Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


-chizma. Boshqaruv hisobi tizimi


Download 2.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/105
Sana07.11.2023
Hajmi2.15 Mb.
#1753475
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105
Bog'liq
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706 2

27-chizma. Boshqaruv hisobi tizimi 
Boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish deganda tegishli maqsadlarni 
aniqlash, siyosat, taktika, strategiyani tanlash, baholash va ularga erishish borasida 
tegishli xarakatlarni amalga oshirish jarayoni tushuniladi. O‗z ichiga strategik, 
taktik va joriy jabhalarni oluvchi rejalashtirishni amalga oshirish yuz bergan, sodir 
bo‗layotgan va kelajakda yuz berishi mumkin bo‗lgan jarayonlar haqida 
ma'lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Rejalashtirish jarayoni odatda, 
modellashtirishning modellarini ishlatishni, ya'ni bir necha muqobil variantlarni 
ichidan samaralisini tanlashni nazarda tutadi. Bu narsa kutilayotgan kon'yunktura 
va iqtisodiy xolatni o‗zgarishi haqidagi ma'lumotlarni olish bilan bog‗liqdir. 
Kompaniya rahbariyati faoliyat ko‗rsatkichlarini erishilishi mumkin bo‗lgan o‗sish 
sur'atlari, bozordagi ulushini saqlab qolish qobiliyati va turli, jumladan 
o‗zgaruvchan iqtisodiy sharoitning har bir varianti uchun pul mablag‗lari oqimini 
baholashi zarur. 
Undan tashqari, boshqaruv hisobi tizimi quyidagi elementlarni o‗z ichiga 
oladi: 
- sodir bo‗lgan xodisalarni tahlil qilish asosida kelgusida yuz berishi 
mumkin bo‗lgan xodisalarni ta'siri to‗g‗risida xulosa berishni o‗z ichiga oluvchi 
prognozlashtirish; 
Strategik rejalashtirish 
Tezkor rejalashtirish va prognozlashtirish 
Byudjetlashtirish 
Boshqaruv hisoboti 
Boshqaruv tahlili 
Kontrolling 


229 
- korxona, uning bo‗linmalari va ma'suliyat markazlari faoliyatini baholash; 
- moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanilishini 
ta'minlashni nazorat qilish. 
Korxonalarda byudjet hisobi tizimini keng qo‗llanilishi integrallashgan yoki 
aloxida byudjet hisobini shakllantirishni taqozo qilmoqda.
Aloxida bir xo‗jalik yurituvchi sub'ekt misolida olib qaraydigan bo‗lsak, 
byudjet haqiqiy ma'lumotlarni reja ma'lumotlari (boshqacha qilib aytganda prognoz 
yoki normativ ko‗rsatkichlar) bilan taqqoslash imkonini beradigan hisob metodidir.
Byudjetlashtirish tor ma'noda olib qaralganda moliyaviy hisobotlarni qisqa 
muddatli loyihalashtirish metodidir. Bunda har bir moddani bajarish uchun ma'sul 
tayinlanadi. 
Ba'zi bir xollarda byudjet hisobi ichki hisobni mustaqil bir bo‗limi sifatida 
ajratiladi va quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: 
1. 
Korxonalarda faoliyat yuritayotgan reja-iqtisod bo‗limlari doirasida 
byudjetlar tizimini shakllantirish. 
2. 
Korxonadagi rejalashtirish tizimi doirasida hisob ma'lumotlarini 
to‗plash. 
Byudjet hisobi hozirgi kunda quyidagi 2 ta yo‗nalish bo‗yicha rivoj-
lanmoqda: 
1). Moliyaviy va boshqaruv hisobi tarkibida integrallashgan smeta hisobi 
(standartlar, normativlar). 
2). Boshqaruv hisobi ma'lumotlari asosida tashkil qilinayotgan mustaqil 
byudjet hisobi. 
Byudjetlashtirish boshqaruv hisobidan olingan ma'lumotlarga tayanadi va 
korxonada kelajakda qilinishi lozim bo‗lgan iqtisodiy xarakatlarni dastlabki 
muvofiqlashtirishni o‗z ichiga oladi. U prognozlashtirilgan boshqaruv va nazoratni 
vositasi bo‗lib hisoblanadi.
Byudjet hisobi quyidagi 2 ta yo‗nalish bo‗yicha samarali boshqaruv 
nazoratini ta'minlaydi: 


230 
1. Ma'lum bir o‗rnatilgan javobgarlikni tegishli sharoitga qarab qayd etish 
maqsadida qabul qilingan qarorlarni nazorat qilish; 
2. Iqtisodiy xolat aralashishni talab qilganda ishlab chiqarish jarayonini 
borishiga tegishli tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradigan ishlab chiqarish 
(paralel) nazorati. 
Shunday qilib, byudjet hisobi 2 ta seriyadagi ma'lumotlar: prognoz va 
haqiqiy ma'lumotlarni ifodalaydi. Ularni taqqoslash ko‗rsatkichlarni ijobiy va 
salbiy nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi. 
Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, korxonalarda mazkur tizimlarni qo‗llashda 
ular bir biri bilan bog‗liq bo‗lmagan 2 ta aloxida tizim sifatida qaralmoqda. Bu 
quyidagilarni anglatadi: korxonalar dastavval o‗zidagi mavjud kadrlar va 
imkoniyatlardan foydalangan xolda reja-iqtisod bo‗limi yoki moliyaviy 
bo‗linmalarni kuchi bilan byudjetlashtirish tizimini joriy etishadi. Bu bosqichda 
odatda, ularni oldiga pul mablag‗lari kelib tushishi va sarflanishini tartibga solish 
orqali pul mablag‗lari xarakatini optimallashtirish bilan bog‗liq vazifalar qo‗yi-
ladi. Buning uchun byudjetlar shakllantiriladi va bo‗linmalar miqyosida 
javobgarlik markazlari tashkil etiladi. Xarajat markazlarini menejerlari o‗z 
markaziga ajratilgan pul mablag‗lari limitidan oqilona foydalanish bo‗yicha ma'sul 
hisoblanishadi. Bizningcha, byudjetlashtirishni joriy etishdan asosiy maqsad mulk 
egalari manfaatlarini korxonani rivojlantirish manfaatlari bilan solishtirishdir. 
Belgilangan vazifalarga qarab mulk egalarini kuchli nazorati ostida korxonaning 
byudjetlashtirish tizimi shakllantiriladi. Shuning uchun byudjetni ma'lum bir 
ma'noda mulk egalarining korxonadagi moliyaviy oqimlar ustidan nazorat vositasi 
deb hisoblash mumkin. 
Byudjet hisobida boshqaruv maqsadlari uchun to‗planadigan hisob 
ma'lumotlari ko‗pincha tegishli iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun yetarli 
bo‗lmaydi. Asta sekin korxonalar katta bir muammoga, ya'ni korxonadagi mavjud
axborot ta'minoti tizimi samarali boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun kerak 
bo‗ladigan ma'lumotlarni to‗liq va tezkor yetkazib bermaslik muammosiga duch 
kelishmoqda. Mazkur bosqichda korxonada boshqaruv xisobi tizimini ishlab 


231 
chiqish va joriy etish boshlanadi. Mazkur jarayon boshqaruv hisobini tashkil qilish 
bilan bog‗liq barcha masalalarda ishlatish mumkin bo‗lgan ma'lumotlarni qamrab 
olish, qayta ishlash va umumlashtirishni o‗z ichiga oladi.
Ko‗pgina korxonalarda umumiy qilib olib qaraganda boshqaruv hisobi tizimi 
deganda xorijiy davlatlardagi kontrolling tizimiga o‗xshash yaxlit bir ichki tarkibiy 
tizim tushuniladi. 
Boshqaruv hisobi tizimini joriy etish murakkab va uzoq davom etuvchi 
jarayon hisoblanadi. 
Ba'zi bir olimlar boshqaruv hisobini joriy etishga soddalashtirilgan xolda 
yondashishni tavsiya qilishmoqda. Masalan, olima N.Chupaxina boshqaruv 
hisobini 28-chizmada
keltirilgan tartibda joriy etishni tavsiya qilmoqda (7- 
chizma). 
Boshqaruv hisobini joriy etishda korxonani kuchli va kuchsiz tomonlarini 
bilish zarur. 
Moliyaviy va boshqaruv hisoblarini o‗zaro hamkorligi mexanizmini 
shakllantirish boshqaruv hisobini ehtiyojini hisobga olgan xolda buxgalteriya 
hisobini analitikasini joriy etishni taqozo qiladi. 
Mazkur bosqichlarda quyidagilar baholanadi: 
− ustama xarajatlarning taqsimlanishini buxgalteriya va boshqaruv 
hisoblarida mos kelishi;
− rejalashtirish uchun analitikani bo‗lishi va boshqalar.


232 

Download 2.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling