¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar
ishi mavzulari banki” deb nomlangan bandida “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanining
barcha bo„limlari yuzasidan kurs ishi mavzulari tavsiya etildi. Tavsiya etilgan kurs ishi mavzularining ayrimlari ma‟lum darajada darslik, o„quv qo„llanmalarida yoritilgan, ayrimlari shu kunga qadar maxsus tadqiqot obyekti bo„lgan. Ba‟zi masalalar esa maxsus tadqiqni talab etadi. Shu sababli kurs ishi mavzusi talabalar tomonidan erkin tanlanadi. Albatta, bu mavzular fan o„qituvchilari tomonidan yilma-yil to„ldirib borilishi yoki zarur hollarda o„zgartirish kiritilishi mumkin. Kurs ishi talabani ilmiy tadqiqot ishiga yo„naltiruvchi dastlabki amaliy ish bo„lganligi sababli talabaga ilmiy rahbar tayinlanadi. Kurs ishiga ilmiy salohiyatga ega malakali professor-o„qituvchilar rahbarlik qilishadi. Ilmiy rahbar mutaxassislik kafedrasi tomonidan belgilanadi. Ilmiy rahbar talabaga kurs ishini yozish metodikasi bo„yicha yo„l-yo„riq ko„rsatib boradi. U: – talabaga kurs ishining maqsad va vazifalarini belgilashga yordam beradi; – belgilangan muammoning o„rganilganlik darajasini aniqlash yuzasidan tavsiyalar beradi; – talabaga mavzu bo„yicha zarur adabiyotlarni tavsiya etadi; – talabani ilmiy manba bilan ishlashga, mavzuga oid daliliy misollar kartotekasini tuzishga o„rgatadi; – talaba tuzgan kurs ishi rejasini tahlil qiladi va zarur hollarda rejaga o„zgartirishlar kiritish yuzasidan yo„l-yo„riq ko„rsatadi. Ushbu uslubiy ko„rsatmada “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan ayrim mavzulardagi kurs ishlarini yozish yuzasidan tavsiyalar berildi. Bu vazifani amalga oshirishdan avval kurs ishining umumiy tavsifi: mavzuning belgilanishi, kurs ishining maqsad va vazifalari, ilmiy va amaliy ahamiyati, kurs ishining tuzilishi haqida ma‟lumot berildi, so„ngra kurs ishini yozish va himoya qilish yuzasidan ko„rsatmalar berildi. Ushbu uslubiy ko„rsatmada “Hozirgi o„zbek adabiy tili” fanidan ayrim kurs ishi mavzularining taxminiy rejalari va mavzuga aloqador dastlabki ilmiy adabiyotlat ro„yxati ham tavsiya etildi. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling