Ўзбекистон республикаси ички ишлар вазирлиги андижон вилояти ички ишлар бошқармаси


Download 0.65 Mb.
bet14/14
Sana28.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1136296
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Қўлланма

Bobomurod TOSHЕV.

📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing


📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing


📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing


📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing


📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски


🟢 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular 🟢




2-mavzu


MILLIY ARMIYAMIZ – YANGI O‘ZBEKISTONNING MUSTAHKAM QALQONIDIR


Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari bugun mustaqilligimiz, davlatimiz suvereniteti va hududiy yaxlitligini saqlash, tinch va osuda hayotimizni himoya qilishning muhim tayanchi, kafolatiga aylandi. Zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlangan, ixcham, tezkor va professional armiyamiz Vatanimizning mustahkam qalqonidir.


So‘nggi yillarda harbiy sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilindi, harbiy tuzilmalar¬ning tarkibi va vazifalari chuqur qayta ko‘rib chiqilib, qo‘shinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi. 2018–2021-yillarda qo‘shinlarni zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlash va harbiy texnikalarni ta’mirlash, modernizatsiya qilish bo‘yicha kompleks dastur doirasida qator muhim loyihalar amalga oshirildi.


Hozirgi vaqtda milliy armiya¬mizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarda «Inson qadri uchun» ta¬moyili markaziy o‘ringa qo‘yilmoq¬da. Shu asosda barcha harbiylar¬ning xizmatlarini munosib qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy rag‘batlanti¬rish, oilasi va farzandlarini ijtimoiy himoya qilish borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.


Quvonarli jihati, ushbu sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, O‘zbekiston mudofaa tizimi xalqaro miqyosda yetakchilar qatorida e’tirof etilmoqda. Xususan, «Global Firepower» tashkiloti tuzgan yangi reytingga ko‘ra, dunyo¬ning eng kuchli armiya¬lari qatorida O‘zbekiston armiyasi 55-o‘rinni egalladi. 142 ta davlat armiyalari joy olgan reytingda mamlakatimiz Qurolli Kuchlari Markaziy Osiyo mintaqasida peshqadamlikka erishgan.
Xalqimiz va harbiylarning hamjihatligi mustahkamlanmoqda. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan «Armiya va xalq – bir tan-u bir jon» degan ulug‘vor g‘oya qanchalik xalqchil hamda yoshlar ta’lim-tarbiyasida nihoyatda samarali ekanligi amalda o‘z ifodasini topayotir.


Shubhasiz, mamlakat mudofaa¬sini tashkil qilishda Qurolli Kuchlarimizning ajralmas qismi hisoblangan Ichki ishlar vazirligi tasarrufidagi harbiy tuzilmalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, nisbatan katta shaxsiy tarkibga ega, mamlakatdagi muhim obyektlar xavfsizligi ishonib topshirilgan Qorovul qo‘shinlari, Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlari ana shunday harbiy tuzilmalar sirasidandir.


Mazkur qo‘shinlarda xizmat qilayotgan harbiylar xizmati davlatimiz tomonidan munosib e’tirof etib kelinmoqda. Fidoyi xiz¬mati, ko‘rsatgan jasorati uchun ko‘plab harbiy xizmatchilar davlat mukofot¬lariga sazovor bo‘lish¬moqda, vazirlikning «A’lo xiz¬matlari uchun», «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun», «Qo‘shin a’lochi¬si» ko‘krak nishon¬lari va boshqa mukofotlar bilan rag‘batlantirilyapti.


Masalan, o‘tgan yili birgina Qoro¬vul qo‘shinlari harbiy xizmatchila-ridan 68 nafari «Qo‘shin a’lochisi», 29 nafari «Benuqson xiz¬matlari uchun» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi. Xuddi shuningdek, Prezidentimizning farmoniga muvofiq, bir guruh harbiy xizmatchilar «Shon-sharaf», «Mardlik» ordenlari, «Sodiq xizmatlari uchun», «Shuhrat» medallariga munosib ko‘rildi.


Bundan tashqari, Qorovul qo‘shinlari shaxsiy tarkibini ijtimoiy himoya qilish maqsadida harbiy xizmatchilarga imtiyozli ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olish uchun 373 ta xonadon ajratildi. Uy-joy bilan ta’minlanmagan harbiy xizmatchilarga esa ijarada turganlik uchun kompensatsiya pullari to‘lab berilmoqda.


Ortda qolgan 2022-yilda xalqaro sport musobaqalarida katta natijalar qo‘lga kiritildi. Masalan, 21–26-iyul kunlari Qirg‘izistonda sportning «Usmonov Kombat sistems» turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida 3-darajali serjant Yahyoxon Yusupov va oddiy askar Aziz Muydinov barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lishdi. 26–30-may kunlari poytaxtimizda universal jang bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Dunyo¬ning o‘ttizdan ortiq davlatlaridan qatnashgan 700 nafarga yaqin sportchilar orasida Qorovul qo‘shinlari harbiy xizmatchilari – kapitan Jamol Amonov va kichik serjant Jasur Daminov o‘z vazn toifalarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Turkiyaning Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan universal jang bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqasida kapitanlar O‘ktam Rajabov va Jamol Amonov o‘z vazn toifalarida tengsiz deb topilgani ham kishiga faxr bag‘ishlaydi.


Umuman olganda, vazirlik harbiy tuzilmalarida sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar, intellektual o‘yinlar o‘tkazish, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar, intensiv sinovlarni tashkil etish yaxshi an’anaga aylangan. Bundan tashqari, «Ma’naviyat marshruti» loyi¬hasi doirasida harbiy xizmatchilarning tarixiy obidalar, madaniy obyektlar, muzey va ziyoratgohlarga tashriflari ham muntazamlik kasb etmoqdaki, Vatan himoyachilarining bilim va ma’naviyatini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega bo‘layotir.


2022-yilning 12–15-sentabr kunlari Forish tumanidagi tog‘ dala-o‘quv maydoni bazasida Qorovul qo‘shinlarida o‘z kasbining ustasi unvoni uchun ko‘rik-tanlovning ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.


Tanlovning «Eng ilg‘or batalon komandiri» nominatsiyasida 7534-sonli harbiy qism ta’minot bataloni komandiri, mayor Orifjon Rasulov, «Eng ilg‘or vzvod komandiri» nominatsiyasida 7531-sonli harbiy qism 3-bataloni 7-o‘qchi vzvod komandiri, kapitan Abdulaziz Jo‘rayev, «Eng ilg‘or guruh komandiri» nominatsiyasida 7535-sonli harbiy qismning maxsus vazifalarni bajaruvchi safarbarlik vzvodi 1-jangovar guruhi komandiri, katta leytenant Do‘styor Po‘latov, «Eng ilg‘or serjant» nominatsiyasida 7534-harbiy qism 1-bataloni boshqaruv guruhi komandiri – qorovul boshlig‘i, katta serjant Sherali Vosiyev g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Shu o‘rinda Ichki ishlar vazirligi tizimida shaxsiy tarkibda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini alohida qayd etish joiz. Shu maqsadda ichki ishlar organlarida «Vatanparvarlik burchaklari» tashkil etilgan, «Vatanparvarlik oyligi» doirasida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazil¬yapti. Bunday chora-tadbirlar yurt posbonlari, ayniqsa, yosh xodimlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularni yurtga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.


Xulosa qilib aytganda, bugun har qanday tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga tayyor milliy armiyamiz bor. Vatan himoyachilari tom ma’noda, xalqimiz, mamlakatimizning ishonch¬li va mustahkam qalqonidir. Shu ma’noda, harbiyla¬rimiz, armiyamiz xalqimizga qancha yaqin bo‘lsa, davlatimiz ham shuncha qudratli bo‘ladi. Qudratli davlatni esa hech qanday kuch yenga olmaydi.


Kamol OLLOYOROV,
«Postda» muxbiri.

📌Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing


📌Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing


📌ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing


📌Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida o'qing


📌 Рус тилида ўқинг / Читать по русски


🟢 2023 йил барча мавзулар / 2023 yil barcha mavzular 🟢




⚫️2022 йил барча мавзулар / 2022 yil barcha mavzular ⚫️
Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling