Ўзбекистон республикаси халқ


 Suiqasdning turlari, haqiqiy suiqasdlik xulqi va suiqasdlik holatining


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
Binder1

 
4.7. Suiqasdning turlari, haqiqiy suiqasdlik xulqi va suiqasdlik holatining 
dinamik rivojlanishi
O‘z fe’l-atvorini ochiq oydin namoyon etish. Bu turdagi o‘smirlar hayot 
qiyinchiliklarning muammolarini yecha olmaslik va o‘zlariga boshqalarning 
diqqatini qaratish orqali o‘z joniga qasd qiladilar. Bu yordam so‘rash usuli o‘z 
joniga qasd kilish o‘ziga real zarar yetkazish emas, atrofdagilarni qo‘rqitish 
maqsadida, o‘smirlarnig muammolari ustida o‘ylanib qolish, kattalarning ularga 
adolatsiz munosabatlarini namoyon etish maqsadida bo‘ladi.
O‘z xulqini namoyish etish, tomirlarni kesish, dori-darmonlar orqali 
zaharlanish, yoki o‘zini osish orqali namoyon etiladi. 
Bu turdagi harakatlar yorqin namoyish etiladi. Bu paytda o‘smir impulsiv, aniq 
rejasiz harakat qiladi. Affektiv suiqasdlik holatda o‘smirlar o‘zlarini osadilar yoki 
zararli vositalar orqali o‘zlarini zaharlantiradilar. 
Bu turda aniq o‘ylangan reja tuziladi. O‘smir o‘z joniga haqiqiy qasd qilishga 
tayyorlanadi va qarindoshlariga, do‘stlariga o‘zining harakatlarining sabablari va 
ularni kechirishlarini so‘rab xat qoldiradi. 
Bu harakatlar rejalashtirilgan bo‘lib, ko‘pincha o‘lim bilan tugaydi. Haqiqiy 
suiqasdlikka o‘zini balandlikdan sakrash yoki osish orqali o‘tadi. O‘z joniga qasd 
kilish juda g‘ayritabiiy va keskin qadam bo‘lib hisoblanadi va shuning uchun uni 
ijro etish tezkorlik bilan hal etilmaydi. Bunda uzoq vaqtdagi kechinmalar va bu 
holatdan chiqish yo‘llari izlanadi. 
Suiqasdlik holatining dinamik rivojlanishi: 
Birinchi bosqich - o‘lim haqida savollar bosqichi va hayot mazmuni. Bu 
suiqasdlik harakatini bajarishda moslashish xususiyati (o‘qishga qiziqishning 
pasayishi, muloqotning chegaralanishi, yuqori darajadagi asabiylashish) 
Bu paytda suiqadslik fikrlari paydo bo‘ladi, ya’ni “men bu hayotdan bezor 
bo‘ldim”, “yotsamda, uyg‘onmasam” va boshqalar. 
Oxirgi bosqichda o‘smirda passiv fikrlar paydo bo‘ladi, ya’ni o‘z hayotidan 
mahrum etish, o‘z joniga qasd etish. Bu bosqichda o‘lim haqida faraz qilish, 
fantaziyalar paydo bo‘ladi. 
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, 75% o‘smirlar o‘rtasida o‘z joniga qasd qilish
suiqasdlik holatlari bo‘lgan. Bunaqa turdagi fikrlar baholanmaydi yoki “qo‘rqitish” 
sifatida qabul qilinadi. Har bir o‘z joniga jiddiy qasd etuvchi kishilar bu haqida 
atrofdagilarga o‘zining harakatlari haqida bildiradi. 


83
O‘z joniga qasd etish asta-sekin paydo bo‘ladi va 70% voyaga yetmaganlar o‘z 
joniga suiqasd etadi. 
O‘z joniga qasd etuvchilar ularni boshaqalar eshitishini va ularga so‘z 
berishlarini xohlaydilar. Lekin ko‘pincha bunga erisha olmaydilar. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling