¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги
“HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHLARINI
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar
2.6. “HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHLARINI
OCHIQ HIMOYA QILISH “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fani bo„yicha tashkil etiladigan kurs ishlari mutaxassislik kafedralarida belgilangan tartibda himoya qilinadi. Kurs ishi ilmiy rahbar taqrizidan o„tib (4-ilova), himoyaga tavsiya etilgach, talaba ishni kafedraning maxsus yig„ilishida ochiq himoya qiladi. Kurs ishini himoya qilish yakuniy baholash nazorati haftasi oralig„ida o„tkaziladi. Himoya kuni oldindan belgilanib, talabalarga e‟lon qilinadi. Talaba kurs ishini maxsus tuzilgan hay‟at huzurida himoya qiladi. Himoya vaqtida talaba kurs ishi mavzusining o„rganilganlik darajasi, kurs ishida amalga oshirilgan vazifalar, kurs ishining tadqiq obyekti va metodi, ishning ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining tuzilishi haqida ma‟lumot beradi hamda mavzuning asl mohiyatini qisqa sharhlaydi. Shu bilan birga, ilmiy rahbar taqrizida ko„rsatilgan e‟tiroz va kamchiliklarga javob beradi. Himoya jarayonida talaba kurs ishida ko„tarilgan muammo yuzasidan chuqur bilimga ega ekanligini namoyon etishi, muammo bo„yicha o„z nuqtayi nazarini bayon qilishi lozim. Kurs ishini himoya qilish vaqtida talabaga hay‟at a‟zolari, shuningdek, himoyada ishtirok etayotgan professor-o„qituvchilar, talabalar mavzu yuzasidan savollar berishi mumkin. Hay‟at a‟zolari talabaning himoyadagi javoblari asosida uning yozgan ishiga yakuniy baho qo„yadilar. Agar kurs ishi talab darajasida yozilmagan bo„lsa, talaba kurs ishi himoyasiga qoyilmaydi va ish qayta ishlash uchun qaytariladi. Kurs ishini belgilangan muddatda rasmiylashtirmagan hamda uni himoya qilmagan, shuningdek, hay‟at a‟zolari tomonidan kurs ishi qoniqarsiz baholangan talaba akademqarzdor sanaladi. 17 Ko„tarilgan muammoning tadqiq darajasi, kurs ishi va uning bo„lim (bob)larida ko„tarilgan masalalar tahlili asosida mukammal darajada yozilgan ilmiy asoslarga boy kurs ishini amaliyotga tatbiq etishga, xususan, amaliy va tajriba mashg„ulotlarida, talabalar ilmiy anjumanlarida foydalanishga tavsiya etish mumkin. Himoya hay‟ati qarori asosida bunday kurs ishini nashr etishga tavsiya etish ham mumkin. Mukammal yozilgan kurs ishini talaba bitiruv malakaviy ishi darajasiga olib chiqishi ham mumkin. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling