¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/38
Sana19.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1102501
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38
Bog'liq
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar

 


12 
 
2.3. KURS ISHI MAVZUSI YUZASIDAN ILMIY-NAZARIY 
XULOSALAR CHIQARISH VA ULARNI UMUMLASHTIRISH 
 
Talaba kurs ishi mavzusida ko„tarilgan nazariy muammoni daliliy misollar 
yordamida ilmiy asoslashi va umumlashma xulosalar chiqarishi lozim bo„ladi. Talaba 
nazariy xulosalarini dalillash uchun asosiy hollarda badiiy, publitsistik uslub, zarur 
o„rinlarda so„zlashuv nutqi materiallaridan tanlab olingan misollarga murojaat qiladi. 
Bunday misollar to„g„ri va o„rinli tanlanishi, mavzuning mohiyatiga muvofiq kelishi 
hamda talabaning ilmiy xulosalarini ilmiy asoslashga xizmat qilishi darkor. 
Talabaning kurs ishi rejasida ko„tarilgan nazariy muammoni to„laqonli ochib 
berishi, umumlashma ilmiy xulosalar chiqarishi tanlagan tadqiq usuliga ham bog„liq. 
Kurs ishida sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash, bevosita 
ishtirokchilarga ajratish, transformasiyalash, modellashtirish kabi eng ilg„or tahlil 
usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Til hodisalarining bunday tadqiq usullari 
yordamida tahlil etilishi o„ranilayotgan obyektining bevosita kuzatishda berilmagan 
yashirin xususiyatlarini aniqlash hamda u haqida to„g„ri umumlashma ilmiy xulosalar 
chiqarishga imkon beradi.
Talaba mavzuga oid nazariy xulosalarni umumlashtirish jarayonida ko„tarilgan 
muammo yuzasidan o„z shaxsiy qarashlarini ham ifoda etishi lozim bo„ladi. Ba‟zan 
talabaning kuzatishlari asosida chiqargan shaxsiy xulosalari mavjud ilmiy 
manbalardagi nazariy xulosalarga mos kelmasligi mumkin. Bunday holatda talaba o„z 
ilmiy qarashlarini to„plagan daliliy misollari asosida to„g„ri asoslay olsa, kurs ishining 
ilmiy-nazariy qimmati yanada oshadi. 
Talaba kurs ishi mavzusida ko„tarilgan muammo yuzasidan to„g„ri nazariy 
xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilmiy manbalarni chuqur 
o„rganishi, ularni qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan so„ng u umumlashma xulosalar 
chiqarishi va to„plagan daliliy misollari asosida rejadagi masalalarni yoritib berishi 
lozim bo„ladi. 

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling