Ўзбекистон республикаси халқ


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet74/106
Sana17.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1541845
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106
Bog'liq
Binder1

Giyohvandlik va alkogolizm. Ijtimoiy sharoitlarni tadqiq qila borib, kim va 
qanday qilib narkotiklarni iste’mol qilishi haqida ko‘plab narsalarni bilib olish 
mumkin. Tarixiy o‘zgarishlar insonlarda yuzaga kelayotgan alkogolga qaramlik va 
uning oqibatlari xarakteriga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Taxminan ikki yuz yil 
muqaddam odamlar o‘simlik xom ashyosidan toza kimyoviy moddalar olishni 
o‘rganib olishdi, bu esa kuchli va xavfli narkotiklar yaratilishiga olib keldi. XIX 
asrning ikkinchi yarmida teri ostiga inyeksiya yuborish uchun ignaning kashf etilishi 
giyohvandlarga organizmning tabiiy biologik himoya mexanizmlarini aldash 
imkonini yaratdi: ular narkotiklar juda sekin so‘riladigan, ularning achchiq ta’mi esa 
jirkanish va yoqimsiz tuyg‘ularni paydo qiluvchi oziq-ovqat yo‘lini chetlab o‘tgan 
holda narkotiklarni kiritishni boshladilar. XX asrda ko‘plab sintetik narkotiklar 
yaratilishi bilan giyohvandlarning imkoniyatlari kengaydi, ularning soni ortdi. Lekin 
madaniy muhitning narkotikka qaramlikka ta’siri bu bilan cheklanmaydi. Shubhasiz 
vaqtining ko‘p qismini ko‘p ichadigan odamlar bilan o‘tkazadigan kishilar ham 
spirtli ichimliklarni suiste’mol qiladigan bo‘lib qolishadi. Ayrim etnik guruhlar 
alkogolizmga boshqalardan ko‘ra ko‘proq moyildirlar, bu esa, chamasi, avloddan-
avlodga o‘tuvchi spirtli ichimlik iste’mol qilish an’anasi bilan bog‘liq. Narkotiklarni 
iste’mol qilish ustidan jamiyat nazoratining susayishi narkotikka qaramlar sonining 
ko‘payishiga sababchi bo‘ladi. Agar narkotik iste’mol qilish an’anasiga ega 
bo‘lmagan va uning kishiga ta’siri oqibatlariga tayyor bo‘lmagan madaniy muhitda 
paydo bo‘lsa, unga qaramlik epidemiya kabi ommaviy tus olishi mumkin. 
Amerikalik hindu qabilalari alkogol bilan tanishgan vaqtda shunday voqealar sodir 
bo‘lgan. Zamonaviy industrial jamiyatda giyohvandlikning yuqori darajada ekanligi 
sabablaridan biri narkotik moddalarni iste’mol qilishni tartibga soluvchi belgilangan 
qoidalarning mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. 
O‘zini-o‘zi yemiruvchi axloqning eng keskin shakli o‘zini-o‘zi asrash yoki 
hayotini asrash instinktining buzilishida namoyon bo‘ladi. Bu instinkt hayvonot 
olami, shu jumladan insoniyat turmushida muhim rol o‘ynaydi, chunki uning ta’siri 
tirik organizm faoliyatining asosiy stimullari – “jazo”, “lazzat” stimullariga 


116
asoslangan. Shuning uchun uning buzilishi gomeostaz 

hayotiy muhim 
funksiyalarni ta’minlash va muvozanatlash kompleksining buzilishi bilan bog‘liq. 
Gomeostaz 

biron-bir tizimning ushbu muvozanatni buzuvchi ichki va tashqi 
omillarga qarshi ta’sir ko‘rsatish yo‘li bilan saqlanadigan muvozanatli holatidir. 
Haqiqatdan ham, garchi ular hayvonot olamida odamlardagiga nisbatan 
kamroq uchrasada, o‘zini-o‘zini o‘ldirish holatlarini hayvonlarda, masalan, o‘zini-
o‘zi o‘ldiruvchi kitlarda ham kuzatish mumkin. Jonivorlar ko‘pincha sherigini 
yo‘qotish, erkinlikdan mahrum bo‘lish va hatto egasini yo‘qotish oqibatida yuzaga 
kelgan og‘ir hissiy holatlarda o‘zini-o‘zi o‘ldirishga urinadilar. Ba’zan bunday 
holatda ular oziqlanishdan bosh tortadilar, o‘zlariga shikast yetkazishga intiladilar. 
Odam o‘z hayot yo‘lining chegarasini aniq tasavvur etuvchi yerdagi yagona 
mavjudot hisoblanadi. Uning o‘limga munosabati g‘oyat murakkab va ko‘p 
ma’nolidir: u xuddi doimo unga tayyorlangandek bo‘ladi va shu bilan bir vaqtda 
hech qachon uzil-kesil tayyor bo‘lmaydi. Bu ambivalent munosabatlar bir qator 
badiiy asarlarda o‘z aksini topgan. Shuning uchun, kishining o‘zini-o‘zi o‘ldirishi 
muammosi shuningdek, ratsional 

ongli va irratsional 

ichki his bilan sezish 
bilimlarining nisbatiga bog‘liq. Bu jihatdan kishi uchun o‘zini-o‘zi o‘ldirish 
vaqtinchalik chora hisoblanmaydi. Axir hech narsani hech narsaga almashtirib 
bo‘lmaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling