¤збекистон республикаси халк таьлим вазирлиги


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/35
Sana20.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787907
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35
Bog'liq
курс ишини ёзиш буйича услубий тавсиялар1212 1

 
 
 


15 
2.3. KURS ISHI MAVZUSI YUZASIDAN ILMIY-NAZARIY 
XULOSALAR CHIQARISH VA ULARNI UMUMLASHTIRISH 
 
Talaba kurs ishi mavzusida ko‘tarilgan nazariy muammoni daliliy 
misollar yordamida ilmiy asoslashi va umumlashma xulosalar chiqarishi 
lozim bo‘ladi. Talaba nazariy xulosalarini dalillash uchun asosiy hollarda 
badiiy, publitsistik uslub, zarur o‘rinlarda so‘zlashuv nutqi materiallaridan 
tanlab olingan misollarga murojaat qiladi. Bunday misollar to‘g‘ri va o‘rinli 
tanlanishi, mavzuning mohiyatiga muvofiq kelishi hamda talabaning ilmiy 
xulosalarini ilmiy asoslashga xizmat qilishi darkor. 
Talabaning kurs ishi rejasida ko‘tarilgan nazariy muammoni to‘laqonli 
ochib berishi, umumlashma ilmiy xulosalar chiqarishi tanlagan tadqiq usuliga 
ham bog‘liq. Kurs ishida sistem-struktur tilshunoslikning tavsiflash, 
qiyoslash, zidlash, bevosita ishtirokchilarga ajratish, transformasiyalash, 
modellashtirish kabi eng ilg‘or tahlil usullaridan foydalanish maqsadga 
muvofiq. Til hodisalarining bunday tadqiq usullari yordamida tahlil etilishi 
o‘ranilayotgan obyektining bevosita kuzatishda berilmagan yashirin 
xususiyatlarini aniqlash hamda u haqida to‘g‘ri umumlashma ilmiy xulosalar 
chiqarishga imkon beradi.
Talaba mavzuga oid nazariy xulosalarni umumlashtirish jarayonida 
ko‘tarilgan muammo yuzasidan o‘z shaxsiy qarashlarini ham ifoda etishi 
lozim bo‘ladi. Ba’zan talabaning kuzatishlari asosida chiqargan shaxsiy 
xulosalari mavjud ilmiy manbalardagi nazariy xulosalarga mos kelmasligi 
mumkin. Bunday holatda talaba o‘z ilmiy qarashlarini to‘plagan daliliy 
misollari asosida to‘g‘ri asoslay olsa, kurs ishining ilmiy-nazariy qimmati 
yanada oshadi. 
Talaba kurs ishi mavzusida ko‘tarilgan muammo yuzasidan to‘g‘ri 
nazariy xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilmiy 
manbalarni chuqur o‘rganishi, ularni qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan 
so‘ng u umumlashma xulosalar chiqarishi va to‘plagan daliliy misollari 
asosida rejadagi masalalarni yoritib berishi lozim bo‘ladi. 


16 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling