¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


  II. KURS ISHINI YOZISH YUZASIDAN AMALIY


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

 


12 
II. KURS ISHINI YOZISH YUZASIDAN AMALIY 
TAVSIYALAR 
 
2.1. MAVZU REJASINI TUZISH 
Kurs ishining rejasini tuzishdan oldin talaba mavzu bo‘yicha tavsiya 
etilgan barcha ilmiy manbalarni sinchiklab o‘rganishi, ularni tahlil qilishi 
lozim bo‘ladi. Mavjud ilmiy manbalarni o‘rganish asosida talaba mavzuning 
o‘rganilganlik darajasi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘ladi. Shundan so‘ng u 
kurs ishi mavzusini yoritishda qanday masalalarga e’tibor qaratish joizligi 
haqida mushohada yuritadi va mavzuni yoritish rejasini tuzadi.
Kurs ishi mavzusi bo‘yicha tuzilgan rejada quyidagi masalalarga e’tibor 
qaratish maqsadga muvofiq: 
1. Kurs ishining umumiy tavsifini yoritish. Bu masala “Kurs ishining 
umumiy tavsifi” bandida yoritiladi. 
2. Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi haqida ma’lumot 
berish, mavzuga oid ilmiy manbalarga tanqidiy munosabat bildirish. Bu 
masala kurs ishining Kirish qismida yoritiladi. 
3. Kurs ishi mavzusi yuzasidan ilmiy asoslanishi lozim bo‘lgan eng 
muhim masalalarni ajratish va ularni bo‘lim (bob)larga kiritish. Bu masalalar 
kurs ishining “Asosiy qism”ida yoritiladi. 
4. Kurs ishi mavzusi bo‘yicha umumlashma nazariy xulosalar chiqarish 
va ularni izchillikda bayon etish. Bu masala kurs ishining “Umumiy 
xulosalar” bandida aks ettiriladi. 
5. Kurs ishi mavzusiga oid ilmiy manbalar haqida ma’lumot berish. Bu 
masala kurs ishining “Foydalanilgan adabiyotlar” bandida aks ettiriladi. 
Kurs ishi rejasida qayd etiladigan bu masalalar mavzu mohiyatini ochib 
berishga qaratilgan bo‘lishi joiz. Bu masalalarning rejada aniq, qisqa 
sarlavhalar ostida izchillikda berilishiga qat’iy rioya qilish lozim bo‘ladi.
Kurs ishi rejasida berilgan masalalarning qay tartibda bo‘lishi, muhim-
nomuhimligi, soni tanlangan mavzuning mohiyatiga bog‘liq. Mavzuga 
aloqador eng muhim masalalarni alohida bo‘lim (bob)larda yoritish tavsiya 
etiladi.
Dastlabki tuzilgan reja ilmiy rahbar nazoratidan o‘tkazilishi lozim. Ilmiy 
rahbar zarur hollarda rejaga tuzatishlar kiritish bo‘yicha tavsiyalar berishi 
mumkin.


13 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling