¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги
“Kurs ishi mavzulari bo„yicha tavsiya etiladigan umumiy adabiyotlar”
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. “HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI 1.1. “HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHI
“Kurs ishi mavzulari bo„yicha tavsiya etiladigan umumiy adabiyotlar”
bandida kurs ishi mavzulariga aloqador oxirgi (10-15 yy.) yillarda e‟lon qilingan eng muhim ilmiy-nazariy manbalar tavsiya etildi. Ilovada “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini rasmiylashtirish tartibiga oid namunalar berildi. 5 I. “HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI 1.1. “HOZIRGI O„ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN KURS ISHI MAVZULARINING BELGILANISHI “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlari mavzulari mutaxassislik kafedrasida O„zR DTS va fan bo„yicha tuzilgan namunaviy o„quv dasturi asosida belgilanadi va avval kafedrada, so„ngra fakultet ilmiy kengashida muhokama etilib tasdiqlanadi. “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzularini belgilashda talabalarning ushbu fanga oid nazariy bilimlari va ko„nikmalarini hamda fan bo„yicha umumiy qiziqishlarini e‟tiborga olish lozim bo„ladi. Ta‟limdagi uzviylik va uzluksizlikni ta‟minlash maqsadida kurs ishlari mavzularini bitiruv malakaviy ishi mavzularining ma‟lum bir bob (bo„lim)lari bo„yicha belgilash maqsadga muvofiq. Masalan, “O„zbеk tilshunosligida ergashgan qo„shma gaplar talqini” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining bir bobini “Hozirgi o„zbеk adabiy tili” fani bo„yicha “Ta‟lim bosqichlari dastur va darsliklarida ergashgan qo„shma gaplarning ilmiy talqinii” mavzuidagi kurs ishi sifatida bеrish mumkin. Shuningdek, bu muammoni “O„zbеk tili o„qitish mеtodikasi” fani bo„yicha “Ergashgan qo„shma gaplar” mavzusini o„tishda zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish” yoki “Ergashgan qo„shma gaplar” mavzusini o„tishda o„quvchilarni mustaqil fikrlashga o„rgatish” mavzularidagi kurs ishi sifatida ham bеrish mumkin. Albatta, ta‟limda bu tarzda uzviylik va uzluksizlikning ta‟minlanishi talabaning foydali ish koeffisеntini oshirishga yordam beradi, uning mavzuni yanada chuqurroq va atroflicha o„rganishiga imkon yaratadi. Bu orqali ta‟lim jarayonida fanlar bo„yicha mukammal kurs ishlarining bajarilishiga erishiladi. “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan kurs ishi mavzulari talabalar tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi. Talabalar kurs ishi mavzusini tanlashda quyidagi masalalarga jiddiy e‟tibor qaratishlari lozim bo„ladi: 1. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuning hozirgi kunda dolzarbligi darajasiga, tilshunoslikda qay darajada tadqiq etilganligi va mavzuga oid ilmiy-nazariy manbalarning yetarli ekanligiga e‟tibor qaratishi lozim. 2. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir ilmiy tasavvuri va nazariy bilimining mavjudligiga e‟tibor qaratishi lozim. 3. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuni yorita olish imkoniyati, bilimi, qobiliyatining yetarli ekanligiga e‟tibor qaratishi lozim. 4. Talaba kurs ishi mavzusini tanlashda mavzuga doir mavjud ilmiy manbalarni to„liq o„rganib chiqish imkoniyatining mavjudligiga e‟tibor qaratishi lozim. Talaba kurs ishini o„zi izlanish olib borayotgan muayyan mavzu bo„yicha yozish huquqiga ham ega. Buning uchun talaba mutaxasislik kafedrasiga o„z mavzusi va 6 uning rejasi haqidagi ma‟lumotlarni taqdim etishi hamda kafedra muhokamasidan o„tkazishi lozim bo„ladi. Mavzu kafedra tasdig„idan o„tgach, talaba “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan mana shu mavzu bo„yicha kurs ishini yozish imkoniyatiga ega bo„ladi. Kafedra va fakultet ilmiy kengashi tasdig„idan o„tgan kurs ishi mavzulari talabalarga semestr boshidayoq taqdim etiladi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling