¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги
“HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1
1.2. “HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN
YOZILADIGAN KURS ISHINING MAQSADI VA UNDA AMALGA OSHIRILADIGAN VAZIFALAR Muayyan mavzu bo‘yicha chuqur ilmiy-nazariy bilimga ega bo‘lish, egallangan nazariy bilimlar asosida umumlashma xulosalar chiqarish, fikrni izchil va ifodali bayon etish ko‘nikmasini namoyon etish “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani bo‘yicha yoziladigan kurs ishining bosh maqsadi hisoblanadi. Shuningdek, muayyan mavzu bo‘yicha mavjud nazariy qarashlarni solishtirish, ularga xolisona munosabat bildirish, mavzuga oid ilmiy manbalarni sinchiklab o‘rganish va tahlil qilish hamda mavzu mohiyatini ochib berishda tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, komponent tahlil qilish, modellashtirish, transformatsiyalash kabi qator usullarini qo‘llash “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yoziladigan kurs ishlarining muhim jihati hisoblanadi. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fani yuzasidan belgilangan kurs ishlarini yozish va ochiq himoya qilishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko‘zda tutiladi: 8 − kurs ishi mavzusining dolzarbligini aniqlash, tadqiq darajasini o‘rganish va unga munosabat bildira olish; − kurs ishining maqsad va vazifalarini, tadqiq usullarini to‘g‘ri belgilash; − kurs ishi mavzusiga oid eng so‘nggi ilmiy manbalarni tahlil qilish va unga munosabat bildira olish; − kurs ishi mavzusi yuzasidan mustaqil mushohada yuritish; − kurs ishi mavzusini yoritishda til hodisalarini o‘zaro aloqa- bog‘lanishda o‘rganishga erishish, o‘xshash til hodisalarini o‘zaro farqlay olish, ularning struktur jihatlarini ajratishga erishish; − kurs ishi mavzusini yoritishda masalaga oid daliliy misollarni tanlay olish va ularni to‘g‘ri tahlil etish asosida ma’lum ilmiy-nazariy xulosalar chiqara bilish; − kurs ishi mavzusini yoritishda nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lay bilish; − kurs ishi mavzusi yuzasidan umumlashma xulosalar chiqara olish; − kurs ishi mavzusini ochiq himoya qila bilish. “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan kurs ishlarini yozishda ilmiy- nazariy tafakkurni shakllantirishga yo‘naltirilgan tadqiq usullari tizimidan, shu jumladan, sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, qiyoslash, zidlash, umumlashtirish, komponent tahlil qilish, til birliklarini modellashtirish, transformatsiyalash kabi eng ilg‘or tahlil usullaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling