Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги
Download 2.15 Mb. Pdf ko'rish
|
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2
26-chizma. Boshqaruv hisobini tarkibiy tuzilishi Rejalashtirish guruxi korxonaning asosiy faoliyatini qamrab oladigan bosh byudjet, tarkibiy bo‗linmalarni byudjetlari va boshqa xususiy byudjetlar (sotish, xarid, ishlab chiqarish va hokazo byudjetlar), foyda va zararlar prognozi shaklida taqdim etiladigan va daromad va xarajatlar moddalarini xususiy byudjetlar orqali detallashtiradigan operasion byudjet, rejalashtirilayotgan davrga korxonani pul oqimlarini prognozlashtiradigan moliyaviy byudjet, aloxida bir faoliyat yoki dastur (ijtimoiy soxani rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlari va h.z.) uchun tuziladigan maxsus byudjetlarni tuzadi. Raxbar Raxbar muovini Rejalashti- rish guruxi Mehnat va ish xaqi hisobi guruxi Mahsulotni sotish hisobi guruxi Analitik gurux Material guruxi Ishlab chiqarish– kal'kulyasiyalash guruxi 224 Material gurux: • material resurslarini yetkazib beruvchilarni tanlash, materiallarni kelib tushishi, saqlanishi va foydalanilishi ustidan nazorat qiladi; • ishlab chiqarish faoliyatini olib borish uchun ketadigan xomashyo va materiallarni sarflanish normasi, xomashyo va materiallarni ombordagi normasini ishlab chiqadi; • barcha turdagi xomashyo va materiallarning kelib tushishi, miqdori va ombordan berilishini hisobga olish uchun kerakli hisob registrlari va boshlang‗ich xujjatlarning shaklini tanlash va ishlab chiqishda qatnashadi; • xomashyo va materiallarni sarflanishi haqidagi hisobot shakllarini ishlab chiqadi; • xomashyo va materiallarni kirim qilinishi va sarflanishi uchun baho belgilaydi. Mehnat va ish xaqi hisobi guruxi mehnatni normalashtiradi, mehnat haqi uchun rassenkalarni aniqlaydi, hisobning belgilangan ob'ekti bo‗yicha mehnat xarajatlari hisobini yuritadi, ish haqi fondini sarflanishini nazorat qiladi, mehnat va ish haqi bo‗yicha kerakli boshlang‗ich xujjatlar, hisob registrlari va hisobotlarning shaklini tanlash va ishlab chiqishda qatnashadi. Ishlab chiqarish-kal'kulyasiyalash guruxi xarajat va javobgarlik markazlarining ro‗yxatini aniqlaydi, har bir xarajat markazi bo‗yicha xarajat moddalarini belgilaydi, mahsulot ishlab chiqarish va xarajatlar bo‗yicha hisob registrlari va hisobotlar shakllarini ishlab chiqadi, xarajat markazlari va korxona miqyosida mahsulot tannarxini kal'kulyasiyalashni o‗tkazadi, ishlab chiqarish mablag‗laridan samarali foydalanish ustidan nazorat qiladi. Mahsulot sotish hisobi guruxi mahsulot ishlab chiqarish va sotish hisobini tartibi va xaridorlarning tarkibini belgilaydi, mahsulotni sotish bo‗yicha haqiqiy xarajatlar va sotilgan mahsulotni turlari, sotish zonalari va hokazolar bo‗yicha tannarxini hisoblaydi, mahsulotni sotish bo‗yicha hisobot shakllarini ishlab chiqadi, aloxida maxsulot turlari, tarkibiy bo‗linmalar va korxona miqyosida sotishni rentabelligi va foydani aniqlaydi. 225 Analitik gurux har bir xarajat markazi, tarkibiy bo‗linmalar va korxona miqyosida faoliyat samaradorligini tahlil qiladi, korxona va uning barcha bo‗linmalari bo‗yicha mablag‗larni barcha turlaridan samarali foydalanishning qo‗shimcha imkoniyatlarini aniqlaydi, korxonaning byudjetini rejalashtirish guruxi bilan birgalikda ishlab chiqadi. Download 2.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling