¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


“-la affiksli yasama fe‟llarning o„zbek tilidagi mavqei masalasi”


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/38
Sana19.01.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1102501
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38
Bog'liq
kurs ishini yozish buyicha uslubiy tavsiyalar

-la affiksli yasama fe‟llarning o„zbek tilidagi mavqei masalasi” deb 
nomlangan birinchi bo„limda -la affiksining ma‟no va vazifalari, bu affiksning so„z 
yasovchi va shakl hosil qiluvchi sifatida qo„llanishi kabi masalalar xususida bahs 
yuritiladi. 
Talaba bu bo„limni yoritishdan avval masalaga oid ilmiy manbalarni sinchiklab 
o„rganadi, olimlarning -la affiksining ma‟nolari, so„z yasovchi va shakl hosil qiluvchi 
sifatida qo„llanishi haqidagi qarashlarini tahlil qiladi, so„ngra S.Ahmad asarlaridan 
tanlab olingan - la affiksli yasalma fe‟llar ishtirokida tuzilgan gaplarni tahlil qilib, bu 
affiksning ma‟no va vazifasini belgilaydi. Shundan so„ng nazariy xulosalarini 
yoritishga kirishadi. 
“ -la affiksli yasama fe‟llarning analitik fe‟llar bilan sinonimiyasi” deb 
nomlangan ikkinchi bo„limda esa sintetik va analitik fe‟l yasalmalar sinonimiyasi 
tahlil etiladi.
Talaba qilmoq (etmoq, aylamoq) fe‟llari bilan yasalgan sintetik yasalmalar va -la 
affiksli analitik fe‟llar sinonimiyasini yoritishdan avval masalaga oid ilmiy manbalarni 
sinchiklab o„rganadi. Xususan, ushbu masalaga bag„ishlangan F.Jumayevning 
“О‟zbek tilidagi sintetik fe‟l yasalmalarining analitik fe‟l yasalmalari bilan 
sinonimik munosabati” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasi (-Toshkent, 2006), 
yuzasidan e‟lon qilingan maqolalar bilan tanishishi lozim.
Shundan so„ng S.Ahmad asarlaridan tanlab olingan daliliy misollari yordamida 
nazariy xulosalarini asoslab berishi lozim bo„ladi. 
Kurs ishining Umumiy xulosalar qismida mavzu yuzasidan chiqarilgan 
xulosalar umumlashtiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati qismida esa “Analitik va sintetik usulda 
yasalgan fe‟llar sinonimiyasi (S.Ahmad asarlari misolida)” mavzusidagi kurs ishini 
yozish mobaynida foydalanilgan barcha ilmiy manbalar ro„yxati qayd etiladi.

Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling