¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги
“HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANI BО’YICHA
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1
1.3. “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANI BО’YICHA
YOZILADIGAN KURS ISHLARINING ILMIY-AMALIY AHAMIYATI “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanining muayyan bo‘limlari yuzasidan yoziladigan kurs ishlari talabalarning til sathi birliklarini shakl va mazmun birligidan tashkil topgan yaxlit tizim sifatida o‘rganish, uning birliklarini aloqa-bog‘lanishda tekshirish hamda eng muhim xususiyatlariga tavsif berish borasida amalga oshiradigan ilk yirik tadqiqot ishlari sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Ma’lumki, fanlar bo‘yicha yoziladigan kurs ishlarida talabalardan muayyan mavzu bo‘yicha umumlashma ilmiy-nazariy xulosalarini bayon etish talab etiladi. Talabalarning nazariy jihatdan asoslangan xulosalari 9 mavzu bo‘yicha tilshunoslikda shakllangan ilmiy qarashlarni boyitishga xizmat qilishi shubhasiz. Talabalar tomonidan yozilgan bunday kurs ishlari orqali o‘zbek tili birliklarining o‘ziga xos xususiyatlari haqida atroflicha ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. Kurs ishida masalaga oid nazariy manbalar yuzasidan bayon etilgan qiyosiy tavsif va chuqur ilmiy tahlillar muayyan mavzuning tadqiq darajasi haqida to‘liq tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Chuqur ilmiy tahlillarga boy kurs ishlaridan o‘zbek tili fani bo‘yicha ma’ruza matnlarini, amaliy va tajriba mashg‘ulotlari ishlanmalarini tuzishda keng foydalanish mumkin bo‘ladi. 1.4. “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZILADIGAN KURS ISHINING TUZILISHI “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yoziladigan kurs ishlari quyidagi tarkibiy qismlardan tarkib topishi maqsadga muvofiq: − kurs ishining titul varag‘i; − mundarija; − kurs ishining umumiy tavsifi; − kirish qism; − asosiy qism; − umumiy xulosalar; − foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati. Kurs ishining birinchi titul varag‘i ishning qayerda, qachon va kim tomonidan bajarilganligi, mavzusi, ilmiy rahbari haqida ma’lumot beradi. (1- ilova) Kurs ishining birinchi titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar aks etadi: 1. Oliy o‘quv yurtining nomi. 2. Fakultet nomi. 3. Talabaning familiyasi, ismi, otasining ismi. 4. Kurs ishi mavzusi. 5. Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, ilmiy darajasi, unvoni. 6. Kurs ishi yozilgan joy nomi va yili. Kurs ishining ikkinchi titul varag‘ida quyidagi ma’lumotlar aks etadi (2-ilova): 1. Kurs ishi bajarilgan kafedra nomi. 2. Ilmiy rahbar familiyasi, ismi, ilmiy darajasi va unvoni. 10 3. Kurs ishi himoyasi o‘tkazilishi belgilangan yig‘ilish manzili. 4. Kurs ishi bilan tanishish mumkin bo‘lgan kafedra nomi. 5. Kurs ishi kafedraga topshirilgan sana. Kurs ishining keyingi varag‘ida mundarija beriladi. Mundarijada kurs ishining tarkibiy tuzilishi aks etadi. Mundarija quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1. Kurs ishining umumiy tavsifi. 2. Kirish qism. 3. Asosiy qism. 4. Umumiy xulosalar. 5. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 6. Ilovalar. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling