¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


II. KURS ISHINI YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/38
Sana19.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1102501
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar

II. KURS ISHINI YOZISH YUZASIDAN AMALIY TAVSIYALAR 
 
2.1. MAVZU REJASINI TUZISH 
Kurs ishining rejasini tuzishdan oldin talaba mavzu bo„yicha tavsiya etilgan 
barcha ilmiy manbalarni sinchiklab o„rganishi, ularni tahlil qilishi lozim bo„ladi. 
Mavjud ilmiy manbalarni o„rganish asosida talaba mavzuning o„rganilganlik darajasi 
haqida to„liq tasavvurga ega bo„ladi. Shundan so„ng u kurs ishi mavzusini yoritishda 
qanday masalalarga e‟tibor qaratish joizligi haqida mushohada yuritadi va mavzuni 
yoritish rejasini tuzadi.
Kurs ishi mavzusi bo„yicha tuzilgan rejada quyidagi masalalarga e‟tibor qaratish 
maqsadga muvofiq: 


10 
1. Kurs ishining umumiy tavsifini yoritish. Bu masala “Kurs ishining umumiy 
tavsifi” bandida yoritiladi. 
2. Kurs ishi mavzusining o„rganilganlik darajasi haqida ma‟lumot berish, 
mavzuga oid ilmiy manbalarga tanqidiy munosabat bildirish. Bu masala kurs ishining 
Kirish qismida yoritiladi. 
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilmiy asoslanishi lozim bo„lgan eng muhim 
masalalarni ajratish va ularni bo„lim (bob)larga kiritish. Bu masalalar kurs ishining 
“Asosiy qism”ida yoritiladi. 
4. Kurs ishi mavzusi bo„yicha umumlashma nazariy xulosalar chiqarish va ularni 
izchillikda bayon etish. Bu masala kurs ishining “Umumiy xulosalar” bandida aks 
ettiriladi. 
5. Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalar haqida ma‟lumot berish. Bu masala 
kurs ishining “Foydalanilgan adabiyotlar” bandida aks ettiriladi. 
Kurs ishi rejasida qayd etiladigan bu masalalar mavzu mohiyatini ochib berishga 
qaratilgan bo„lishi joiz. Bu masalalarning rejada aniq, qisqa sarlavhalar ostida 
izchillikda berilishiga qat‟iy rioya qilish lozim bo„ladi.
Kurs ishi rejasida berilgan masalalarning qay tartibda bo„lishi, muhim-
nomuhimligi, soni tanlangan mavzuning mohiyatiga bog„liq. Mavzuga aloqador eng 
muhim masalalarni alohida bo„lim (bob)larda yoritish tavsiya etiladi.
Dastlabki tuzilgan reja ilmiy rahbar nazoratidan o„tkazilishi lozim. Ilmiy rahbar 
zarur hollarda rejaga tuzatishlar kiritish bo„yicha tavsiyalar berishi mumkin.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling