib 
hisoblanadi.
Bizning madaniyatimiz va milliy odatlarimizda o‘z joniga qasd qilish 
qaxramonlik 
yoki 
gunohni 
yuvuvchi 
qurbonlik 
sanalmasligini 
voyaga 
yetmaganlarga chuqur va har tomonlama tushuntirish lozim bo‘ladi.
O‘z joniga qasd qilish holatlarining har birida o‘z sabablari bor. Faqat ular o‘z 
joniga qasd qiluvchilar o‘rab olgan kishilarga tushunarli emas. Suiqasdning asosiy 
sabablari – jazodan qo‘rqish, ruhiy kasallik, uyda va ishdagi noxush holatlar, pul 
yo‘qotishlar va kambag‘allik, hayotdan “to‘yishlik”, somatik kasalliklar bo‘lib 
hisoblanadi.
Suiqasd qiluvchilarning bu dunyodan o‘tish yo‘llari ko‘pgina omillarga 
bog‘liq: madaniy, tasnifiy va boshaqalar. 
O‘z joniga qasd qilishning eng ko‘p tarqalgani o‘zini osishdir. 
Suiqasd holatinig rivojlanishiga ko‘pgina omillar ta’sir etadi va ko‘p holatlarda 
qaysi bir omil hal qiluvchi ekanligi noma’lum bo‘ladi.
Suiqasdning kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillarga psixologik, ekologik, 
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ommillar kiradi. 
O‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lib, qasd qilolmaganlar bilan psixologlar kamroq 
ishlashi uchun suiqasd holatidagi kishilar guruhi bilan reabilitatsiya va readaptatsiya 
maxsus dasturlari asosida ishlashi zarur. 
Bu dasturlar asosan muloqotni, bir-birini tushunish, yangi ijtimoiy aloqalarni 
rivojlantirish hamda stress holatlarni yengib o‘tishga yo‘naltirilgan.
Psixolog mutaxassislarning ko‘payishi va mijozlar bilan ishlash 
texnologiyasining rivojlanishi bilan suiqasdli holatlarning paydo bo‘lishi 
muammolarini ko‘p hollarda hal qilish mumkin. 
Ayrim chet davlatlar statistikasi tahlil qilinganda, masalan, oxirgi o‘n yil ichida 
Rossiyada yoshlar o‘rtasida o‘z joniga qasd etish holatlari ko‘payganligini 
ko‘rsatadi.
12-14 yoshdagi shaxslarning 30%ga suiqasd haqidagi fikrlar, 6% o‘g‘il bolalar, 
10 % qiz bolalarda suiqasd qilish bilan bog‘liq harakatlar kuzatilmoqda.


82
Mutaxassislar fikricha, 10% suiqasd harakatlarning maqsadi o‘z joniga qasd 
etish, 90% boshqalar diqqatini o‘ziga jalb qilishdan iborat. 
Statistika bo‘yicha har bir vaqtda shaxsiy fojea, halokat, muammolarga yechim 
topmaslik, hayot oldidagi qo‘rquvdan kelib chiqadi.
O‘z joniga qasd etish sabablarini tekshirish natijalari 62% o‘smirlarning o‘z 
joniga qasd etishi oilaviy mojarolar va yetishmaslikda, kattalar tomonidan 
zo‘ravonlik, qo‘rquv, ba’zi pedagoglar tomonidan nojo‘ya xatti-harakatlar, 
o‘qituvchilar, sinfdoshlar, o‘rtoqlari orasidagi mojarolar, atrofdagilarning befarqligi 
ekanligi aniqlangan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling